Texnologik jarayon tavsifi 8


Boshqarish va signallashning prinsipial elektr chizmasi bayoni



Download 362,47 Kb.
bet5/13
Sana18.07.2022
Hajmi362,47 Kb.
#823824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Said kamol BMI (Автосохраненный)

Boshqarish va signallashning prinsipial elektr chizmasi bayoni
Bajarayotgan vazifalariga qarab boshqarish chizmalari mexanizmlar elektr yuritmalarini boshqarish ko‘rinishida bajarilishi mumkin. Signallash chizmalari esa, texnologik signallash chizmalari, ishlab chiqarish xolatlarini signallash chizmalari, topshiriqlarni bajarilishini signallash chizmalari va yong‘in xavfsizlik signallash chizmalariga bo‘linadi.
Boshqarish va signallashning struktura chizmalari ishlab chiqilgandan so‘ng, prinsipial chizmalarga o‘tiladi. Manba kuchlanishi tanlanadi va chizma apparatlar bilan taminlanadi. Chizma o‘zgaruvchan tok mabaasi kuchlanishi 220v, 380v o‘zgarmas tok kuchlanish 60v, 48v, 24v, 12v bo‘lishi mumkin.
Manbani boshqarish zanjiri fazalararo kuchlanish 380v bilan yoki faza kuchlanishi bilan amalga oshiriladi.
Elektryuritmalarni boshqarishning prinsipial chizmasida quyidagi belgilanishlardan foydalanilgan:
Nasosning elektryuritmasida SB1 va SB2 – yoqib o‘chiruvchi knopkalar, KM1-kontaktor magnitli, KK1 va KK2-issiqlik relelari.
Elektr yuritma yoquvchi SB1 va o‘chiruvchi SB2 knopkalar yordamida ishga tushiriladi va o‘chiriladi. SB1 bosilganda KM1 boshqarish o‘ramidan tok o‘tib, kontaktor o‘zagi magnitlanib, yakorni tortadi va KM1 normal uziq kontaktlarni ulaydi. Bunda ulovchi kontakt SB1ning blokirovkalovchi kontakti va elektr yuritmaga manbani ulovchi KM1 kontaktlar ham ulanadi. Elektr yuritma ishga tushadi. Elektr yuritmani to‘xtatish uchun SB2 o‘chiruvchi knopka bosilib, KM1 ga manba uziladi. Bunda blokirovkalovchi KM1 kontaktlari ham uziladi. Elektr yuritma ishdan to‘xtaydi. Elektr yuritmaga yuklama oshib ketganda, elektr yuritmani kuyishdan saqlash uchun, issiqlik relelari ishga tushadi va manbani uzadi. Elektr yuritmani qayta ishga tushirish uchun yoquvchi SB1 knopka bosilib, KM1 kontaktori zanjiri ulanadi.
Ikkinchi nasosdagi elektr yuritmasini boshqarish.
Ikkinchi nasosdagi elektryuritmada SB3 va SB4 – yoqib o‘chiruvchi knopkalar, KM2-kontaktor magnitli, KK3 va KK4-issiqlik relelari.
Elektr yuritma yoquvchi SB3 va o‘chiruvchi SB4 knopkalar yordamida ishga tushiriladi va o‘chiriladi. SB3 bosilganda KM2 boshqarish o‘ramidan tok o‘tib, kontaktor o‘zagi magnitlanib, yakorni tortadi va KM2 normal uziq kontaktlarni ulaydi. Bunda ulovchi kontakt SB3ning blokirovkalovchi kontakti va elektr yuritmaga manbani ulovchi KM2 kontaktlar ham ulanadi. Elektr yuritma ishga tushadi. Elektr yuritmani to‘xtatish uchun SB4 o‘chiruvchi knopka bosilib, KM2 ga manba uziladi. Bunda blokirovkalovchi KM2 kontaktlari ham uziladi. Elektr yuritma ishdan to‘xtaydi. Elektr yuritmaga yuklama oshib ketganda, elektr yuritmani kuyishdan saqlash uchun, issiqlik relelari ishga tushadi va manbani uzadi. Elektr yuritmani qayta ishga tushirish uchun yoquvchi SB3 knopka bosilib, KM2 kontaktori zanjiri ulanadi.
Vakuum nasosning elektryuritmasida SB5 va SB6 – yoqib o‘chiruvchi knopkalar, KM3-kontaktor magnitli, KK5 va KK6-issiqlik relelari.
Elektr yuritma yoquvchi SB5 va o‘chiruvchi SB6 knopkalar yordamida ishga tushiriladi va o‘chiriladi. SB5 bosilganda KM3 boshqarish o‘ramidan tok o‘tib, kontaktor o‘zagi magnitlanib, yakorni tortadi va KM3 normal uziq kontaktlarni ulaydi. Bunda ulovchi kontakt SB5ning blokirovkalovchi kontakti va elektr yuritmaga manbani ulovchi KM3 kontaktlar ham ulanadi. Elektr yuritma ishga tushadi. Elektr yuritmani to‘xtatish uchun SB6 o‘chiruvchi knopka bosilib, KM3 ga manba uziladi. Bunda blokirovkalovchi KM3 kontaktlari ham uziladi. Elektr yuritma ishdan to‘xtaydi. Elektr yuritmaga yuklama oshib ketganda, elektr yuritmani kuyishdan saqlash uchun, issiqlik relelari ishga tushadi va manbani uzadi. Elektr yuritmani qayta ishga tushirish uchun yoquvchi SB5 knopka bosilib, KM3 kontaktori zanjiri ulanadi.
Sathni texnologik signallashning prinsipial elektr chizmasida texnologik kontakt SP1 ulanganda, K2 relening normal ulangan kontakti ulanib, K1 rele boshqarish o‘ramlaridan tok o‘tadi va bu uning normal ochiq kontaktlari K1larining ulanishiga sabab bo‘ladi. Natijada, tovushli signal HA ishlaydi, hamda VD2 diod orqali K2 rele zanjiri ulanadi K2 normal ochiq kontaktlari yordamida zanjir blokirovkalanadi. Rele K2 ishlaganda, o‘zining signallash lampasi HL4 zanjiridagi K2 normal ochiq kontaktlarini ulab signal lampani HL4 yoqadi va normal yopiq kontakt K2 ni uzib, K1 relesi zanjirini SP1 kontaktdan uzadi. SB8 knopka bosilishi bilan K1 rele zanjiri uzilib HA o‘chadi.
Signal lampani ma’lum vaqt oralig‘ida tekshirib turish uchun tekshirish knopkasi SB7 bosiladi. Bunda ham rele K1 zanjiri ulanib, rele K1 ishlaydi va o‘zining normal ochiq kontakti orqali hamma signal lampalar zanjirini K2 normal yopiq kontakt yordamida yoqadi. Agar lampa yonmasa, unda bu lampa kuygan bo‘ladi va uni almashtirish kerak bo‘ladi. Bu tekshirish signalidan so‘ng, signaldan qaytish knopkasi SB8 bosiladi va bunda K1 relesi zanjiri uziladi.

Download 362,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish