Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


I BOB. IBTIDOIY DAVRDAGI TOMOSHALARNING ILK CHASHMALARI



Download 0,91 Mb.
bet3/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

I BOB. IBTIDOIY DAVRDAGI TOMOSHALARNING ILK
CHASHMALARI


    1. Ovchilik o'yinlari - ilk tomosha shakli

O'zbek an’anaviy teatri Sharqning qadimiy tomoshalariga asoslangan bo'lib, uning dastlabki kelib chiqish tomirlari ibtidoiy jamiyatdagi munosabatlami qamrab oladi. Bu hoi uning ilk yaralish manbalarini O'rta Osiyo tuprog'idan va shu yerda yashagan qadimiy xalqlarning ijtimoiy hayotidan, milliy xususiyat va an'analaridan, millatning tabiatidan qidirishga da’vat qiladi.
Tomosha turlari, undan o'sib chiqqan barcha san’at janrlarining bosh manbai, asl zamiri, ilk chashmasi - mehnat ekanini tarixchi olimlar ta’kidladilar. Rus faylasufi G.V.Plexanov bu haqda «O'yin - mehnat farzandi», deb uqtiradi. Shunday ekan. ibtidoiy jamiyat tomoshalarining kelib chiqish manbalarini dastlab mehnat jarayonidan, ibtidoiy jamoa kishisining ishlab chiqarish faoliyatidan qidirsak to'g'ri boTadi. «Agar biz mehnat tomoshadan burun tug'ilgani va, umuman, inson, eng avvalo, narsalarga va hodisalarga tirikchilik, naf ko'rish nazari bilan qaragani. bora-bora uning qarashlari estetik jihatdan muomala qilishga o‘tgani haqidagi fikrni o'zimizga singdirmasak, ibtidoiy jamiyat madaniyati tarixini tushunolmaymiz». deb yozgan edi G.V.Plexanov.
Ibtidoiy odamning kun kechirishi benihoya og'ir bo'lganidan. ular to'da-to'da bo'lib jamiyat shaklida yashashardi. Tabiatning dahshatli hodisalariga birgalikda qarshilik ko'rsatib, yashash uchun kurash olib borardilar. Bu davr odamlari hali ma’dan - temir nimaligini bilmasdi, ammo toshdan ishlab chiqarish qurollari yaratishga qodir edi. Negaki, odamning tabiat hodisalarini, uning rang va tafovutlarini. ohang va boshqa sifatlarni bilishga qiziqishi har vaqt mehnat jarayoni bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Odamning yashashi uchun kerak bo'lgan narsalarni topishga intilishi. tabiat hodisalari ustidan hukmronlik qilish istagi sezgi organlarini, ong va talaffuzini taraqqiy ettirdi. Inson ongi va talaffuzining taraqqiy etishi bilan birga odamlarda tabiat go'zalligidan, ranglardan va ohanglardan ta’sirlanish, qo‘1 mehnati bilan yaratilgan narsalarda o‘z tuyg'ulari va fikrlarini aks ettirish, biron material vositasi bilan real dunyoni badiiy tasvirlashga ehtiyoj sezgisi ham o‘sib boradi. Bunday estetik sezgilar boshlang'ich davrda juda qo'pol bo'lgani tabiiydir. Ammo musiqani, ohanglarni ajratuvchi quioq; nafosat va turli shakllarni his qilib qadrlovchi ko‘z; hid va ta’m biluvchi va huzur qilish layoqatiga ega bo'lgan a’zolari inson qudratining asl mohiyatini belgilovchi tassavvur tayangan tafakkurning ilk kurtaklari edi.
Bir zamonlarda avlod-ajdodlarimiz yashagan hozirgi O'zbekiston yerlari iqlimi. tabiiy boyliklari jihatidan ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay makon bo'lgan. Bu tuproqda kishilik tarixining ilk bosqichlaridan boshlab aholi yashagan. Keyingi yillarda Toshkent g'arbida, Shoim ko'prik mavzeidan quyi poleolit davri qurollari, Boysun tog'idagi Teshiktosh g'oridan bundan yuz ming yil burungi neandertal (o'rta poleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand yaqinidagi Omonqo'ton qishlog'i ustidagi g'ordan olingan tosh qurollar, Surxondaryoning Zarao't Kamarida qizg'ish rangda tasvirlangan suratlar, Xo'jakat qishlog'idagi toshlarga chizilgan katta kiyik va ho'kiz tasvirlari, Toshkent shimoliy va janubiy kanali qurilishida, Ayritom xarobalarida, Qizilqumda turli qurol va ro‘zg‘or buyumlarining, Samarqand yonidagi Ilonsoy va Oqsoyda, Farg‘onadagi Suratsoy va Saymalitoshda topilgan yovvoyi hayvonlar. shikor vaqti, turli ibtidoiy marosimlar aks ettirilgan suratlar, Boysun tog'laridagi Amir Temur g'oridan, Uzboy atrofidan neolit davri madaniyatining qoldiqlari, Kaita Minor (Xorazm) chaylasi, Moxondaryo havzasidagi Zamonbobo, Chust yonidagi Bo'vanamozor (metall davri) degan joyda ibtidoiy odamlarning istiqomat joylari ochilganligi va turli qazilmalar vaqtida topilgan juda ko'p sopol idishlar - xullas, bu obida, yodgorliklarning hammasi O'zbekiston hududida yuz ming yillardan buyon odamlar yashaganligini. ularning ibtidoiy jamiyat davridayoq o'ziga xos madaniyati shakllana boshlaganini to'la tasdiqlaydi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish