Texnologiyalari universiteti



Download 1,46 Mb.
bet64/125
Sana01.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#280081
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
5f5afe676c9254.307623391-1611

ISRA loyihasi


2013 yilning iyulida Intel Labs ISRA (Intel Strategic Research Alliance) Strategik tadqiqotlr birlashmasini yaratilganligi haqida e’lon qildi. U mobil tarmoqlardagi uzatiladigan ma’lumotlar hajmlarini, shuningdek simsiz qurilmalar sonini va ko‘rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligini tez ortishi sharoitlarida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli yaxshilashi kerak bo‘ladigan 5G texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadlarida ilmiy laboratoriyalar va mobil operatorlar kuchlarini birlashtirdi.

ISRA loyihasining asosiy vazifasi quyidagilarni ta’minlaydigan 5G texnologiyalarni yaratish hisoblanadi:



  • uzatiladigan multimediali ma’lumotlar hajmiga o‘sib boryotgan talabni qondirish uchun tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini ko‘p marttalik oshirish, milliardlab yangi qurilmalarni qo‘shimcha ulanishlari imkoniyati;

  • butun tarmoq bo‘yicha foydalanuvchining joylashi o‘rni va boshqa foydalanuvchilar hosil qiladigan halaqitlarga bog‘liq bo‘lmaydigan yuqori xizmat ko‘rsatish sifatiga erishish;

  • tarmoqda foydalanuvchilar ishlatadigan ilovalarga xizmatlar sifatini moslashtirish bilan ma’lumotlarni uzatilishining maksimal samaradorligini ta’minlash.

ISRA birlashmasi turli davlatlardan, shu jumladan, Janubiy Kaliforniya Universiteti, Nyu-York Universiteti, Prinston Universiteti, Stenford Universiteti, Illinoys Universiteti, Texas Universiteti, Pompeu Fabra (Barselona, Ispaniya) Universiteti, Perdyu Universiteti, Kornell Universiteti, Hind texnologiyalar instituti (Dehli, Hindiston), Los-Andjelesdagi Kaliforniya Universiteti, Rays Universiteti, Makkuori (Sidney, Avstraliya) Universiteti ilmiy- tadqiqotlar markazlarining juda katta sonini jamladi. Birlashmaning biznes-hamjamiyat tomonidan bosh hamkori Amerika Verizon mobil operatori bo‘ldi.

5G mobil aloqa konsepsiyasini ilab chiqishning asosiy muammolaridan biri bularni barchasi amalga oshiriladigan chastotalar diapazonini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ma’lumki rivojlangan mamlakatlarda bo‘sh diapazonlar deyarli qolmagan.

NTT DoCoMo yapon mobil operatori 5G tarmoqlar sohasidagi tadqiqotlarni 2010 yildayoq oltita Alcatel-Lucent, Ericsson, Fujitsu, NEC, Nokia va Samsung vendorlari bilan birgalikda boshlagan. 2014 yilning mayida ular 5G tarmoqlarining juda katta sig‘imiga erishish uchun nisbatan bo‘sh 6 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarini ishlatilishini ko‘zda tutishini e’lon qildi.

2015 yilda butun dunyo radiochastotalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda 5G tarmoqlarda quyidagi radiochastotalar diapazonlarini ishlatish masalalari taxminiy ko‘rib chiqildi: 9,9—10,6; 11; 17,1—17,3; 17,7—19,7; 21,2—21,4; 27—29,5; 31—31,3;

31,8—33,4; 36—37,0; 37—39,5; 40,5—50,2; 50,4—52,6; 55,78—57;

57—71; 71—76;81—86 GGs. Shubhasiz, tanlash mezoni sifatida 40,5 GGsdan past diapazonlardagi bir necha yuzlab megagerslardagi polosadagi va 40,5 GGsdan yuqoridagi 1 GGsdan kam bo‘lmagan polosadagi uzluksiz radiospektrning borligi hisobga olindi. Binobarin, radiospektrning ham juft ("yuqoriga" va "pastga" kanallarini chastota bo‘yicha ajratish – FDD uchun), ham juft bo‘lmagan (TDD) oraliqlari ko‘rib chiqildi.

Xulosada ta’kidlash kerakki, umuman 5G texnologiyalari va tarmoqlarini yaratish bo‘yicha qator loyihalardagi ishlar haqida ma’lumotlar tez-tez paydo bo‘la boshladi. Bu kompaniyalar birinchi 5G tijorat tarmoqlarini yaqin kelajakda qurishni rejalashtirayotganini taxmin qilishga imkon beradi. Asosiysi, barcha manfaatdor ist’emolchilar umib qilganidek, ishlab chiquvchilar umumiy fikrga kelishlari va hozirgi vaqtda ishlatilayotgan barcha mobil aloqa

texnologiyalarini birlashtiradigan yagona “beshinchi avlod” standartini taqdim etadi.




Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish