Tibbiyot instituti talabalari uchun


-rasm. Alanga ta’sirida katta ko’lamdagi III-IV-



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

75-rasm. Alanga ta’sirida katta ko’lamdagi III-IV-
darajali kuyish.
Agar jabrlanuvchi voqea sodir bo’lgan joyida o’lib qolgan taqdirda yong’in 
242


o’chog’ida kuyishning xarakteri va tiriklik xususiyatini aniqlashga to’g’ri keladi. 
Ayniqsa murda to’lig’icha kuyib ketganda bu savolni echish anchagina qiyin 
bo’ladi. Bunda gistologik tekshiruv ham doimo yordam bera olmaydi, chunki 
yuqori harorat ta’sirida birinchi minutlarda o’lim sodir bo’lganda teri va teri tagi 
kletchatkasida xuddi ilgariroq o’lgandagiga o’xshash o’zgarishlar ko’zga 
tashlanadi.
Kuyish o’chog’ida bo’lganligining aniq tasdiqlovchi belgisi qonda 
karboksigemoglobin borligi hamda nafas yo’llari, qizilo’ngach va oshqozonda 
qurumning bo’lishligi hisoblanadi. Buning uchun qonni yurak bo’shlig’i yoki 
chuqurroq joylashgan qon tomirlaridan tekshirish uchun olinadi.
Kuyish o’chog’ida tiriklik vaqtida bo’lganda qurum eng kichik bronxlar va 
hatto alveolalarda topiladi. Ba’zan u asosiy suyaklar va peshona bo’shlig’ida ham 
bo’lishi mumkin (Belikov V.K., 1972), shuningdek qurumni yurak, qon tomirlari 
bo’shlig’ida, leykotsitlar tsitoplazmasida, jigarning Kupfer hujayralari va hatto 
siydikda ham topilishi mumkin. Bunda siydikdan kuyishning hidi kelib turadi. 
Nafas io’llari shilliq pardasidan stereomikroskop yordamida tamg’a olinganda 
qurum zarrachalarining uncha katta bo’lmagan miqdori yaxshi ko’rinadi. Alanga 
o’chog’ida bo’lganlikning tiriklik vaqtidagi ta’sirini isbotlovchi muhim diagnostik 
belgi nafas olish yo’llarida kuyish jarayonining bo’lishligidir. Bunda qurum 
olingandan keyin hiqildoq, kekirdak va bronxlar shilliq pardasining kuchli 
to’laqonligi fonida oqimtir dog’-nekroz o’choqlari ko’zga tashlanadi. Bir vaqtning 
o’zida shilliq pardada qon aylanishning buzilishi: to’laqonlik, shish, kapillyarlar 
devori o’tkazuvchanligining oshishi, qon quyilish kuzatiladi. Yuzi kuyib 
dudlanishida ko’pincha ko’z atrofidagi teri burmachalari atrofida, shuningdek, 
burun lab burmachalarida ularning qisilishi tufayli jarohatlanmasligi ham 
kuyishning tiriklik belgilariga kiradi (76-rasm).
O’pkada topilgan yog’ emboliyasi ham kuyishning tiriklik belgilari 
hisoblanadi.
Kuyishning tiriklik xususiyatlarini aniqlashda kuyish pufakchasidagi 
suyuqlikning taxlili uchun oqsillar, leykotsitlar, fibrin borligini aniqlash, 
243


shuningdek teri, qon va ichki organlarda ayrim makro- va mikroelementlarni 
emission spektral usulida tekshirish taklif qilinadi. Tiriklikdagi kuyish 
pufakchasida (4,2-4,9 foiz) umumiy oqsil bo’lsa, uning miqdori o’lgandan keyin 
paydo bo’lgan pufakchadagi oqsildan (2,1-1,3 foiz) 2 marta ko’proq bo’ladi (Fayn 
M.A., 1968).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish