Tibbiyot institutlari qoshidagi



Download 1,52 Mb.
bet3/61
Sana04.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#738924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
O\'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

Yuqumli kasalliklarni kamaytirishda o'rta tibbiyot xodimlarining o'rni. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish barcha tibbiyot xodimlarining vazifasi saqlanadi. Chunki kasallik tarqalmasligi uchun uni o'z vaqtida aniqlab, bemorni aloxidalash lozim. Shunga ko'ra barcha tibbiyot xodimlari bu kasallikning asosiy belgilari, ayniqa dastlabki alomatlarini yaxshi bilishlari shart. O'rta tibbiyot xodimlari feldsher-akusherlik punktlari (FAP) da, poliklinika va qishloq shifokorlari qabulga kelgan har bir bemorda "yuqumli kasalligi yo'qmikan", degan taxminni yodda tutib ishlashlari kerak. Bunday kasallikka biroz gumon bo'lganda xam, darhol bemorni aloxidalash zarur. Nima sababdan bemorga nisbatan shunday chora kurilayoganini uning o'ziga yoki (bola kasal bo'lgan xrlda) onasiga tushuntirish lozim. Ba'zi yuqumli kasalliklarda bemorni albatta maxsus shifoxonaga yotqizib davolash talab etiladi.
Bunday xolda o'rta tibbiyot xodimi, yuqumli kasalliklarni tashishga ixtisoslashgan transport (epidperevozka) ga telefon orqali talabnoma beradi. Shuningdek, bemor bilan yaqin muloqotda bo'lganlar ro'yxati olinadi. Ular ustidan ma'lum muddatda kuzatuv olib boriladi, ba'zan laboratoriyada tekshiruvlar o'tkaziladi.
O'rta tibbiyot xodimi o'ziki ham kasallik yuqib qolishidan muxofaza qilishi lozim. Yuqumli kasalliklar bilan muttasil ishlaydigan tibbiyot xodimlari rejali ravishda ayrim kasalliklar (masalan, ich terlama, difteriya) ga qarshi emlanib turishi xam profilaktika maqsadida o'tkaziladi. Bemorni yoki u bilan muloqotda bo'lganlarni (laboratoriya tekshiruvlarida) teshirganda extiyog bo'lish, o'z terisini tasodifan jaroxatlashdan saqlanish kerak.
Barcha shifokorlar qatori, o'rta tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan biri, axoli o'rtasida targ'ibot ishlari olib borishdir. O'zini xizmat ko'rsatadigan xududda axoli bilan yuqumli kasalliklarning yuqish yo'llari, undan extiyot bo'lish tadbirlari xaqida suxbatlar o'tkazib turish zarur. Bu maqsadda odamlarni atayin to'plash biroz mushkulroq. Lekin maxalla qo'mitalari, qishloq kengashlari, jamoat tashkilotlari turli mavzularda o'tkazadigan yig'ilishlarda faol ishtirok etib, axoli orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo'yicha tushunchani shakllantirib borish kerak. Avvalo, xalqimizning qadimiy an'anasi bo'lgan pokizalikka e'tiborni qaratish lozim. Oilada, bog'cha va maktablarda bolalarni yoshligidanoq ozoda bo'lishga, qo'lni tez-tez yuvib turishga odatlantirish zarur. Atrof-muxitni toza tutish, oqar suvlar ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik yuqumli kasalliklarning oldini olishda muxim axamiyatga egadir. Tashkilot ishlari samarali bo'lishi uchun, avvalo tibbiyot xodimining o'zi turmushda gigiyena talablariga kat'iy rioya qilishi, pokizalikda boshqalarga namuna bo'lishi lozim.
Respublikada sanitariya-profilaktika tashkilotlarining tizimi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirliga tizimida yuqumli kasalliklar bilan kurashish soxasida faoliyat ko'rsatadigan maxsus tashkilot va muassasalar mavjud. Sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosarlaridan biri, bu soxaning barcha ishlariga raxbarlik qiladi. U O'zbekistonning Bosh sanitariya shifokori xisoblanadi va vazirlik qoshidagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti (DSEND) si orqali ish olib boradi. Infeksiyaga qarshi kurashish ishi sanitariya-epidemilogiya nazorati markazi (SENM) lari orqali amalga oshiriladi. Ular 3 bo'limdan iborat:
1. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirliganing Respublika sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent taxar sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari, Ular jami 14 ta.
3. Shaxar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari. Ular jami 220 ta.
Bulardan tashqari, Respublika, viloyat va tuman profilakgak dezinfeksiya stansiyalari, orttirilgan immunitet tanqisliga (OITS-SPID) ga qarshi kurashish Respublika va viloyat markazlari bor. Respublika, viloyat, tuman "Salomatlik markalari" xam yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish shoxobchalari xisoblanadi.
O'ta xavfli kasalliklar soxasida va respublika xududini karantin kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi oldini olish masalalari bilan maxsus O'zbekiston karangan va o'ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi Markazi faoliyat ko'rsatadi.
Respublika Sog'liqni Saqlash vazirligiga qarashli epidemiologiya, mikrobiologaya va yuqumli kasalliklar ilmgoxi, sanitariya-gigayena va kasb kasalliklari ilmgoxi, virusologiya ilmgoxi, tibbiyot parazitologiya ilmgoxi, mikologiya markazlari yuqumli aa parazitar kasalliklar bo'yicha izlanishlar bilan tugullanadigan ilmiy dargoxlar xisoblanadi. Respublika Fanlar akademiyasi ilmgoxi xam yuqumli kasalliklarning turli jabxalarida faoliyat ko'rsatuvchi ilmiy maskanlar xisoblanadi.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish