Tillashayx masjidi



Download 129,5 Kb.
bet2/17
Sana25.03.2022
Hajmi129,5 Kb.
#510023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ME\'MORIY OBIDALAR

ME’MORIY OBIDALAR
ABDULLAXON MADRASASI
Me’moriy obida Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II tomonidan Buxoro shahrida 1588-1590-yillarga bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g'isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi: hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar - darsxona va masjidga kiriladi.
Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo’llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi — girrix shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo’lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.


ME’MORIY OBIDALAR
Semiramida osma bog‘lari
Qadimgi Yunoniston tarixchisi Gerodotning yozishicha, Semiramida osma bog‘larini qadimgi Ossuriya podshohi - malika Semiramida (asli ismi Shammuramat) mil.avv. VIII asrda barpo ettirgan. Bog‘ supaga o‘xshash qilib qurilgan, supalarni ustunlar ko‘tarib turgan. Supalar ustiga tuproqlar tashlanib, unga rang-barang gullar, har xil ko‘chatlar o‘tqazilgan. Har bir qavatdagi bog‘ga zinapoyalar orqali chiqilgan. Har kuni ko‘plab qullar tepaga suv tashishgan. Bog’dagi so‘lim daraxtlar soyasi, tepadan pastga jilvirab oqayotgan suv salqini haqiqiy mo‘jizaning o‘zi bo‘lgan. Keyinchalik bu bog‘ni Bobil podshosi Navuxodonosor II vayron qilib tashlagan.
Bu bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi VI asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroyini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko'p miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, uni yetti iqlimda yo'q “bog'i eram” deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora va ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.



Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish