TILLAR TARAQQIYOTIDAGI FARQLANISH VA O‘XSHASHLIKLAR
Tillar taraqqiyotidagi o‘zgarishlar turli yo‘nalishda bo'lib har xil natijalarga olib keladi. Ba’zan shunday ham bo'ladiki, tildagi qandaydir kichik o‘zgarishlar kuchayib, ularda so'zla- shuvchilaming muloqotida quyinchiliklami keltirib chiqaradi va ba’zan bir tilning ikki variantida so‘zlashuvchilar bir-birlarini tushunmay qolishlari mumkin. Tilning taraqqiyotidagi bunday jarayon farqlanish deb ataladi. Buning aksi bo‘lgan jarayon, yani bir tilning ikki varianti o‘rtasidagi farqlanish yo‘qolishi nati- jasida ulaming qo'shilib ketishi inteeratsiva deb ataladi. Bu ikki jarayon tillaming rivojlanish davrida turlicha kechadi. Qadim zamonlarda til qabila bilan bog‘liq bo‘lgan. Qabilalaming bo‘linib ketishi natijasida tillar ham bo'linib ketgan va farqlan- gan. Biroq bu farqlanish jarayoni tez kechmagan. Tillaming o‘xshashligi esa o'tmishda ko'chmanchilik bilan hayot kechir- gan xalqlaming tillarida ko‘proq ro‘y bergan.
Odatda qishloq xo‘jaligi, tog‘da va o‘rmonda hayot kechirish tillaming farqla- nishini tezlatuvchi shartlardan hisoblanadi. Masalan, Afrika qit’asidagi Kamemn mamlakatida 180 dan ortiq til bor. Tojikistonning Pomir tog‘laridagi aholining bir necha tillarda so'zlashuvi, hatto ular yashayotgan joy 5—6 km uzoqlikda bo‘lsa ham turli bir-biriga o‘xshamagan tillarda so‘zlashuvi qi- ziqdir.
Bir tilning ikki tilga ajralish jarayonida awal bu tilning sheva- lahjalarga bo‘linib ketishi ro‘y beradi. Kelgusida bu shevalar alohida til bo'lib qolishlari mumkin. Masalan, sanskrit tili boshqa hind guruhi tillari uchun shunday yo‘lni bosib o‘tgan.
SHEVA VA LAHJALAR
Tilning ma'lum hududdagi og‘zaki qo‘llanishidagi xususi- yatlarini o'zida aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas — til, nutq, sheva) deb ataladi. Katta sheva va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o'rtasidagi tafovut shartli bo‘lib, go‘yo milliy til va adabiy til o‘rtasidagi farqqa o‘xshashdir. Bu farqlanish turli hududlardagi bir tilning turli ko‘rinishidek tuyuladi. Til va dialektlaming tafovuti unda so‘zlashuvchilaming madaniyati, psixologiyasi, urf-odati va milliy xususiyatlarining o‘zgachaligi bilan izohlanadi. Bir-biriga hududiy yaqin bo‘Igan shevalar o‘sha tilga o'xshash alomatlari bilan ajralib turadi. Bir-biridan juda uzoq hududda tarqalgan shevalar esa boshqa tilga o‘xshash alomatlarga ega bo‘ladi. Masalan, oltoy tilining janubiy shevalari qirg'iz tiliga juda o'xshash boMsa, shimoliy shevalari shor tiliga yaqinroqdir'. Bir tilning turli shevalari awalo talaffuz xususiyatlari bilan farq- lanadi. Masalan, Toshkent shevasida “keldi” deb talafluz qilinsa, xorazm shevalarida “galdi”, o‘zbek tilining qarluq shevala- rida “yomon”, o‘zbek tilining qarluq shevalarida “jomon” deb talaffuz qilinadi. Shevalar o‘z lug‘ati yani so‘zlari bilan farqlanadi. Masalan, Buxoro shevasida “taxlamoq” feli biror ishni bajarmoq ma’nosida qollanadi.
Bu so‘z boshqa o‘zbek she- valarida “biror narsani ustma-ust tartibda qo‘ymoq” ma’nosini beradi. Tilning shevalari o‘z grammatik alomatlari bilan ham farqlanadilar. Ko‘pgina o‘zbek shevalarida qaratqich kelishigi qo‘shimchasi -ning tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni bilan aytiladi.
Tilning sheva va lahjalami o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida boMimi dialektologiya (iotincha— dialekt — nutq va — fan) deb ataladi. Tilning turli hududlardagi tarqalgan sheva va lahjalari shu xalqning tarixi, urf-odati, madaniyat va san’ati bilan bogliqdir. Odatda dialektologiya regional, yani hududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan bogliqdir. Dialektologiya lingvistik geografiya bilan boglanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar jamlanib lingvistik atlaslar tuziladi. Sheva va lah- jalaming hududiy joylanishiga doir xaritalar tuziladi. Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlaming tarqalishiga doir xarita va atlaslar tuzilmoqda. Bunday lingvistik xarita va atlaslami tuzish maqsadida aniq dastur va anketalar, ya’ni qanday masalalar, so‘z va gaplar kiri- tib, ulami tahlil qilishda uchraydigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bunday vazifalami bajarish uchun maxsus dialektologik ekspeditsiya uyushtiriladi. Til va uning shevalaridagi tarqalgan turii xususiyatlaming dialektologik xaritada ko‘rsatilish chegarasi izoglosslar (lotincha izo— o‘zaro, gloss—til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslami aniqlash shevalar tarixini o'rganishda yordam beradi. Lingvistik geografiya metodlarini qo‘liash natijasida turii tillar va shevalardagi izoglosslaming tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli sinfiariga mansub bo‘lgan til xususiyatlarini ijtimoiy dialektlarga xos deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |