Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan



Download 4,13 Mb.
bet33/34
Sana07.03.2022
Hajmi4,13 Mb.
#485568
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
TTP amali mashg\'ulot

Vismut

Kadmiy

Suyuqlanish temperaturasi, grad

45
43
40
33
15
13

45
43
40
33
32
27

10
14
20
34
53
50

-
-
-
-
-
10

160
255
145
124
96
70

O’quv ustaxonalarida yumshoq kavsharlar tayyorlashda suyuqlantirish ihtiyoriy bir alangali qizdirgich-primus, gaz plitasi va boshqalarda olib borilishi mumkin.


Suyuqlantirish quyidagi tartibda olib boriladi: birinchi navbatda qiyin suyuqlanuvchi metall suyuqlantirilib, so’ng oson suyuqlanuvchi metall tashlanadi. (qalay qo’rg’oshinli kavsharlar tayyorlashda oldin qo’rg’oshin suyuqlantirilib, so’ng qalay tashlanadi).suyuqlangan metallar bir tekis aralashishi uchun suyuq qorisho’ma qorishtirib turiladi. Suyuqlangan kavsharni quyishdan saqlash maqsadida uning betiga pastga ko’mir kukuni sepilib, himoya qatlami hosil qilinadi.
Yumshoq kavsharlar diametri 3-5 mm bo’lgan simparchalari, ichiga flyus to’ldirilgan nay shaklida, kukun holida, kavshar va flyus kukunidan iborat pastga ko’rinishida tayyorlanadi.
Qiyin suyuqlanuvchi qattiq kavsharlar tarkibidagi asosiy metallarning turiga qarab mis-rux va kumush kavsharlarga bo’linadi. Ularning suyuqlanish temperaturasi 7000 dan 11000 gacha.
-jadvalda bu kavsharlarning markalari, tarkibidagi qo’shimcha elementlar va ularning miqdorlari prosent hisobida ko’rsatilgan.
Markalardagi P-pripoy (kavshar), M-med (mis), S- sink(rux), Sr-serebro (kumush); PMS-mis-ruxli kavshar, harflardan keyingi raqamlar mis miqdorini; PMr-kumush-kavshar, harflardan keyingi raqamlar kumush miqdorini ifodalaydi.
Qattiq kavsharlarni quyidagi hollarda ishlatish tavsiya etiladi.
PMS-42-tarkibidagi mis miqdori 68% dan ko’p bo’lmagan latunlarni kavsharlash uchun.
PMS-47-tarkibidagi mis miqdori 68% dan yuqori bo’lmagan mis qotishmalarini kavsharlash uchun;
PMS-52-mis, latun, bronza, po’lat va temir tunukalarni kavsharlash uchun;
PSr-10-primus gorelkalari, nippel, shtuper, moy trubalari kabi mis, latun, bronzadan tayyorlangan, chokning tozaligi yuqori bo’lishi talab etilgan hollarda, lentasimon arralarni kavsharlash uchun;
PSr-70-kavsharlangan joyning elektr o’tkazuvchanligi kamaymasligi talab etilgan elektr o’tkazgich va tarmoqlarni kavsharlash uchun.
Kavsharlash yo’li bilan birikmalar hosil qilishda chokning puxta va siftli chiqishini ta’minlash uchun flyuslar ishlatiladi. Flyuslar kavsharlash vaqtida metallarni oksidlanishdan saqlash imkonini beradigan kimyoviy moddalardir.
Flyuslar oksidalarni o’ziga biriktirib metall yuzasiga surtilgan kavshar betida shlak sifatida qalqib oqib yuradi, bu kavsharning uzluksiz oqishi va sirtga bir tekis surtilishini, sifatli birikma (chok) hosil bo’lishini ta’minlaydi.
Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda kavsharlanadigan metallarning turiga qarab ruh xlorid, nashatir, kanifol, pasta kabi flyuslar ishlatiladi. Rux va ruxlangan buyumlar uchun xlorid kislotaning 10% li suvdagi eritmasi, mis va uning qotishmalari uchun rux xlorid yoki kanifol latun va tunukalar uchun nashatir, temir va po’latlar uchun ruh xlorid ishlatiladi.
Nashatir parashok va qalamcha ko’rinishida tayyorlanib rux xloridga qo’shimcha tarzida, shuningdek koviya (kavsharlagich)larni tozalash uchun ishlatiladi. Qizigan koviya nashatirga tekkanda undan zaharli bug’ ajralib chiqadi. Shuning uchun uning suvdagi eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday eritma tayyorlash uchun og’irlik jihatidan bir hissa nashatir, besh hissa suv olinadi.
Rux xlorid (uni “o’ldirilgan” xlorid kislota deb ham yuritiladi) olish uchun besh hissa xlorid kislotaga bir hissa maydalangan rux tashlab eritiladi. Eritish vodorod pufakchalari ajralib bulgungacha davom ettiriladi. Bu ish ochiq havoda yoki shamollatiladigan xonada olib boriladi.
Flyus sifatida xlorid kislota ishlatilsa (uni tayyor holda xarid ham mumkin), kavsharlangan chokdagi kislota qoldig’ini darhol issiq suvda yoki oqin suvda yuvib tashlash kerak. Aks holda chok zanglaydi, kislota metallni “yemirib” ishdan chiqaradi.
Elektr va radio apparatarini montaj qilishda kislotali flyuslardan foydlanish qant’iy man etiladi.
Kanifol qarag’ay smolasini quruq haydash yo’li bilan olinadigan sarg’ish –jigar rang moddidir. U kavsharlangan chokni zanglashdan saqlaydi. Shuning uchun kanifol elektr va radio apparatlarni kavsharlashda keng qo’llaniladi. Kanifol kukun, qalamcha holida ishlatiladi.
Qatiq kavsharlar bilan kavsharlashda bura, borat kislota va boshqa moddalardan foydalaniladi.
Bura-tanakor (Na2B2O7) poroshok holida yoki spirtga orilgan pasta holida ishlatiladi. Mis, bornza, po’latlarni, shuningdek, keskich tutkichlarga qattiq qotishma plastinkalari (keskichlar)ni kavsharlashda flyus sifatida bura ishlatiladi. Ko’pincha, uning o’rniga sakkiz hissa bura, uch hissa osh tuzi va uch hissa potash qo’shib tayyorlangan aralashma ishlatiladi. Bu aralashma buradan ancha arzon turadi.
Kavsharlash turli xil koviya (kavsharlagich)lar bilan bajariladi. Koviyalar pona shaklida yasalgan qizil mis parchasidan iborat bo’lib, yog’och (yoki plastmassa) dastali sterjenlarga o’rnatiladi. Koviyalar sterjenlarga bolg’asimon ko’rinishda yoki to’g’ri o’rnatiladi. Shunga ko’ra ularni bolg’asimon va to’g’ri koviyalar deb bir-biridan farq qilinadi.
Detalni qizdirish uchun ishlatiladigan koviyalarning shakli va o’lchamlari kavsharlanadigan detallarning shakllariga, ish sharoitiga qarab aniqlanadi. Katta detallar og’ir, kichik detallar yengil koviyalar bilan kavsharlanadi. Katta va og’ir koviyalar uzoq vaqtgacha sovimaydi. Ularning og’irligi 200 grammdan 2 kg gacha bo’ladi.
Koviyalarning aonasimon uchlari kavsharlanadigan detallarni qizdirish, kavsharni suyuqlantirib detal sirtiga eltish va sitga bir tekis surtish (yugirtirish) imkonini beradi.
Koviyalar kavsharlash lampasi, primus, gaz gorilkasi, langali va elektr pechlarda, temirchilik o’choqlarida qizdiriladi.

Uslubiy tavsiyalari


1.Kavsharlashga tayyorlash mashqi.
1.Rux xlorid eritmasi tayyorlanadi. Eritma tayyorlashda hamma vaqt oldin suv quyilib so’ngra uning ustidan kislota quyiladi:
a) butilkaning ¼ qismiga suv quyiladi;
b) uning ustiga voronka bilan 1:4 nisbatda xlorid kislota quyiladi;
v) aralashmagan maydalangan rux plastinkalari tashlanadi;
g) aralashmadan xavo pufakchalari chiqib bo’lgandan keyin u ishlatishga tayyor bo’ladi;
d) kupincha tayyor holdagi rux xlorid eritmasidan foydalaniladi (u tayyor holda sotiladi).


2. Detalni (chokni) kavsharlashga tayyorlash:
a) detallarning chetlarini bir-biriga jips tegadigan qilib tekislanadi va choklab biriktiriladi;
b) kavsharlanadigan chok metall chutka: egov, kirgich, jilvir kogoz bilan kirlardan, zang, moydan tozalab yaltiratiladi.


3.Elektr koviyani kizdirish va kavsharlash:
a) koviyani uchi egovlab tozalanadi;
b) koviyani elektr tarmogiga ulab, metall taglik ustiga quyiladi;
v) koviyaning yetarli darajada kiziganligini aniklash uchun uning uchini nashatirga yoki kavsharga tekkiziladi.
a) Agar bu vaqtda undan kukish tutun chiksa yoki kavshar darhol suyuklanib ketsa, koviya yaxshi kizigan bo’ladi;
g) koviyaning uchini nashatirga ishkalab tozalanadi va kavsharga tekkizib olib kalaylanadi.


2. Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlash mashqi.
1.Chokini kavsharlashda:
a) tozalangan chok ustidan chutka bilan rux xlorid eritmasi surtiladi;
b) kizigan, kalaylangan koviyani kavsharga tekkizib kavshar tomchisi ilashtiriladi;
v) koviyaning uchini detalga tekkizib uni kizitiladi va chok buylab yurgizib kavsharlanadi;
g) koviyani kayta kizdirib, kavsharlash davom ettiriladi.


2. Kavsharlangan chokning sifatini tekshirish:
a) sirtki tomondan kuzatish bilan chokning bir tekis kavsharlanganligi tekshiriladi (chokda kavshar tegmagan joy kolmasligi kerak);
b) kavsharlangan idishning germetiklik unga suv quyib tekshiriladi (idishning chokidan suv tommasligi kerak);
v) ulangan choklarning puxtaligi egish, bukish yuli bilan tekshiriladi (bu vaqtda kavshar chokdan kuchib ketmasligi,chok darz ketmasligi kerak).
Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda quyidagilarga roiya kilish kerak:

  1. Kavsharlashga oid barcha ishlarni xavo surgich zond ostida yoki yaxshi shamollatiladigan xonalarda olib borish kerak.

  2. Rux xloridi eritmasi tayyorlashda kislotaning sachrab ketishidan saqlash uchun hamma vaqt suvga kislota quyiladi, aksincha bo’lishiga ruhsat etilmaydi. Eritma tayyorlashda brezent qo’lkopdan foydalanish kerak.

  3. Kavsharlash lampasi bilan ishlash vaqtida:

a) kavsharlash lampasini o’quv ustaxonasida yokishga;
b) Kavsharlash lampasini ixota ekrani sifatida terilgan gishtlarsiz yokishga;
v) lampaning rezervuariga ortiqcha xavo damlashga ruhsat etilmaydi.

  1. Lampa uchirish sozlovchi ventilni berkitish orqali olib boriladi. Lampa uchiriilib, gorelkasi sovigandan so’nggini rezevuardagi xavo chiqarib yuboriladi.

  2. Kizigan koviyani maxsus metall tagliklari ustiga quyiladi.

  3. Ish tugagandan so’ng qo’lni sovunlab tozalab yuviladi.




Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish