Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Milliy eposlarda tomosha tasvirlari



Download 0,91 Mb.
bet6/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

1.3. Milliy eposlarda tomosha tasvirlari
Akademik V.V.Bartold hozirgacha bizga ma’lum bo'lgan To'maris, Shiroq, Zarina, Siyovush, Afrosiyob, Rustam kabi eposlar, asosan, Axmoniylar davridagi Eron imperiyasining sharqiy viloyatlari Sug'diyona, Baqtriya, Xorazmda shakllanganini ko'rsatadi. Demak. Firdavsiy «Shohnomawsiga manba bo'lgan, yuqoridagi eposlarning vatani qadimgi O'rta Osiyodir. Ayrim eposlarning mazmuni antik davr tarixchilaridan Herodot, Ktezey, Poliyen. Xores Mitlinskiy asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. O'rta Osiyo tarixchilaridan Hamza Ispixoniy, Tabariy, Mas’udiy, Beruniy kabi muailiflar asarlarida ham xalq og'zaki ijodiyoti - eposlar haqida ma’lumotlar ko'p. Chunonchi. Herodot asarlari orqali bizgacha yetib kelgan «To'maris» eposida Axmoniy shohlaridan Kirning eramizdan avvalgi 529-yilda O'rta Osiyoni bosib olishi, massaget qabilalarining boshlig'i ayol To'marisning el-yurti bilan bosqinchilarga qat’iy zarba berishi, Kirni o'ldirib cheksiz qahramonlik ko'rsatgani tasvirlanadi.
Kir o'lganidan keyin ham Eron Axmoniy shohiarining O'rta Osiyoga bosqinchilik hujumlari to'xtamadi. Doro (eramizdan oldingi 521-486-уШаг) uzoq urushlardan so'ng O'rta Osiyoni o'ziga qaram qilib oldi. Ammo O'rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashi bir kun ham to'xtamadi. Ana shu kurashlarda yaratilgan va avloddan-avlodga o'tib kuylanib kelgan qahramonlik eposlari ichida Shiroq degan oddiy bir cho'ponning vatanparvarligi va qahramonliklari ustida so'z boradi. Poliyenning «Stratagemax» kitobida (II asr) o'sha eposdan parchalar keltirilgan. U o'z jonidan kechib, Doroning ko'p sonli askarlarini hiyla bilan cho'l-biyobonlar ichida adashtirib halokatga uchratadi.
«Zariadr va Odatida» eposida esa asosiy syujetni sevgi va qahramonlik motivlari tashkil qilib, oila va erkin muhabbat mavzusi kuylanadi. Hazor - Kaspiy dengizidan Tanais - Sirdaryogacha cho'zilgan o'lkada hukmronlik qilgan Zariadr bilan Tanaisning narigi tomonida yashagan skif shohi Omargning qizi Odatida bir-birini tushida ko'rib sevishib qoladilar. Ammo Omarg yolg'iz qizini begona yurtga berishni istamaydi. Zariadr skif kiyimini kiyib, Sirdaryodan kechib o'tadi va sevgan qizini olib qochadi, ularning muhabbatini

hcch qanday kuch, hatto qabilalar o'rtasidagi urushlar ham yenga olmaydi. «Zarina va Striangiya» eposi ham vatanparvarlik, qahramonlik va sevgi qissasidir.
Eposlar ijrosiga alohida to'xtalamiz. Chunki, epos ijrochiligi bayonchilikdan obrazni ko'rsatishga o‘tishi bilanoq ijrochi aktyorga aylanib qoladi. Negaki, uning ijrochilari bir vaqtning o'zida ham badiiy so‘z ustasi, ham kuylovchi bo'iib, ta’riflanayotgan qahramonning holat va kechinmalari bilan ko'rsatadi. Epos ijro etilayotganda tomoshabin qatnashishi - ijrochini ularga ta’sir etishi uchun qilgan harakatlari, teatr san’ati elementlari shakllanishidagi ilgari qo'lga kiritilgan yutuqlarning takomillashib borishiga xizmat qilgan. Shuning uchun uni ilk milliy teatr - «bir aktyor teatri», deyishimiz mumkin. Chunki, eposlarda konflikt va dramatik elementlarning kuchliligi, syujetning pishiqligi, obrazlarning monolitligi - epos ijrochilari o'yiniga yaxshi material berardi. Bundan tashqari xat-savodi yo‘q ommaga eposlarning aktyorlar ijrosida jonii obrazlar vositasida haqqoniy tasvirlanishidan hukmdor tabaqa vakillari ham manfaatdor bo'lgan. O'sha zamon odamlarini qahramonlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda eposlarning ma’rifiy ahamiyati muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun ham ular eposlarning ijro etilishini mumkin qadar tantanali va haqqoniy tasvirlashga intilar, avvallari qabila boshliqlari, so'ngra podsholar o‘z saroylarida sozandalar, raqqoslar bilan birga maxsus epos ijrochilari yoki hozirgi til bilan aytganda, aktyorlar saqlar edilar. Demak, epos ijrosini - katta shakldagi tomosha, - deyish mumkin. Eposlarning teatrlashgan yo'sinda haqqoniy ijro etilishi O‘rta Osiyoni arablar istilo qilgunigacha ham davom etgan bo'Isa kerak. Islom dini tomonidan jonii obraz yaratish ta’qiqlangandan so‘ng, uni baxshi yoki dostonchilar ijro eta boshlagan bo'lishi mumkin. Agar biz epos va Avesto she’riy yo'lda yozilganini hisobga olsak, avlod- ajdodlarimiz naqadar katta she’riy va musiqaviy qobiliyatga ega bo'lganliklarini ko'ramiz. Bu ho! o‘z navbatida badiiy so‘z ijrochiligining tug'ilishida muhim ahamiyat kasb etgan. Badiiy so’z teatr san’atining ham muhim elementlaridan biridir. Baxshi esa dostonni she’riy tarzda to‘qigan, unga kuy yaratgan, o‘zi chalgan va ijro etgan. Bu «bir aktyor teatri» shakli qadimdan bizda mavjud bo‘tganligini asoslaydi. Shunday qilib qadimiy eposlar va ularning To'maris, Shiroq, Zarina, Striangiya, Zariadr, Odatida, Siyovush, Rustam kabi qahramonlari teatrlashgan marosimlarda bir aktyor - baxshi tomonidan o'ynalgan.
Xulosa qilib aytganda, ibtidoiy jamiyat tuzumining yemirilishi, quldorlik jamiyatining barpo etilishi ayrim shaxslar, qabila boshliqlarining yetakchilik roli oshib borishi bilan ibtidoiy davr marosimlaridagi turli ruh va hayvon taqlidchiligidan yangi diniy mafkuraning xudolari va mifologik afsonaviy qahramonlarning obrazlarini yaratishga ham o'tila boshlagani, odamning o'zga shaxs obrazini yaratish yo‘lidagi yangi qadami edi. Qahramonlik eposlari ijrosi esa ilk «bir aktyor teatri» bo'lib, undagi barcha qahramonlarni baxshi ijrosida tomosha qilish mumkin edi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish