TILLARNING O‘ZARO TA'SIRI
Odatda maMum hududda yashovchi ko‘pchilik xalqning tili umumiv til deb ataladi. Tarixda yunon tilining Afina attik dialekti umumxalq tili sifatida qabul qilingan. Bunda Afma shahri Gretsiyaning madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazi ekani ham hisobga olingan. Bunday umumiy tilni koyne (grekcha koine— dialektos — “umumiy nutq”) deb ataladi. 0‘zbek tili- ning Toshkent va Farg‘ona shevalari “tavanch shevalar” deb ataladi va bu “umumiy til” tushunchasiga ancha yaqin turadi.
Kishilar ikki va undan ortiq tillarda so‘zlasha oladilar. Shunga ko‘ra ikki tilliylik bilingvizm (grekcha bi — ikki, lin- gua— til) va ko‘p tilda so‘zlashish — polilingvizm (grekcha poly— ko‘p, lingua — til) farqlanadi. Ikki tilda so‘zlovchilar ayniqsa ko‘p. Masalan, 0‘zbekiston- ning Namangan viloyatida 9% aholi, 0‘rta Osiyo xalqlarining 30% (1970-yil aholi ro‘yxati natijalariga ko‘ra) ikki tilda so‘zlashadilar.
Tillarning o‘zaro ta’siri natijasida ulardan biri, odatda madaniy va iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan xalqning tili ta’sirida ikkinchi tilda ko‘pgina so‘zlar o‘zlashadi. Masalan, Afrika tillarida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar juda ko‘p. Lekin, aksincha, Afrika tillaridan arab tiliga o'tgan so'zlar juda kam topiladi. Bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatgan tillaming har ikkisi ham so‘zlarning o'zlashishi natijasida boyiydi. Masalan, qadimiy g‘arbiy german tillarining lotin tili bilan aloqasi natijasida ger- man tillariga hayotning turli sohalariga tegishli so‘zlar kirib keldi: ingliz. street, nemis. Strasse — “ko‘cha”, ingliz. cheese, nemis. Kase — “pishloq”, ingliz. toll, nemis pfund- “boj haqqi”, pound, Pfund “ftrnt” kabi. 0‘z navbatida german tillaridan ham lotin tiliga qator so‘zlar o'zlashgan va ulardan ba’zilari ispan tilida saqlanib qolgan: ispan, espiar “ortidan bormoq”, tregua “ke- lishuv”, guardar “qo‘riqlamoq”, orgullo “faxr”' kabi.
Tillaming o‘zaro ta’siri ularda so'zlashuvchi xalqlaming yonma-yon yoki yaqin hududda yashashiga bog‘liq emas. Ba’zi baynalmilal so‘z va terminlaming bir yo‘la bir necha tillarda qoMlanilishi bunga misoldir. Ko‘pincha tillaming o‘zaro ta’siri leksika sohasida, xususan, so‘z qabul qilish bilan boshlanadi va keyincha u fonetika va grammatikada kuzatiladi. 0‘zbek tilida arab va fors tillaridan o‘zlashgan so'zlar ko'pgina topiladi. Arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda fonetik hodisalar ham mavjud: toat, tafat, soat, sur’at kabi. Bu so‘zlarda arabcha “ayn”ning cho‘ziqroq talaffuzi kuzatiladi. 0‘zbek tilida /ts/ (tsirk, tsirkul), /j/ (jyuri, jumal) fonemalari grek tilidan kirib kelgan so‘zlar bilan birga o‘zlashgan.
Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashuvi natijasida ulardan birining tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bunday. ta’sir tillardan birinihg yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Saqlanib qolgan tilda yoqolgan til unsurlarining bo'lishi substrat (lotincha sub — “yuqori”, stratum — “qat- lam”) deb ataladi. Substratning ta'siri ko‘proq fonetika sohasi- da boMadi. Masalan, german tillaridagi “yuz” va “ming” sonlari qadimiy ingliz, qadimiy sakson tillarida hund, qadimiy yuqori nemis tilida hunt, boshqa german tillarida hunda shaklida o‘zlashgan. Ming so‘zi thusundi shaklida (qadimiy ingliz tilida thusend, qadimiy friz tilida thusend, qadimiy sakson tilida thusundig, thusint kabi) o‘zlashgan. Bu so‘zlarda fonemalar almashuvi kuzatiladi. Qrimdagi gotlar tilida bu so'zlarga sada “yuz” o‘rta osetin tilida sada, fin-ugor tillardan o‘zlashgan sada va hazar “ming” (o‘rta fors tilida hazar, venger tilida o‘zlashgan ezer shakli mavjud2.). Sintaksisda uchrovchi substratlarga turkiy tillarida gapda so‘z tartibining ancha erkin bolib qolgani .
Do'stlaringiz bilan baham: |