Toshkent davlat agrar niversitet


 Jahon mamlakatlari sug‘urta tizimi va uning xususiyatlari



Download 240,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.12.2021
Hajmi240,72 Kb.
#197702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chet mamlakatlar sugurta bozoriga umumiy tavsif

 

3. Jahon mamlakatlari sug‘urta tizimi va uning xususiyatlari. 

   


Sug‗urta  bozori  tushunchasi  ayrim  mamlakatlar  ko‗lami  va  barcha  jahon 

mamlakatlari  miqyosida  qo‗llaniladi.  Jahon  sug‗urta  bozori  o‗z  tarkibiga 

rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug‗urta kompaniyalaridan tashkil topgan 

bo‗lib,  jahon  miqyosida  markaziy  jahon  sug‗urta  tashkiloti  huquqiy  jihatdan  bir 

butun  assotsiatsiya  sifatida  shakllanmagan  bo‗lsa  ham,  lekin  Yevropa  miqyosida 

bunday  yuridik  assotsiatsiya  mavjud.  Bular  tomonidan  birgalikda  qator  umumiy 

qonunlar qabul qilingan. 

Bunday  assotsiatsiyalarning  xizmati  faqat  huquqiy  tomondan  amalga 

oshirilmasdan,  balki  iqtisodiy  jihatdan  ham  amalga  oshirilmoqda.  Bunday 

assotsiatsiyalarni  shakllanishida  qayta  sug‗urtalash  muhim  rol  o‗ynamoqda.  Bitta 

ma‘ruzada  bunday  sug‗urta  birlashmalarining  barcha  xillari  haqida  ma‘lumot 

berish  mumkin  emas,  shu  sababli  ayrim  mamlakatlar  sug‗urta  tizimlari  haqida, 

asosan ularni tashkiliy tomonlari, boshqarish usullari bilan tanishtiriladi. 

 

AQSh sug‘urta tizimi 



 

AQSh sug‗urta biznesi uslubiy jahatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan 

bo‗lsa  ham,  jahon  miqyosida  tutgan  o‗rni  jihatdan  tengi  yo‗q  hisoblanadi.  Uning 

sug‗urta  monopoliyalari  rivojlangan  industrial  mamlakatlar  sug‗urta  bozorining 

taxminan  50  %ini  nazorat  qiladi.  AQShda  8000  dan  ortiq  mulk  va  2000ga  yaqin 

hayotni sug‗urtalash kompaniyalari amal qiladi.  

AQSh  sug‗urta  tizimining  o‗ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  mamlakat 

miqyosida  yagona  birlashgan  markaziy  sug‗urta  boshqarmasi  bo‗lmasada, 

sug‗urtani boshqarish har bir shtat miqyosida tashkil qilingan, har bir shtat o‗zining 

sug‗urta qonunlariga ega. 

AQSh sug‗urta tizimining birinchi xususiyati shundan iboratki, AQShda 3 xil 

sohadagi  sug‗urta  mavjud.  Bularning    birinchisi  -  bikifitlar  (hayot  sug‗urtasi)  bu 




sug‗urta  faqat  shaxsiy  sug‗urtadan  iborat  bo‗lmasdan,  tibbiy  sug‗urta,  omonatlar, 

pensiya sug‗urtasini ham qamrab oladi. 



Ikkinchisi  -  tijorat  sug‘urtasi  hisoblanadi.  Bu  keng  ko‗lamda  tashkil  qilinadi. 

Uchinchisi  -  fuqarolarning  shaxsiy  mulk  sug‘urtasi.  Sug‗urta  xillarining  umumiy 

ko‗lami  xaqida  gapirganda  barcha  sug‗urta  kompaniyalarining  aktivlari  1,6  trl. 

dollar  hisoblanib,  har  bir  kompaniya  bo‗yichi  o‗rtacha  950  mln.  dollarni  tashkil 

qiladi.  Bular  orasida  12  yirik  sug‗urta  kompaniyasi  bo‗yicha  aktivlar  45  mlrd. 

dollarga  teng  keladi.  Barcha  sug‗urta  kompaniyalarining  faoliyati  3  konsalting 

kompaniyasi tomonidan tahlil qilinadi. 

Bu tahlilda to‗lanadigan qoplama, daromadalar va foyda koeffitsienti, debitor 

qarzlari markaziy o‗rin tutadi.  

Ikkinchi  xususiyati  shundan  iboratki,  sug‗urta  kompaniyalarining  obro‗si 

yuqori  bo‗lganligi  sababli  pensiya  ta‘minotini  boshqarish  ularning  ixtiyoriga 

berilgan.  Pensiya  fondlarini  boshqargani  uchun  sug‗urta  tashkilotlari  tegishli 

xizmat  haqi  oladilar.  Bundan  tashqari,  o‗z  mablag‗laridan  investitsiya 

maqsadlarida foydalaniladi. 

Uchinchi xususiyati shundan iboratki, sug‗urta kompaniyalari Amerika sanoat 

kompaniyalari  bilan  birgalikda  ishlaydilar.  Tashkiliy  jihatdan  sug‗urta  ishlari 

aksionerlik jamiyatlari va hamkorlikda sug‗urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish 

olib  boradilar.  Ularning  asosiy  vazifalarini  anderrayterlar  va  sug‗urta  brokerlari 

amalga  oshiradilar.  Masalan,    Purdenshnl  jamiyatida  22  ming  sug‗urta  brokeri 

xizmat  qiladi.  Steyd,  Signa,  Amerikan  interneyshnl  grupp  (AIG)  kabi  sug‗urta 

kompaniyalari  jahon  miqyosida  faqat  sug‗urta  operatsiyalarinigina  emas,  balki 

kredit, hisob-kitob operatsiyalarini ham boshqaradilar. 


Download 240,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish