Tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar


-bob. Yig‘ma departamentning huquqlari va javobgarligi



Download 172,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana31.12.2021
Hajmi172,69 Kb.
#202114
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Yevropeoid irqi - Vikipediya

3-bob. Yig‘ma departamentning huquqlari va javobgarligi

8.  Yig‘ma  departament  o‘ziga  yuklangan  vazifalar  va  funksiyalarni  bajarish  uchun

quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun

zarur  bo‘lgan  materiallar  va  ma’lumotlarni  Vazirlar  Mahkamasi  Ijro  etuvchi  apparatining

boshqa  tarkibiy  bo‘linmalaridan,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati

organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;



davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  va

boshqa  tashkilotlarning,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasi  Ijro  etuvchi  apparati  axborot-tahlil

departamentlarining  makroiqtisodiy  rivojlantirish,  tarkibiy  va  institutsional  islohotlar,

iqtisodiyot  tarmoqlari,  sektorlari  va  hududlarni  iqtisodiy  rivojlantirish  strategiyasi  va

dasturlarini  ishlab  chiqish  masalalari  bo‘yicha  axborot-tahliliy  hamda  prognozlash  faoliyatini

muvofiqlashtirish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa

organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

markaziy  iqtisodiyot  organlari,  ilmiy-tadqiqot  markazlari  va  institutlari  xodimlari,

mahalliy  va  xorijiy  ekspertlarni  jalb  etgan  holda  axborot-tahliliy  tadqiqotlar  o‘tkazish  uchun

ekspert guruhlarini tashkil etish;

xalqaro  konferensiyalar,  kongresslar,  simpoziumlar,  seminarlar  va  kengashlarda,

shuningdek  iqtisodiy,  ijtimoiy,  institutsional  va  tarkibiy  islohotlar  muammolari  bo‘yicha

axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;

tashqi  iqtisodiy  faoliyat  masalalari  bo‘yicha  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,

shuningdek  xalqaro,  xorijiy  moliyaviy  va  iqtisodiy  tashkilotlar,  xorijiy  hukumat  muassasalari

bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;

mutasaddilik  qilinadigan  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  boshqa

tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh

vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va

boshqa  tashkilotlarning  Yig‘ma  departament  yuritadigan  sohaga  kiruvchi  masalalar  bo‘yicha

o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;

zarur  hollarda,  Vazirlar  Mahkamasida  ko‘rib  chiqiladigan  masalalarni  ishlab  chiqish

uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy

muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb

etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarur  bo‘lganda,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-

huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda kelgan hujjatlarni qaytarish.

Yig‘ma  departamentning  zarur  materiallar,  ma’lumotlarni  taqdim  etish,  shuningdek

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,

qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  boshqa

hujjatlar  loyihalarini  puxta  ishlab  chiqish  bo‘yicha  talablari,  agar  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidenti,  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,  uning  o‘rinbosarlari  va  Vazirlar

Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisining  topshiriqlarida  bajarishning  boshqa  muddatlari

belgilanmagan bo‘lsa, departament belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim.

9. Yig‘ma departament:

o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarning ekspert

jihatidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari

qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat

qarorlari,  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasi  rahbariyati  topshiriqlarining  mutasaddilik

qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

boshqa  organlar  va  tashkilotlar  tomonidan  o‘z  vaqtida  va  sifatli  bajarilishi  yuzasidan

nazoratning ta’minlanishi;

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

hujjatlari  va  topshiriqlari  samarali  va  natijali  ijro  etilishi,  shuningdek  ijro  intizomi

mustahkamlanishi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Davlat  maslahatchilarining,

Vazirlar  Mahkamasi  va  uning  komplekslari,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  hamda

barcha  darajalardagi  hokimliklar  rahbarlarining  shaxsiy  javobgarligi  to‘g‘risida”  2017-yil  11-

apreldagi  PQ-2881-son  qaroriga,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  “Ijro  intizomini




mustahkamlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  1999-yil  12-yanvardagi  12-son  qaroriga  muvofiq

ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.




Download 172,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish