Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


-BOB. TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINING TARKIBIY TUZILISHI VA ULARNI BOSHQARISH ZARURLIGI



Download 7,91 Mb.
bet2/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

1-BOB. TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINING TARKIBIY TUZILISHI VA ULARNI BOSHQARISH ZARURLIGI


1.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi

Tijorat banklarining aktivlari likvidlilik darajasiga ko’ra quyidagicha tarkiblanadi:





  1. Kassali aktivlar




  1. Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar




  1. Kreditlar




  1. Asosiy vositalar




  1. Kassadagi naqd pullar




  1. Bankning Markaziy bankdagi ―Nostro‖ vakilliy hisobraqamidagi pul

mablag’lari


3. Bankning boshqa banklardagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag’lari





  1. Inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’lari (flout)

E. Dolan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda asosiy


e’tibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar o’rtasidagi nisbatning oqilona darajasini ta’minlash lozim deb hisoblaydi.Dolan yuqori likvidli aktivlar tarkibiga tijorat banklarining kassasidagi naqd pullarni, ularning Markaziy


6
bankdagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamining qoldig’ini, tijorat banklarining boshqa tijorat banklaridagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlarining qoldiqlarini va inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’larini kiritadi. Uning fikriga ko’ra, tijorat banklari aktivlarining optimal tarkibini shakllantirishda yuqori likvidli aktivlar bilan riskli aktivlar o’rtasidagi nisbatning oqilona darajasini ta’minlash lozim, degan xulosani shakllantiradi.

Dolan ikkilamchi zaxiralarning quyidagi to’rt shaklini ajratib ko’rsatdi:





  1. Hukumatning qimmatli qog’ozlari;




  1. boshqa banklarning depozit sertifikatlari;




  1. tijorat qimmatli qog’ozlari;




  1. federal fondlar.

Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan to’g’ri emas. Chunki tijorat qimmatli qog’ozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida ko’plab korxonalarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha to’lovsizlik muammosi mavjud. Bunday holatlarni ―O’zsanoatqurilishbank‖ ATBda, TIF Milliy bankida va boshqa tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.


Barltrop va MakNotonlar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kassali aktivlardan tashqari tijorat banklarining balansidagi Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalarni ham kiritadi.


Tijorat banklarining likvidli aktivlarining miqdorini depozitlarning nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki joriy depozitlar va jamg’arma depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori bo’lib, tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Fikrimizcha, depozitlarning barqaror qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotiga xos bo’lgan holat hisoblandi. Mazkur mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror bo’lgan


7
mijozlarning ko’pligi, Markaziy bank monetar siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq yukini mo’’tadil darajaga keltirilganligi va boshqa omillar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimini barqaror darajasini ta’minlashga zamin yaratadi. Rivojlanyotgan davlatlarda esa, moliya bozorlari rivojlanmaganligi, Markaziy bankning monetar siyosatida noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatini takomillashmaganligi va boshqa omillar xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xo’jalik sub’ektlarining pul oqimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va jamg’arma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi kuchayadi.

Bazel standartiga ko’ra, tijorat banklarining aktivlari to’rt risk darajasiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi:





  1. 0 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlarga, ya’ni risksiz aktivlarga quyidagilar kiradi:

– tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar;


– bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobraqamidagi pul mablag’lari;


– Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar;


– tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli


qog’ozlariga qilingan investitsiyalar (O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar, ularning muddatidan qat’iy nazar, risksiz aktiv hisoblanadi);


– Hukumat va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to’g’ridan-to’g’ri


talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar;


– Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qo’yiladigan boshqa talablar;


8
– aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga denominatsiya qilinib, naqd pul bilan ta’minlangan hamda bankda alohida cheklab

qo’yilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi.


* 20 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi:


– tijorat bankining boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul


mablag’lari;


– hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qog’ozlariga


qilingan investitsiyalar;


– flout (inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’lari);


– IHTT mamlakatlarida ro’yxatdan o’tgan banklar va boshqa depozitar institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlar va boshqa aktivlar yoki ularning qismi;


– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga bergan kreditlari va boshqa talablari, shuningdek, ushbu tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari bilan ta’minlangan talablar.



    1. 50 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlarga quyidagilar kiradi:

– ipoteka kreditlari;


– IHTT davlatlarida ro’yxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari;


– IHTT davlatlarida ro’yxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan


ta’minlangan boshqa barcha aktivlar;


– bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va kafolatlar


bo’yicha to’lovlar alohida loyihalar bo’yicha tushumlardan emas, balki yuqorida ko’rsatilgan tashkilotlar byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.


– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;


– joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bilan ta’minlangan aktivlar va ularning qismlari;


9
– bankning IHTTga a’zo bo’lmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTTga

a’zo bo’lmagan davlatlar Markaziy Hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan


talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar qismi risk darajasi yuqori (100 foiz) bo’lgan aktivlar qatoriga kiritiladi.





  1. Tijorat banklarining 100 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlariga quyidagilar kiradi:

– korporativ qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar;


– mijozlarga berilgan kreditlar;


asosiy vositalar;


– boshqa aktivlar.


Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, ya’ni risk darajasi 100 foizga teng bo’lgan aktivlar hisoblanadi:


– bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan ta’minlanmagan akkreditivlar;


– bank tomonidan berilgan kafolatlar;


– forvard transaktsiyalari;


– bank tomonidan berilgan optsionlar va fyucherslar.
























Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish