Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Sanoat korxonalarining umumiy ko‘rinishi



Download 11,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/61
Sana31.03.2022
Hajmi11,01 Mb.
#521377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Bog'liq
toshkent

1.12 Sanoat korxonalarining umumiy ko‘rinishi 
Ko‘p hollarda texnologik jarayonda zararli gazlar, suyuqliklar yoki qattiq 
moddalar ajralib chiqishi mumkin (1.13 rasm). Bunday hollarda binoning 
konstruksiyalarini korroziyadan saqlashga e’tibor berish zarur. Turli xildagi 
texnologik va konstruktiv tadbirlar belgilanishi lozim. Bir tomondan, 
konstruktiv elementlarni tayyorlash jarayonida chidamli ashyolar yoki 
yechimlar qo‘llanishi zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yemirilishi mumkin 
bo‘lgan konstruksiyalar sirtlarini agressiv muhitni o‘tkazmaydigan materiallar 
bilan himoya qilish yechimlaridan foydalaniladi. 
1.13. 
Sanoat korxonasining atrof muxitga salbiy ta’siri 


32 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni alohida ta’kidlash zarurki, sanoat 
korxonalarini loyihalash masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, eng avvalo bu ishni 
amalga oshirish davrida xonalarning havo muhiti, aeratsiya, yoritish tizimi, 
shovqindan himoya qilish, ishlab chiqarishning texnologik jarayoni va muhiti 
kabi muhim masalalarni albatta hisobga olmoq lozim. 


33 
1.6. Sanoat binolarining intereri va ekstereri. 
Har qanday bino va inshootlarning loyihalanishida ularning intereri (ichki 
ko‘rinishi) va ekstereri (tashqi ko‘rinishi)ga alohida e’tibor beriladi. Bino va 
inshootlarning intereri va ekstereri zamon talablariga to‘liq javob berishi va atrofida 
oldin bunyod etilgan bino va inshootlarga har tomonlama mos va o‘xshash bo‘lishi 
kerak.(1.14, 1.15-rasm) 
Sanoat binolarining intererlari va ekstererlarini ishlab chiqishda hozirgi zamon 
fan, texnika, sa’nat yutuqlarini qo‘llagan holda ularning funksional-texnologik, 
texnik, me’moriy-badiiy, iqtisodiy va ekologik talablarga to‘liq javob berishini hal 
qilish eng asosiy vazifa hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning o‘sishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini 
yaxshilanishi, ishchilarning tez charchashlarini kamayishi, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hodisalarning kamayishi ko‘pincha bino va inshootlarning intererlarining 
me’moriy-badiiy yechimiga bog‘liq. 
Intererning me’moriy-badiiy yechimi binoning arxitekturaviy-konstruktiv 
yechimiga, texnologik jarayonlarga, sanitar-texnik talablarga, qurilish bo‘layotgan 
tumanning iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Sanoat binosi intererini arxitekturaviy tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan 
usuli bu ichki muhitning birdamligini hal qilishdir. 
Bir va ko‘p qavatli sanoat binolarini loyihalayotganda ichki hajmning birdamligi 
deganda katta hajmdagi jihozlarni qo‘llashga xalaqit beradigan ichki devor va 
pardevorlarni olib tashlash, yirik ustun to‘rlarini ishlatish, binoning universalligini 
oshirish tushuniladi.
Kimyo sanoatida keyingi yillarda ko‘p qavatli sanoat binolari o‘rniga pavilion 
tipidagi texnologik jihozlar yig‘iladigan etajerkalarda joylashtiriladigan binolar 
qo‘llanila boo‘landi. Bu kimyo sanoatida intererning ijobiy tomonga o‘zarishiga olib 
keldi. Bunda tabiiy yorug‘likdan imkon darajasida ko‘proq foydalanishga imkoniyat 
bo‘ldi, tiqilib qolgan past shiftlar o‘rnida yuqori, keng shiftlar paydo bo‘ldi, 


34 
shamollatish masalalari tabiiy holda hal qilindi, texnologik jihozlar atrofi kengaydi va 
ulardan bemalol foydalanishga imkoniyat yaratildi.
Pavilon tipidagi sanoat binolarida ichki hajmni, intererning birdamligi oson hal 
qilinadi.Chunki pol va shift butun zal bo‘yicha bir xil tekisliklardan o‘tadi. Barcha 
shisha devorlar bilan to‘silgan xonalarda yorug‘lik, shamollatish, muhit bir xil 
bo‘ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
sifatini yaxshilanishi, ishchilarning charchashlarini kamayishi va ishlab chiqarish 
jarayonida bo‘lib turadigan har xil baxtsiz hodisalarning kamayishi bino intererining 
to‘g‘ri arxitekturaviy yechimiga bog‘liq. 
Shakl, ritm, proporsiya, masshtab, sanoat binolari ichkarisida joylashgan 
konstruktiv elementlarning, texnologik jihozlarning rangi va yoritilganligi va boshqa 
bir qancha omillar intererning arxitekturaviy ko‘rinishiga ta’sir qiladi.
Sanoat binosi intereri yechimini tanlaganda tabiiy yoki su’niy yoritilganlikka 
alohida e’tibor berish kerak Chunki yoritilganlik xona hajmi va relefini shakliga ta’sir 
qilishi va uni keng yoki tor qilib ko‘rsatishi mumkin. 
Interer yechimini hal qilganda rangni to‘g‘ri tanlanishi sanoat korxonalarida 
yaxshi psixologik muhitni yaratilishiga, ishchi-xizmatchilarni o‘zlarini yaxshi his 
qilishlariga va kayfiyatlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Natijada ishchi-
xizmatchilarning 
tez 
charchashlarini 
oldi 
olinadi, 
ishlab 
chiqariladigan 
mahsulotlarning sifatini va mehnat unumdorligining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. 
Intererning ko‘rinishida bir qavatli binolarda tomning yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalari va osma shiftlar, ko‘p qavatli binolarda esa tom yopmalarining yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyalari muhum ahamiyatga ega. 
Hozirgi kunda ham yuk ko‘taruvchi konstruksiya,ham shamollatuvchi 
konstruksiya vazifalarini birgalikda bajaradigan quttisimon, katta oraliqli temirbeton 
to‘sinlar ishlatilmoqda. Katta oraliqli orayopmalar o‘rniga esa qobiqlar va boshqa 
fazoviy konstruksiyalar qo‘llanilmoqda. Bunday qulay va silliq shaklga ega bo‘lgan 
yengil zamonaviy konstruksiyalarni ishlatilishi har qanday bino va inshootlarni 
intererlarini boyitishga xizmat qiladi. 


35 
Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim: asosiy 
texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish; dastgohlarni maksimal 
zich joylashishiga erishish; texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va 
ishlatishda o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash; ishchilarning kechqurun hamda 
kunduzgi paytlarda ko‘rish sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy 
yorug‘likdan unumli foydalanish; kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi man’ba 
hisoblanadigan yorug‘likdan unumli foydalanish; sirti tekis, silliq konstruksiyalarni 
qo‘llash, chang, tutun, namlik, kondensat turub qoluvchi, shamollatilmaydigan 
joylarning bo‘lmasligiga erishish; akustika muammolarini hal qilish va ishlab 
chiqarish joylari musiqa eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va 
boshqalar; mebel jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil qilish va 
boshqalar. 

Download 11,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish