Texnologiyalari universiteti



Download 1,46 Mb.
bet61/125
Sana01.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#280081
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125
Bog'liq
5f5afe676c9254.307623391-1611

LTE tarmoqlaridagi xizmatlar. Yanada ko‘p xilma-xil xizmatlarni taqdim etilishini ta’minlaydigan yangi tarmoq texnologiyalarini rivojlantirish jahon telekommunikatsion hamjamiyatiga xizmatlar sifati va ularni boshqarish tizimi masalalariga aloqa xizmatlarini taqdim etish raqobat bozorini samarali rivojlantirishning eng muhim yo‘laridan biri sifatida qarashga majburlaydi.

Aloqa xizmatlar sifati (QoS, Quality of Service) tushunchasi Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan rasman E.800 tavsiyalarida (yana umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari va integral xizmat ko‘rsatish raqamli tarmoqlariga qo‘llaniladigan) tasdiqlangan va foydalanuvchilarni aloqa xizmatlaridan qoniqishi darajasini aniqlaydigan xizmat ko‘rsatish parametrlaridan yig‘indi samara sifatida tushuniladi.

Sifatni boshqarish tizimi bu xizmatlar sifatini o‘rnatilgan talablarga mos kelishini ta’minlaydigan parametrlar va mexanizmlar birligi hisoblanadi. Bunday tizimni kiritilishidan maqsad xizmatga talabni oshirish uchun taqdim etilgan xizmatdan foydalanuvchini qoniqishini maksimallashtirish hisoblanadi.

Mobil aloqa tarmoqlarida sifatni boshqarish tizimini rivojlantirishni boshlanishini ma’lumotlarni paketli uzatish imkoniyatili modifikatsiyalangan GSM/GPRS tarmoqlari uchun

mo‘ljallangan mos Rel’97/98 reliz chiqarilgan 1997 yilni belgilash kerak bo‘ladi. Xizmatlar sifatini ta’minlash asosida bo‘lishi mumkin xizmatlar va ularni taqdim etish usullariga nisbatan foydalanuvchi yoki terminalning joriy holatini tavsiflaydigan parametrlar to‘plamidan iborat bo‘lgan PDP-nimmatn (PDP, Packet Data Protocol) tushunchasi yotadi. FTni bazaviy paketli tarmoq bilan ulashda IP-paketlarni FTlar va turli tarmoq tugunlari orasida uzatish uchun mantiqan aloqani o‘rnatish maqsadida to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda PDP-nimmatnni aktivlashtirish bo‘lib o‘tadi.

Dastlab Rel’97/98 relizga muvofiq bitta terminalga bitta PDP- manzilga bitta PDP-nimmatnga ega bo‘lishga ruxsat etildi. Keyin uchinchi avlod mobil tarmoqlari konsiepsiyasini ishlab chiqishda yangi talablarni ta’minlash uchun PDP-nimmatnning yangi konsepsiyasi, aynan bitta PDP-manzilga xizmat ko‘rsatish sifati o‘z profillariga ega bo‘lgan bir necha PDP-nimmatnlardan foydalanish imkoniyati rivojlantirildi. Bunda mos PDP-manzil uchun ochiladigan birinchi PDP-nimmatn birlamchi nimmatn, o‘sha i PDP-manzil uchun ochilgan keyingi PDP-nimmatnlar esa ikkilamchi nimmatnlar deyiladi. Lekin ikkilamchi PDP-nimmatnlarning ishlatilishi ular birlamchi PDP-nimmatn APN tarmog‘iga ulanish nuqtasi bilan bog‘lanishini talab qiladi.

Bunday boshqarish tuzilmasini qurishning asosiy g‘oyasi PDP- nimmatn parametrlariga muvofiq xizmat ko‘rsatish sifatini darajalashtirish hisoblanadi. Shunday qilib, abonentning bitta PDP- nimmatnni birga ishlatadigan barcha ilovalari bir xil xizmat ko‘rsatish profiliga ega bo‘ladi. Bir xil xarakteristikalarli bir necha oqimlar xizmat ko‘rsatish sifati birgalikdagi profilini hosil qiladi. Uzatiladigan paketlarni QoS talablariga muvofiq darajalashtirilgan qayta ishlash uchun bitta FTga ham birlamchi, ham ikkilamchi nimmatnlar aktivlashtirilishi kerak. PDP-nimmatnlarni tashkil etishga misol 2.19- rasmda keltirilgan.

Foydalanish xizmatlari bozorining rivojlanishi, avvalo, paketli rejimda taqdim etiladigan xizmatlarning ortishiga bog‘liq. SHu bilan birga, aytib o‘tilganidek, uchinchi va to‘rtinchi avlod mobil tarmoqlarda xizmatlarni uzatish, shu jumladan nutq so‘zlashuvlari kanallar kommutatsiyalanishida mavjud emas, nutqni paketli uzatilishining ishlatilishi VoIP (Voice over IP) yoki PoC (Push-to- talk over Cellular) texnologiyalariga asoslanadi.

Nutqni paketli uzatilishi bilan bir qatorda asosiy xizmatlar

quyidagilar hisoblanadi:



  • internet fayllarni uzatish (web-browsing);

  • elektron pochtani etkazish;

  • multimediali xabarlar (MMS, Multimedia Messaging Service), shu jumladan, multimediali uzatish;

  • oqimli video (streaming);

  • real vaqtdagi interaktiv o‘yinlar.

2.9- rasm. Turli PDP-nimmatnlarni tashkil etish variantlari



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish