Tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar


-bob. Departament faoliyatini tashkil etish



Download 172,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana31.12.2021
Hajmi172,69 Kb.
#202114
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yevropeoid irqi - Vikipediya

5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish

15.  Departament  faoliyati  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni,  Vazirlar  Mahkamasining  Reglamentiga,  O‘zbekiston

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Ijro  etuvchi  apparati  to‘g‘risidagi  Nizomga,  ushbu

Nizomga,  Vazirlar  Mahkamasi  Ijro  etuvchi  apparatida  ish  yuritish  bo‘yicha  yo‘riqnomaga,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri,  Bosh  vazir

o‘rinbosarining  topshiriqlariga,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisining  buyruqlari

va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning




ish rejalari, Departament mudiri, mudir o‘rinbosarlari, shu’ba mudirlari va mutaxassislarning

shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning  ish  rejalari,  Departament  mudirining  shaxsiy  ish  rejasi  Vazirlar

Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  bilan  kelishiladi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh

vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Shu’ba  mudirlari  va  mutaxassislarning  shaxsiy  ish  rejalari  Departament  mudiri

tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va farmoyishlari,  Hukumat qarorlari  va farmoyishlarining mutasaddilik

qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

boshqa  organlar  va  tashkilotlarda  amalga  oshirilishining  tizimli  monitoringini  olib  borish

bo‘yicha  Departament  faoliyati  Vazirlar  Mahkamasining  ish  rejasiga  muvofiq  kompleks

o‘rganishlar  asosida,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,  Bosh  vazirining

o‘rinbosari,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisining  topshiriqlariga  binoan,  Vazirlar

Mahkamasi,  Vazirlar  Mahkamasi  Rayosati,  Kompleksi,  Departament  majlislarida  hisobotlarni

eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.

16. Departament mudiri:

Departamenti  bevosita  rahbarlik  qiladi,  shu’balar  mudirlari,  mutaxassislar  ishlarini

tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun

shaxsan javob beradi;

Departament  yuritadigan  sohaga  oid  masalalar  bo‘yicha  Vazirlar  Mahkamasiga

kiritilgan  takliflar  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  ko‘rib  chiqishda  davlat

prinsiplariga  qat’iy  rioya  etilishini  ta’minlaydi,  ularning  ishlab  chiqilishini  tashkil  etadi  va

hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul

qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

respublikaning  tegishli  tarmoqlari,  sohalari  va  hududlarida  investitsiya  loyihalarining

ahvoli  va  natijadorligining  tizimli  monitoringi  tashkil  etilishi  va  ma’lumotlar  banki

shakllantirilishini, shuningdek muammoli  masalalarni  hal etishga doir  amaliy  chora-tadbirlar

ishlab  chiqilishi  va  amalga  oshirilishini,  respublika  tarmoqlari  va  hududlarining  Investitsiya

dasturlarida belgilangan istiqbolli vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va investorlar bilan hamkorlik

dasturlarini  shakllantirish  va  amalga  oshirish,  xorijiy  investitsiyalar,  shu  jumladan  to‘g‘ridan

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kreditlar, grantlar hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb

qilish jarayonini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;

Departamentning  tasdiqlangan  tuzilmasi  va  shtatlar  jadvaliga,  shu’ba  mudirlari  va

mutaxassislarning  kasb  darajasi  va  amaliy  malakasini  oshirish,  ularni  rag‘batlantirish  hamda

jazolash choralariga muvofiq lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar bo‘yicha taklif l arni

puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda

Kompleks rahbariga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

shu’ba  mudirlari  va  mutaxassislar  o‘rtasida  vazifalarning  taqsimlanishini,  shuningdek

Kompleksning  yarim  yillik  ish  rejasi  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  tasdiqlash  uchun  Kompleks

rahbariga  kiritadi,  Departament  shu’balari  mudirlari  va  mutaxassislarining  ish  rejalarini

tasdiqlaydi;

Vazirlar  Mahkamasiga  kelgan,  respublika  Hukumatining  qarori  talab  etilmaydigan

hujjatlarni  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  tegishli  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh

vaziri,  uning  o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  va  idoralararo

komissiyalar,  kengashlar  majlislarida  va  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi

tomonidan Departament yuritadigan sohaga oid masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda

qatnashadi;

Departament  kadrlar  zaxirasi  shakllantirilishi  va  yangilanishini,  kadrlar  zaxirasiga

kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlash tashkil etilishini ta’minlaydi;



Vazirlar  Mahkamasi  Ijro  etuvchi  apparatida  amalda  bo‘lgan  Yo‘riqnomaga  muvofiq

ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

17.  Departament  mudiri  vaqtinchalik  bo‘lmagan  taqdirda  uning  vazifasini  shu’ba

mudirlari bajaradi.

18. Shu’ba mudiri:

shu’ba  mutaxassislari  ishlarini  muvofiqlashtiradi  va  shu’baga  yuklangan  vazifalar  va

funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

shu’baga  biriktirilgan  masalalar  bo‘yicha  ma’lumotnoma,  tahliliy,  statistika  va  boshqa

materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining

mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va

farmoyishlarini  amalga  oshirish  bo‘yicha  mutaxassislar  tomonidan  tashkiliy  chora-tadbirlar

yoki  nazorat  rejalari  tayyorlanishini,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  yoki  uning

o‘rinbosari  ularni  tasdiqlashini  muvofiqlashtiradi,  erishilgan  natijalarning  doimiy

monitoringini ta’minlaydi;

masalalarni 

o‘rganib 

chiqishni 

muvofiqlashtirish 

va 


Vazirlar 

Mahkamasi,

Departamentning tegishli davr uchun ish rejalarida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish

rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi, takliflarni tanqidiy

tahlil asosida departament mudiri va Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

mutaxassislar  tomonidan  iqtisodiyotning  tegishli  tarmoqlari,  sohalari  va  sektorlari,

shuningdek respublika hududlari bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining yaratilishi

va yuritilishini nazorat qiladi;

ma’lumotnoma  materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to‘g‘risida  Departament  mudiriga,

shuningdek  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  o‘rinbosariga,

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot

beradi;


Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh

vaziri,  uning  o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  hamda

idoralararo  komissiyalar  va  kengashlar  majlislarida,  shu’ba  yuritadigan  sohaga  oid  masalalar

bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

Departament mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati

boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek

ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari

loyihalarini  muhokama  qilish  uchun  o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  organlar  va

tashkilotlar  rahbarlari  hamda  vakillari,  olimlar  va  mutaxassislar  ishtirokida  yig‘ilishlar

o‘tkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

19. Departamentning bosh mutaxassisi:

takliflarning  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarining  sifati,  ishonchliligi  va  o‘z

vaqtida  tayyorlanishi,  funksional  vazifalarga  muvofiq  topshiriqlar  va  qabul  qilingan  hujjatlar

bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun shaxsan javob beradi;

tegishli  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar hamda hujjatlar

loyihalarini  har  tomonlama  tahlil  qiladi,  ular  bo‘yicha  zarur  tahliliy  materiallar  va  xulosalar

tayyorlaydi,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Reglamentiga

muvofiq ularning kelishilishini ta’minlaydi;




materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to‘g‘risida  Departament  mudiri,  shu’ba  mudiriga,

shuningdek  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  o‘rinbosariga  va

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab

chiqadi  va  tasdiqlash  uchun  kiritadi,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro

etuvchi  hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,

O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning  o‘rinbosarlarining  iqtisodiyotning  tegishli

tarmoqlari  va  sohalari  yoki  respublika  hududlari  bo‘yicha  topshiriqlari  bajarilishi  yuzasidan

tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli  funksional  masalalar  va  hujjatlar  bo‘yicha  tizimlashtirilgan  ma’lumotlar

bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;

tegishli  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  markaziy  apparatlari  tarkibiy

bo‘linmalari  (iqtisodiy,  moliyaviy  va  yuridik  xizmatlar),  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari  ishlarining  ahvoli  va  samaradorligini  doimiy  asosda  o‘rganadi,  ularning  faoliyati

samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasi  va  uning  Rayosati  majlislari,  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning

o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  va  idoralararo  komissiyalar

hamda  kengashlar  majlislari,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  o‘tkazadigan

yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati

boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek

ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari

loyihalarini  muhokama  qilish  uchun  o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  organlar  va

tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazadi;

tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

20. Departamentning yetakchi mutaxassisi:

takliflarning  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarining  sifati,  ishonchliligi  va  o‘z

vaqtida  tayyorlanishi,  funksional  vazifalarga  muvofiq  topshiriqlar  va  qabul  qilingan  hujjatlar

bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har

tomonlama  tahlil  qiladi,  ular  bo‘yicha  zarur  tahliliy  materiallar  va  ekspert  takliflarni

tayyorlaydi,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasi  Reglamentiga  muvofiq  ularning  kelishilishini

ta’minlaydi;

materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to‘g‘risida  Departament  mudiri,  shu’ba  mudiri  va

bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri

o‘rinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab

chiqadi  va  tasdiqlash  uchun  kiritadi,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro

etuvchi  hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,

O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning  o‘rinbosarlarining  iqtisodiyotning  tegishli

tarmoqlari  va  sohalari  yoki  respublika  hududlari  bo‘yicha  topshiriqlari  bajarilishi  yuzasidan

tizimli nazoratni amalga oshiradi;




tegishli  funksional  masalalar  va  hujjatlar  bo‘yicha  tizimlashtirilgan  ma’lumotlar

bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;

tegishli  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  markaziy  apparatlari  tarkibiy

bo‘linmalari  (iqtisodiy,  moliyaviy  va  yuridik  xizmatlar),  mahalliy  ijro  etuvchi  xokimiyat

organlari, boshqa organlar va tashkilotlar ishlarining ahvoli va samaradorligini doimiy asosda

o‘rganadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasi  va  uning  Rayosati  majlislari,  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning

o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  va  idoralararo  komissiyalar

hamda  kengashlar  majlislari,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  o‘tkazadigan

yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

shu’ba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa

tashkilotlar  vakillari,  olimlar  va  mutaxassislar  bilan  ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari  loyihalarini  tayyorlash  maqsadida  ularni

muhokama qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

21. Inspektor Departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat

qiladi, hujjatlar Yig‘ma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini

ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Download 172,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish