Топширик 4-Амалий Машгулот Тишларнинг хусусий анатомияси



Download 124,95 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi124,95 Kb.
#473153
Bog'liq
Топширик 4


Топширик 4-Амалий Машгулот
1.Тишларнинг хусусий анатомияси.
Tishlar (dentes) ovqat hazm qilishda ishtirok etib qolmay, odamda
so'z bo'g'inlarini hosil qilishda ham qatnashadi. UlaT yuqori va pastki
jag'ning tish katakchalarida milklaming yuqorigi chekkasida joylashadi.
Tishlar kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatidan suyaklarga o'xshaydi
va ulardan kelib chiqishi bilan farq qiladi. Tish uch qismdan: toji, bo'yni
va ildizidan iborat.
Tish toji (corona dentes) tishning og'iz bo'shlig'ida ko'rinib turgan
qismi bo'lib, to'rtta yuzasi bor. Tilga qaragan yuzasi (facies lingualis), og'iz
dahliziga qaragan yuzasi (facies vestibularis) kurak tishlarda lablarga qaragan
(facies labialis), kichik va katta oziq tishlarda lunjga qaragan (facies buccalis)
bo'ladi. Tishlaming o'zaro yondosh yuzasi (facies contactus) va chaynov
yuzasi (facies occlusalis) tafovut qilinadi.
Tish bo'yni (collum dentis) tish toji bilan ildizi o'rtasidagi toraygan
qismi. Uni atrofldan milkning shilliq pardasi o'rab turadi.
Tish ildizi (radix dentis) bittadan uchtagacha bo'lib, tish katakchalarida
joylashgan. U ildiz uchi (apex radicis) bo'lib tugaydi. Tish toji ichidagi tish
bo'shlig'i (cavitas dentis) ildizga kanal (canalis radicis dentis) bo'lib davom
etadi. Bu kanal ildiz uchida ildiz uchi teshigi (foramina apicis dentis) bo'lib
ochiladi. U orqali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini (pulpa dentis)
hosil qiladi.
Tish pulpasi joylashgan joyiga qarab toj qismi ichidagi (pulpa coronalis)
va ildiz ichidagiga (pulpa radicialis) bo'linadi.Tishning moddasi dentindan (dentinum) iborat bo‘lib, tish toji tashqi
tomondan emal (enamalum), ildizi esa sement (cementum) bilan qoplangan.
Odamda tish ikki marta chiqadi. Sut tishlari (dentes decidui) bola 5—7
oylik boiganida paydo bo‘la boshlaydi va 2—2,5 yoshlarda ulaming soni 20
taga yetadi. Bola 5—7 yosh bo'lganida sut tishlari tusha boshlaydi va ulaming
o‘miga doimiy tishlar (dentes pennanentes) chiqa boshlaydi. Katta odamda
doimiy tishlar 32 ta bo'ladi. Yuqori va pastki jag'ning har bir tomonida 8
tadan tish joylashgan. O'rta chiziqdan lateral tomonga qarab: 2 ta kesuvchi
(kurak), 1 ta qoziq, 2 ta kichik oziq va 3 ta katta oziq tishlar tafovut qilinadi.
Tishlaming joylashish tartibi tish formulasini hosil qiladi
2.Доимий кесувчи тишларнинг анатомияси:умумий таснифи, чикиш вакти, хар бир тиш турининг тузилиши ва уларнинг узаро фарклари, аномалиялари.
Doimiy tishlaming joylashish tartibi (formulasi) quyidagicha:
3.2.1.2 : 2.1.2.3
3.2.1.2.: 2.1.2.3
Tish toji va ildizining tuzilishiga qarab (63-rasm) to'rt turga ajratiladi:
1. Kesuvchi (kurak) tishlar (dentes incisivi) jag'ning bir tomonida
ikkitadan bo'lib, joylashishiga qarab tashqi va ichki kurak tishlar deb ataladi.
Tish toji iskanaga o'xshash, og'iz dahliziga qaragan yuzasi biroz ko'tarilgan,
til yuzasi botiq bo'lib, bo'yni sohasida tish bo'rtig'i (tuberculum dentis) bor.
Chaynov yuzasi o'tkir kesuvchi chekka (margo incisalis) bilan tugaydi.
Yuqori kurak tishlaming toji pastkisiga nisbatan sezilarli katta bo'ladi. Kurak
tishni ildizi bitta konus shaklida, pastkisiniki yon tomondan siqilgan.
Sut kurak tishlarining tashqi ko'rinishi doimiy kurak tishlarga o'xshaydi.

3.Козик ва премоляр тишларнинг анатомияси: умумий таснифи, келиб чикиш вакти, хар бир тиш турининг тузилиши ва уларнинг узаро фарклари, аномалиялари.
2. Qoziq tishlar (dentes canini) jag'ning bir tomonida bittadan bo'lib,
toji o'tkir uchli konus shaklida. Ildizi uzun, yon tomondan siqilgan va yon
tomonlarida bo'ylama egati bor. Ildiz uchi biroz lateral tomonga og'gan. Yuqorigi
qoziq tishlar pastkisidan keng toji va uzun ildizi bilan farq qiladi.
Sut qoziq tishlari doimiy qoziq tishlarga o'xshaydi. Ulaming ildizi
yumaloqlangan va birinchi kichik oziq tishga yo'nalgan.
3. Kichik oziq tishlar (dentes premolaris) jag'ning bir tomonida ikkitadan
bo'lib qoziq tishlaming orqasida
joylashadi. Tish tojining chaynov
yuzasi to'rtburchak shaklida bo'lib,
sagittal egat bilan ikkita do'mboqqa
ajragan. Tashqi vestibular do'mbog'i
ichki til do'mbog'iga nisbatan katta.
Pastki kichik oziq tishlaming ildizi
bitta konus shaklida. Yuqorigi kichik
oziq tishlaming ildizi goho ayri
shaklida bo'ladi. Yuqori kichik oziq
„ . . , . tishning ildizi oldindan orqaga biroz
yuzalarida bo'ylama egati bor.Katta oziq tishlar (dentes mollaris) jag'ning bir tomonida uchtadan. Ular
kichik oziq tishlaming orqasida joylashib, toji kubsimon shaklda. Chaynov
yuzasi ikkita egat vositasida ikkita lunj va ikkita til bo'rtig'iga ajragan. Yuqori jag‘
tishlarining ildizi uchta: ikkita lunj ildizining uchi orqaga yo'nalgan. Bitta til
ildizining uchi qattiq tanglayga qaragan. Pastki katta oziq tishlar yuqoridagiga
nisbatan katta. Ulaming chaynov yuzasi ikkita egat vositasida to'rtta bo'rtiqqa
bolinadi. Ulaming ikkitasi dahliz chekkasida, ikkitasi til chekkasida joylashgan.
Pastki katta oziq tishlaming ildizi esa ikkita (oldingi va orqa) bo'lib, oldindan
orqaga qarab siqilgan. Katta oziq tishlarining uchinchisi ancha kech (18—25
yoshda) chiqadi va aql tishi (dentes serotinus) deb ataladi.
Sut katta oziq tishlar sakkizta. Ular shakl jihatidan doimiy tishlarga
o'xshaydi.

Tishlaraing chiqish vaqti jadvalda ko'rsatilgan



.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, bolalarda sut tishlari ichida kichik oziq
tishlar yo‘q, katta oziq tishlar esa ikkita. Shuning uchun sut tishlarining
formulasi quyidagicha:
2.0.1.2 : 2.1.0.2
2.0.1.2 : 2.1.0.2
Sut tishlarining tashqi va ichki tuzilishi doimiy tishlarga o'xshash bo'lib,
faqat hajmi ikki marta kichik bo'ladi. Ulaming emali oq yoki havorang
bo'lib, sarg'imtir rangdagi doimiy tishlardan farq qiladi. Sut tishlarining
ildizi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi

Download 124,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish