Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti. Soliq va Soliqqa tortish fanidan. Mustaqil ish. Ek 85-Guruh. Bajardi. Abdurasulov Begali Mavzu;Soliq siyosati yo’nalishlari va soliq tizimiga kirish. Reja. Soliq siyosati va yo’nalishlari



Download 7,46 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi7,46 Kb.
#934594
Bog'liq
Abdurasulov Begali soliq

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti. Soliq va Soliqqa tortish fanidan. Mustaqil ish. EK 85-Guruh. Bajardi. Abdurasulov Begali

Mavzu;Soliq siyosati yo’nalishlari va soliq tizimiga kirish. Reja. 1. Soliq siyosati va yo’nalishlari. 2.Soliq turlari. 3.Soliq tizimiga kirish.

  • Soliqdavlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.Agar soliqlarni vaqtida tòlamasak jinoyiy javobgarlikga tortilamiz.Soliqlarni har yilda tòlashimiz lozim.Soliq uchun misollar: Yer soliği, Mol- Mulk soliği va hokazo.
  • Soliq siyosati.
  • Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog’liq
  • bo’lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga,
  • muvozanatga bog’liq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita
  • bog’liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o’ynaydi. Ijtimoiy siyosat
  • o’z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga
  • bo’linadi. Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq
  • siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun
  • chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas
  • qismiga aylanadi.
  •  Shu o’rinda soliq siyosatining mazmuniga to’xtalib o’tadigan
  • bo’lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas
  • bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq
  • sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza
  • yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini
  • shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli
  • organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisidir.
  • Soliq turlari.
  • Soliq kodeksiga muvofiq, mamlakatimizda quyidagi soliq turlari mavjud:
  • 1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i.
  • 2.jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
  • 3. qo‘shilgan qiymat solig‘i.
  • 4. aksiz solig‘i.
  • 5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar. 
  • 6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
  • 7. mol-mulk solig‘i.
  • 8. yer solig‘i.
  • 9. benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
  • Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha, yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.
  • Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda.
  • Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi.
  • Soliq tizimiga kirish.
  • Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021 yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari) daromadlari 196,4 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi. 1-jadvaldan koʻrinadiki, YaIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada deyarli oʻzgarmagan va aksincha oʻsish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YaIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda.
  • Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.
  • O’zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ti zimidan iborat.
  • Soliq Kodeksining 23-moddasida e‘tirof etilganidek, O’zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to’lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.
  • Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:
  • 1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
  • 2. Daromaddan olinadigan soliqlar.
  • 3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
  • 4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
  • ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.

Download 7,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish