Tolali optik uzatish tizimlarining raqamli liniya kodlarining tuzilishi



Download 0,88 Mb.
bet1/9
Sana28.05.2022
Hajmi0,88 Mb.
#613019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Optik aloqa tizimlari mustaqil ishi 4


Mustaqil ishi-4

Mavzu1: Optik aloqa tizimlarining liniya kodlari


Reja:
1.1Liniya kodining parametrlari
1.2.2V4V kodini shakllanishi
1.310B1P1R liniya kodi

    1. 5V6V sinfini kodli kombinatsiyalari


Tolali optik uzatish tizimlarining raqamli liniya kodlarining tuzilishi.
Optik signalning xususiyati impulslarining faqatgina bir qutbligidir. Ularni elektr signallarga o`zgartirgandan keyin OTUT uchun mo`ljallangan alohida kodlarni qo`llash lozimligiga olib keladi. Bunday kodlarga bir qator talablar qo`yilgan:
-past oblastlardagi signali energetik spektrining chegaralanganligi kabi yuqori chastotalarda ham yorug’lik o`tkazuvchining dispersiya buzilishini, shovqinlarni belgilararo xalaqitlarni kamaytirish;
-liniya kodlarining tuzilishi liniya trakti apparaturalarini soddalashtirish liniya kodining regeneratorlarda taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signallardan taktli chastotani soddagina ajratib olishni ta`minlash;
-liniya kodining tuzilishi uzatish sifatini va aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalarning sozligini nazorat qilishi, oddiy koder va dekoderlarni qo`llash, maksimal shovqinbardoshlilikni ta`minlashi lozim.
Ko`rsatilgan talablarning to`liq hajmdagi yig’indisiga birorta kod ham qondira olmaydi. Shuning uchun har xil OTUT larida har xil kodlar qo`llaniladi. Hamma optik kodlarida boshlang’ich elektrik kombinatsiyalar,oddiy NRZ kodi (no return to zero) - nolga qaytmaydigan ko`rinishda qayta kodlanadi.Bunda boshlang’ich kodning har bir m impulsiga, liniyaning optik kodini impulslari to`g’ri keladi, bu yerda n>m va shunga bog’liq holda formula kelib chiqadi. Bunda liniya optik signalining taktik chastotasi

Bu yerda, -boshlang’ich raqamli ketma-ketliklarning taktli chastotasi nisbatan oson qo`llaniladigan, =2 ga mos keluvchi 1V2V sinfdagi kodlar eng sodda kodlarga kiradi. Lekin oraliq chastotali chegaralash sharoitida 1V2V sinfdagi kodlarni qo`llash maqsadga muvofiq emas va odatda, ularning tezligi sekundiga bir necha o`nlab Mbit lardan oshmaydigan tizimlarda qo`llaniladi.
1V2V kodlardan eng yaxshisi, qo`llaniladigani CMI kodlaridir.CMI kodi, filtr yordamida taktli chastotani ajratish imkoniga ega bo`lgan oddiy kodlashga mos keladi. Bunday imkoniyat 1.5 maksimum chastota shartiga bog’liq. Bunday kodlarda 11 va 00 bloki, boshlang’ich "1" bilan navbatma-navbat kodlanadi, "0" esa boshlang’ich ketma-ketlikning 01 blokini o`zgarishsiz kodlaydi. 11 va 00 navbatma-navbat o`zgarishining mavjudligi, bundan tashqari moslikni yo`qligi xatoliklarni aniqlash, bunday xatoliklarni nazorat qilish tizimini blokirovkalangan holda xizmat axboroti paytida bu xususiyatlarni qo`llash imkonini beradi. Ayrim tizimlarda pozitsion-impulsli moduliyatsiya (PIM) ga ega bo`lgan 2V4V sinfdagi kodlar qo`llaniladi. Bu kodda, vaqt bo`yicha holati blokli kombinatsiyaning ikkita boshlang’ich impulsiga bog’liq bo`lgan yolg’iz impulslarning ruxsat etilgan kombinatsiyalari qo`llaniladi. To`rtta shunday imkoniyatga ega bo`lgan 0, 01,10,11 kombinatsiyalar 1000, 0100, 0010, 0001 PIM li kodlarga mos keladi. PIM kombinatsiyalarining afzalligi uzatiladigan signallarning quvvati bo`yicha yutug’idir. Xuddi shu paytda bu kodning bir qator: uzatiladigan oraliqning ikki barobar ortiqligi, kod o`zgartirgichlarning murakkabligi, ?atoli nazorat qilish muammosi, sinxronizatsiya qiyinligining oshishi kabi kamchiilklari mavjud. Yuqori tezlikli tizimlarda m>2, n>m bo`lgan blokli kodlar qo`llaniladi. Bunda uzatish tezligi qanchalik yuqori bo`lsa, uzatish oralig’ini qisqartirish maqsadida, n m ga shuncha yaqin.
Demak, bu kodlar qo`llanilganda, xatoliklarni aniqlash maqsadida aniqtekshirish o`tkaziladi. Boshlang’ich ikkitalik ketma-ketliklarning m belgidan, olingan yangi kombinatsiyalarning 2-moduli bo`yicha yig’indida nolga teng bo`lishi uchun blokka yana bitta "1" va "0" nazorat belgii qo`shiladi. m+1 belgidan 2 moduli bo`yicha yig’indida "1" ning paydo bo`lishi xatolik mavjudligini bildiradi. Kiritilgan qo`shimcha belgi R harfi bilan belgilanadi. Bundan tashqari bo`lgan kodlarga kodli kombinatsiyalarning chegarasini aniqlash uchun yana bir qo`shimcha kod kiritiladi. Umuman oxirgi berilgan kombinatsiyaning belgiga nisbatan 180 o ga burilgan belgi kirgiziladi. Bu belgi S bilan belgilanadi. Bundan tashqari S belgiini yana xizmat aloqasi va sinxronizatsiya signallari uchun qo`llash mumkin. Unda bu belgi n harfi bilan belgilanadi. Bunday holatda kod mB1P1R deb belgilanadi. Bunday kodlarga 10V1R1R kiradi(2.2.1-chizma). Ikkita qo`shimcha belgining mavjudligi
=1,2 ……… …………….(2.2.2)

uzatish chastotasiga olib keladi.



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Liniyadagi uzatish tezligi va boshlang’ich kodni nisbati xuddi shunday saqlansa, belgilar blokidagi hajmni oshirish hisobiga R va P larni yig’ish imkoniyatini kengaytirish mumkin. 40V4R4R xuddi shunday kodga misoldir.


Kichik ortiqchalikka ega bo`lgan bunday oddiy kodlarni qo`llash signal spektrida past chastotali tashkil topuvchilarning yo`qolishiga imkon bermaydi.

NRZ dan BI-L kodiga oʻzgartirish
2V4V kodlari. Bu sinfdagi kodga PIM pozitsion – impuls modulyatsiyali kod kiradi. Bunda boshlag’ich 00, 01, 10, 11 kodlardan mos ravishda 1000, 0100, 0010, 0001 liniya kodlari shakllanadi

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish