Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Reja



Download 20,41 Kb.
bet1/4
Sana13.06.2022
Hajmi20,41 Kb.
#662031
  1   2   3   4
Bog'liq
Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy ray


Aim.uz

Tojikiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari
Reja:
1. Tojikiston Respublikasining transport tarmoqlarining geografik joylashuvi.
2. Mamlakatning iqtisodiy aloqalari.
3. Iqtisodiy rayonlari.


Tayanch iboralar: Temir yo`l, avtomobil, havo, quvur transporti, importi, eksporti, iqtisodiy rayonlari.

Mamlakatda barcha tur transport tarmoqlari: temir yo’l va avtomobil yo’li, quvur, suv va havo transporti mavjud.Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo’l va avtomobil transportining ahamiyati belgilovchi rol o’ynaydl. Temir yo’l transporti Tojikistonning ichki rayonlararo Shimoliy va Janubiy Tojikiston o’rtasida hamda uning tashqi aloqasida muhim rol o’ynaydi. Mamlakat hududidan keng g’ildirakli temir yo’llarning uzunligi 255 km, uning rayonlararo o’tgan tor g’ildirak izli temir. yo’l uzunligi esa 470 km.ga teng. 1970- yillarda mamlakatnint janubiy-sharqiy qismida 265 km. masofadagi tor g’ildirakli Termiz-Qo’rg’ontepaYovon hamda Vaxsh bilan Ko’lob vodiylarini birlashtiruvchi yangi temir yo’l o`tkazilgan.


Tojikiston tog’li region bo’lgani hamda viloitlarining bir-birlaridan baland tog’lararo ajralib turgani uchun avtomobil transportining mamlakatda ahamiyati birlamchidir. Asosiy avtomobil yo’llari Dushanbe shahridan boshlanadi. Dastlabki 1925-1927- yillarda qurilgan: Dushanbe—Termiz, Dushanbe—Qo’rg’ontepa avtomagistrallari mamlakat poytaxtini O’zbekistonning janubiy port shaxarlari Termiz hamda Qo’rg’ontepa viloyatining markazi bilan bog’laydi. Bu yo’llar endilikda qayta qurilgan, kengaytirilgan, 1931-1932-yillarda Qirg’izistonning O’sh shahriga «Dunyo osmoni” deb nom olgan Pomir tog’ida joylashgan – Tog’li Badaxshon muxtor respublikasining markazi Xorogdan 732 km masorada avtomagistral qurilgan. 1940 -yilda Dushaibe—Xorog (556 km yo’li ochilgan. Bu yo’llar, shuningdek Dushanbe O’ratepa-Xo’jand kabi avtomagistrallar mamlakat poytaxtini uning ichki iqtisodiy rayonlari va qo’shni davlatlar bilan bog’laydi.
Havo transporti orqali mamlakat poytaxti uning barcha yirik shaharlari bilan bog’langan. Tojikiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dunyoning ko’pgina davlatlari bilan havo transporti orqali bevosita aloqa o’rnatgan. Mamlakatda suv transporti ham mavjud. U Panj va Amudaryo orqali Ma kaziy Osiyogning ayrim davlatlari, hamda Afg’oniston bilan iqtisodiy aloqa qiladi.
Tojikiston qadimdan Turkiston o’lkasidagi eng jahongashta davlatlardan biri bo’lgan. U ayniqsa o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin ko’pgina xorijiy mamlakatlar bilan qadimiy aloqalarini boshlab yubordi. Ayniqsa uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar ko’p qirrali bo’lib, endilikda bu aloqalar yangicha yo’nalish, yangicha mazmun olmoqda. Bu aloqalar mazmunida MOD bir butunligi, mazkur davlatlarning hamda xalqlarning tarixan birligi, ravnaqi, hamdo’stligi, yaxlitligi gavdalanadi.
Tojikiston-O’zbekiston iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqasi har jixatdan rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo hududidagi bu ikki xalq bamisoli qo’lni-qo’lga berib yashamoqda, birga nafas olmoqda, xalq xo’jaligini, fani va madaniyatini hamkorlikda rivojlantirmoqda. Zamini bir-bir bilan tutash bo’lgan tojik va ozbek xalqi tabiat manbalari daryo suvi, qir-adir yaylovlari, yer osti boyliklaridan foydalanishda birga ish yuritishadi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishda bir-biriga ustozlik qilishadi, ish o’rgatishadi, tajriba almashishadi. Ikki qo’shni qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqarishda, ularning mahsulotlaridan foydalanishda, elektroenergiya ishlab chiqarishda va uni iste’mol qilishda hamkorllk qilishadi. Markaziy Osiyoning bu ikki mustaqil davlati xalq xo’jaligining turll sohalari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishda bir-biriga beg’araz yordam beradi. Tojikistonda o’zbek, O‘zbekistonda tojik tilida qator o’quv yurtlari ishlab turibdi.
Tojikiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan dunyoning ko’pgina davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi va ular bilan keng doirada savdo-soti aloqalarini amalga oshirmoda. Ayniqsa, u Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, AQSh davlatlari bilan har tomonlama aloqalar olib bormoqda. Tojikiston yuqorida zikr qilingan davlatlarga agrosanoat majmui mahsulotlari; paxta tolasi, paxta yog’i, to’qimachilik sanoati maxsulotlari, ipak, quritilgan va ho’l meva, meva konservalari, uzum va uzum mahsulotlari, vino va vino mahsulotlari, mayiz, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati mahsulotlari; to’qish stanoklari, transrormatorlar, sovutgichlar, yengil sanoat mahsulotlari; ko’zni qamashtiradigan noyob gilamlar, poloslar, beqesam atlaslar chiqaradi.
Tojikiston tashqaridan mashinasozlik sanoati mahsulotlari, yoqilg’i o’rmon sanoati mahsulotlari, don va boshqa tovarlarni xarid qiladi.

Download 20,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish