Tibbiyot bolg`achasi yordamida ko`z qovoqlarini yumib ochish refleksi, tizza refleksi, axilli refleksi, ikki boshli muskul reflekslarini hosil qilish, refleks yoyini analiz qilish



Download 24,67 Kb.
bet2/2
Sana03.04.2022
Hajmi24,67 Kb.
#526245
1   2
Bog'liq
yoshlar fizalogiya amaliy

Umumiy tushuncha. Ko’z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi, o’simlik va hayvonot olamini o’rganad i, rassomlik, me’morlik, san’atlarining mahsulotlaridan bahramand bo’ladi. Ko’rish orqali odamning ichki dunyosi boyiydi. Uning tevarak-atrof, tabiat, san’at haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobiliyati, aql idroki, ongi rivojlanadi. Ko’z bosh suyagining maxsus chuqurchasida ko’z kosasida joylashgan. Ko’z, ko’z soqqasidan, ko’rish nervi va yordamchi qismlardan (ko’z soqqasini harakatlantiruvchi musklar va ulaning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari) iborat. Ko’z bir nuqtaga qarab turganda, atrofdagi ko’zga ko’rinayotgan maydoni, ko’rish maydoni deb ataladi. Odamlarda ko’rish maydoni har xil bo’lib, bu ko’z soqqasining formasiga, uning joylanish chuqurligiga, qosh usti yoyi va burunning shakliga hamda to’r qavatning funksional holatiga bog’liq. Rang (xromatik) va rangsiz (axromatik) ko’rish maydini farqlanadi. Axromatik ko’rish maydoni, xromatik ko’rish maydonidan katta bo’ladi, chunki axromatik ko’rish to’r qavatning asosan chet (periferik) qismida joylashgan tayoqchalarning faoliyati bilan bog’langan. Har xil ranglar uchun ko’rish maydoni bir xil bo’lmay, balki sariq rang uchun eng katta, yashil rang uchun esa eng tor. Axromatik ko’rish mayonining chegarasi quyidagicha: tashqaridan-1000 gacha, ichki va yuqoridan- 600 va pastdan -650.
Tajriba o’tkazish tartibi. Ko’rish maydoni Forster perimetr yordamida aniqlanadi. Perimert yorug’lik qarshisiga o’rnatiladi. Tekshiriluvchi yorug’likka nisbatan orqa tomoni bilan o’tirgach, perimetr shtativining o’yilgan joyiga iyagini qo’yadi. Agar chap ko’zning ko’rish maydoni aniqlanadigan bo’lsa, iyak taglikning o’ng qismiga qo’yiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda ko’z kosasining pastki chegarasi, shtativnnig yuqori chegarasiga to’g’ri kelsin. Tekshiriluvchi nigoh perimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgan holda ikkinchi ko’z qo’l bilan yopilishi kerak. Perimetr yoyi gorizontal holatga qo’yilib, o’lchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi bo’ylab, 900 dan 00 ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani ko’rayotganini aytish kerak. Tekshiruvchi to’g’ri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Ko’zning qancha ko’p meridiani bo’yicha ko’rish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq bo’ladi. bu usul (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) bo’yicha aniqlash bilan chegaralanishi mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang ko’rish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani ko’rmasdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Ko’rish maydonini ko’k yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin. Ko‘rish o‘tkirligini tekshirishga mo‘ljallangan jadvallar turli kattalikdagi bir tipli belgilardan iborat — bu harflar, turli yonlari uzilgan halqalar (Landolt halqasi) yoki rasmlar (bolalar uchun) bo‘lishi mumkin. Ilk bor bunday jadvalni 1862-yili gollandiyalik oftalmolog G.Snellen o‘ylab topgan — u hozirgacha xorijda ishlatiladi. Rossiyada oftalmolog D.Sivsev ishlab chiqqan shunga o‘xshash jadval qo‘llaniladi. U harf va Landolt halqalaridan tashkil topgan.
Jadvalni tayyorlash uchun yaltiramaydigan oq qog‘ozdan foydalaniladi. Har bir qog‘ozning hajmi chop etilganda A4 bo‘lishi kerak, mo‘ljal — albom ko‘rinishi. Uchta qog‘ozni chop etib, ularni bir-biriga yopishtirish va jadvalni devorga o‘rnatish mumkin: ko‘rish o‘tkirligini tekshirganda 10-qator ko‘z sathida bo‘lishi zarur.
4) O`quv muassasalarining o`quv xonalari, ustaxonalar va sport zallari va ularning jihozlanishini gigiyenik baholash. parta turlari, nomerlarini aniqlash, bolalarni partada to`g`ri o`tirishni, sinf doskasini, sport va ustax xona anjomlarini gigiyenik baholash.
Quyosh nuri almashinuv jarayonlarini yaxshilab, to’g’ri o’sish va rivojlanishga zamin yaratadi. Ultrabinafsha nurlari bola terisidagi provitamin “D” ni faoliyatsiz xolatidan faol holatga o’tkazib, suyaklarning o’sishi va shakllanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yorug’lik psixologik ahamiyatga ega: yoruqlikning kerakli miqdorda bo’lishi ko’tarinki, xursandchilik kayfiyatini yuzaga keltiradi. Quyosh spektridagi ultrabinafsha nurlarining bakteriosid ta’siri ma’lum. Bu esa tashqi muhitning sog’lomlashtirishda muhim gigiyenik omil bo’lib xizmat qiladi. Bolalar muassasalarida oriyentatsiyasi (kun tomonlariga nisbatan bo’lgan joylashuvi) quyosh radiatsiyasida kelib chiqqan holda aniqlanadi. Barcha iqlim mintaqalarda maqsadga muvofiq eng yaxshi oriyentatsiya bo’lib janubiy, janubiy- sharqiy oriyentatsiya hisoblanadi.
To’g’ri tushgan yorug’likning ko’zni oluvchi ta’sirini bartaraf etish maqsadida bizning IV iqlim mintaqalarida o’quv va ishlab chiqarish ustaxonalarining derazalari quyoshdan himoya qiluvchi moslamalar bilan to’siladi.
Gigiyenisistlar tomonidan olib borilayotgan kuzatishlar o’quvchilarning bir qismida (20-30 %) asosan uzoqni ko’ra olmaslik bilan bog’liq bo’lgan ko’rish faoliyati pasayishi kuzatiladi. Uzoqni ko’ra olmaslik- miopiya xastaligi bolalarning yoshiga bog’liq ravishda miqdor jixatdan ortib boradi.
Uzoqni ko’ra olmaslik- miopiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida boshqa sabablar qatorida yorug’likning yetishmasligi ham katta ahamiyatga ega. Barcha ko’rish funksiyalari yorug’lik yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi va uning yanada pasayishi bilan bu o’zgarishlarning kuchayib borishi isbotlangan. Mazkur ma’lumotlar bolalar muassasalarida ko’zning faoliyati uchun maksimal yaxshi sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidlaydi.
Tabiiy yorug’lik yetarli, bir maromda bo’lishi va ortiqcha yorug’ bo’lmasligi kerak.
Xonalarda tabiiy yorug’likni to’la- to’kis baholay oladigan ko’rsatkich tabiiy yoruglik koefsentidirXonalarni pardozlashda, mebel va jixozlarga rang berishda oq rang-90%, sariq-80%, ko’k-70%, yashil-60%, to’q yashil-22% gacha quyosh nurlarini qaytarishini esda tutish lozim.
Gigiyena talablariga javob beradigan yorug’likni ta’minlashda yorug’lik darajasi hamda ko’rish maydonida yorug’likning tekis va taqsimlanishiga ham talablar qo’yiladi.
Barcha o’quv xonalari (o’quv sinflari, laboratoriya (tahlilxonalar, ustaxonalar) tabiiy yorug’ bo’lishi lozim.
O’quv xonalarining chuqurligi 6 m dan yuqori bo’lganda o’ng tomonlama biroz yoritilgan qurilmali quyoshdan himoya etadigan qurilmalar ishlatilgan , yon tomonlama lеntali, chap tomondan yorug’ tushishi – bu tabiiy yorug’likning eng yaxshi turidir.
To’siq mavjud bo'lgan o’ng tomonlama sal tushgan yorug’likning uzunligi poldan 2,2 m dan va shiftdan 0,5 m dan kam bo'lmasligi kеrak (Shiftning balandligi 3 m bo'lganda).
-rеaktsion bo'lmagan dahlizlarning o’tish joylarini, yuvinish xonalarini, shuningdеk, sport zallaridagi yеchinish xonalarini ikkinchi nur bilan yoritishga ruxsat etiladi

5) Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi. Suv muhiti omillariga organizmlarning moslashishi. Tuproq muhiti omillariga organizmlarning moslashishi.


Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko’pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi.
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum ob’yektga (individ, populatsiya, biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarni o’zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt taqqoslashsiz olib borilmaydi.
Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisaning ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot bilan to’ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model “ishlamay qolsa”, ya’ni haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash zarurligini aytib beradi.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi.
Umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.

    1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini o’rganadi.


    2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.


    3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.


    4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi.




Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrofmuhitga va aksincha, muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Inson ekologiyasini o’rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson bilan uning atrofmuhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga kirib, o’rganilayotgan ob’yekt yoki tizimni atrof-muhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi.
Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug’lar, o’simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham ekologiya fanining ob’yekti bo’lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Download 24,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish