Topshirdi: Boltayeva Gulimoh



Download 128 Kb.
bet4/8
Sana10.04.2021
Hajmi128 Kb.
#63158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Shermuha. Kurs ishi

Ne natija berur adab, ne naz.arga kirar nasab,

Bas erur bu zamonda bisoting aro bo‘lsa qaro siytnu zaring—
deya nola qiladi shoir. Munis ma'rifatparvar ijodkor sifatida o‘sha zamonda ilm-fazl ahilari, shu jumladan, shoirlarning qadrsizlanganligini, ularning qismati nihoyatda og‘ir kechayotganligini tasvirlar ekan, o'zining shoh asariari sanalmish «Shuaro», «She’r», «So‘z» radifli g‘azallarida bunday baxtiqarolikning sababchisi jamiyatda hukm surayotgan tengsizlik, jaholat ahli deb biladi.

Yutubon bu zamonda qon shuaro, Nazm etar gavhari flg'on shuaro... Yuz xushomad bila gadoligyetib, Topa olmas emakka non shuaro... Dardmandu jafokash elga qilur, Nazm ila dardini bayon shuaro.

Uning adolatli, muruwatli hukmdorlar haqidagi sotsial qarashlarida ham navoiyona gumanistik qarashlar yotadi. U zamona hukmdorlariga murojaat yetib, ulardan ulusga, muhtojlarga nisbatan shafqat, g‘amxo‘riik talab qiladi. Aks holda, oqibati yomon bodishini ogohlantiiadi. Munisning ixcham bir masnaviy she'rida biz shunday baytlami o‘qiymiz:



Sabot istasang yurt bunyodig'a, Adoiat bila et ulus dodig‘a. Adolat o‘ldi ei osoyishi, El osoyishi — mulk oroyishi. Qayu mulkkim shohi odildurur, Anga barcha el kongli moyildurur...

Ma'lumki, g‘azalshunos olimlarimiz o‘zbek g'azaliyotining ko‘pasrli tajribalarini chuqur o'rganishib, uni kompozitsion jihatdan parokanda, yakpora, voqeaband hamda musalsal tuzilishga ega g‘azallar sifatida tekshirishni tavsiya qiladilar. Ayniqsa, mavlono Lutfiy, she'riyat mulkining sultoni Navoiy va ulaming nihoyatda iste'dodli davomchisi Bobur ijodida yakpora g'azallar yaratishga e'tibor kuchaydi. Chunki yakpora g'azallarda muayyan mavzuni izchil yoritish, matladagi fikmi g'azal oxiriga qadar poyama-poya davom ettirish, chuquriashtirib boorish, shu yo‘l bilan g‘azalni

mazmun va poetik shakl jihatidan yaxlit qilish nazarda tutiladi.

Shermuhammad Munis g'azallarining ko'pchiligini yakpora g'azallar lashkil etadi. Uning davming ijtimoiy masaialari tasviriga bag'ishlangan turkum g‘azallarining deyarli barchasi shunday kompozitsiyaga ega. Bu hol shoiiga zamonadagi nosozliklammg ancha real manzaralarini chizish imkoniyatiarini ochadi. Uning «Yutubon bu zamonda qon shuaro», «She’r ul tig‘i dudamdurkim, jahonni fath etar», «Sabot istasang mulk bunyodig‘a», «Xos o‘lub joh ahlig'acha in'omi sohib tojlarv, «Bul zamon ichra aziz el ne ajab xor o‘lub...», «Ro‘za bisyor meni tang etmish» misralari bilan boshlanadigan yakpora g‘azallarda chuqur sotsial mazmun bor. Munisning

Shukrilillahkim, tushumg'a kirdi jonon bu kecha,

Aylanib komim bila garduni gardon bu kecha .

matla'li 9 baytdan iborat ishqiy g'azali esa voqeaband g'azallaming o‘ziga xos namunasidir. G‘azal shoiming tushida ko‘rgan voqeasi, mahbub bilan uchrashuvi, u bilan muloqoti, xushbaxtligi voqeasi tasviridan iborat. Tush epizodi shoir uchun tasvir vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Quyidagi g‘azal esa tadrij san'ati asosida yuzaga keltirilgan musalsal kompozitsiyali g‘azaldir. Tadrij usuli qo‘llangan g‘azallarda aks ettirilayotgan kechinma, fikr, manzara misra va baytlar aro darajama- daraja rivojl^ntirilib boriladi. Bu samatning noyob namunalari Navoiy g‘azaliyotida yuksak mahorat bilan namoyish qilingan. Munis Navoiy maktabiga xos shu usulda ham g‘o'zal, original g'azallar ijod etgan. U Navoiyning

Yordin ayru ko'ngul mulkedurur sultoni yo‘q,

Mulkkim, sultoni yo‘q, jismedururkim joni yo‘q—

matla'li mashhur g‘azali ta'sirida shunday musalsal g‘azal yaratgan:



Bu ne hijron shomi erdikim, oning poyoni yo ‘q,

Vasl subhining tulu ’ etmak dame imkoni yo‘q.

Yorsiz xayli torojlar solg‘on ko‘ngul,

Go'iyo bir kishvaredurkim, oning sultoni yo ‘q.

Gulshani komim hazon ojmish sarosar oytakim,

Bargi ham yo'qtur demaykim, bir guli xandoni yo'q.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish