Toshkent davlat iqtisodiyot


-rasm. Sanoat tovarlari va xizmatlari tasnifilanishi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

1.4-rasm. Sanoat tovarlari va xizmatlari tasnifilanishi 

 

xom-ashyo; 



yarimtayyor 

mahsulotlar; 

tеxnologiyalar; 

dеtallar va boshqalar 

 

ishlab chiqarishda 



ishtirok etuvchi 

matеriallar; 

ishlab chiqarishda 

ishtirok etuvchi 

dеtallar; 

 

Qo’shimcha va 



yordamchi matеriallar, 

dеtallar 

xizmatlar 

 

Xom-ashyo va asbob 



uskunalar 

Kapitallashgan mulk 

 

Yordamchi matеriallar 



va xizmatlar 


 

16 


 

Detallar va yig‘uv uzellari – mijozning yakuniy mahsuloti tarkibiy elementlaridir. 

Mayda  mexanizmlar,  yarimo‘tkazgichlar  va  kondensatorlar,  integratsiyalangan 

sxemalar,  qisqichlar,  asboblar,  materiallari,  temir  rudasi,  don,  baliq  va  ishlov 

berilmagan neft – bularning barchasi xomashyodir. 

Ishlov  berilgan  materiallar  –  qiymati  ishlov  berish  hisobiga,  ya’ni  tozalash, 

maydalash  va  kesish  kabi  jarayonlar  hisobiga  yuqoriroq  bo‘lgan  xomashyo.  Ishlov 

berilgan  mahsulotlar  odatda  standart  o‘lchamga  va  navga  ega  bo‘ladi.  Ko‘plab 

kimyoviy  mahsulotlar  havo,  neft  va  ko‘mir  kabi  tarkibiy  qismlarni  birlashtirish  va 

ishlov  berish  yo‘li  bilan  yaratiladigan,  ishlov  berilgan  materiallar  hisoblanadi. 

Kislotalar,  yog‘  va  moylar,  erituvchilar,  yoqilg‘i  va  po‘lat  ko‘plab  ishlab  chiqarishlar 

uchun  bazaviy  sanalgan,  ishlov  berilgan  materiallar  hisoblanadi.  Bugungi  kunda 

«xomashyo» atamasi bilan. 

Texnik  xizmat  ko‘rsatish,  ta’mirlash  va  ekspluatatsiya  uchun  asbob-  uskunalar 

korxonalar  tomonidan  uning  odatiy  faoliyati  davomida  foydalaniladi,  biroq  yakuniy 

mahsulotning  tarkibiy  qismiga  aylanmaydi.  Bu  tovarlar  odatda  bir-birini  almashtira 

oladi, ya’ni har bir elementni bir nechta turli ta’minotchilardan xarid qilish mumkin va 

bir  brendni  osongina  boshqasi  bilan  almashtirish  mumkin.  Bunday  asbob-uskunalar 

distributsiyasi marketing kanallari kengligi bilan tavsiflanadi. Ushbu toifadagi tovarlar 

qatoriga  moylash  materiallari,  moylash-sovutish  suyuqliklari,  qog‘oz  mahsulotlar, 

barcha  turdagi  idora  mollari,  zanjirlar,  diskli  arralar  va  boshqa  abraziv,  yoqilg‘i  va 

tozalovchi  mahsulot  turlari  kiradi.  Sanoat  tovarlari  mahsulotlari  chakana  narxi  odatda 

ancha past bo‘ladi, mahsulotlarning o‘zi esa ko‘pincha aynan hamma joyda mavjudligi 

va  istalgan  ta’minotchidan  xarid  qilinishi  mumkinligi  sababli  kichik  miqdorda  sotib 

olinadi.  Boshqa  tomondan,  ayrim  sanoat  xaridlari  hajman  kichik  bo‘lishiga  qaramay, 

ular ko‘pincha xarid haqida bir yillik bitim asosida yoki unga ko‘ra ulgurji chegirmalar 

va  boshqa  ba’zida  mahsulot  zaxiralari  darajasi  belgilangan  chegaradan  pasaygan 

hollarda  buyurtma  rasmiylashtirish  imkonini  beradigan,  murakkab  bo‘lmagan 

kompyuter dasturidan foydalanishni taqozo etadi. 

Xizmatlar  qatoriga  garchi  ularni  tabiiy  (jismoniy)  mahsulotlar  bilan  birgalikda 

xarid  qilish  mumkin  bo‘lsada,  barcha  nomoddiy  mahsulotlar  kiradi.  Misol  uchun, 



 

17 


 

xizmat  ko‘rsatish  shartnomasi  asbob-uskunalar  xaridida  qo‘shimcha  bo‘lishi  mumkin. 

Sanoat  mijozlari  va  institutsional  mijozlar  tomonidan  xarid  qilinadigan  eng  tarqalgan 

xizmatlar  qatoriga  mulkni  va  javobgarlikni  sug‘urtalash,  bank  xizmatlari  va  boshqa 

moliyaviy  xizmatlar,  qurilishda  moddiy-texnika  ta’minoti  bo‘yicha  xizmatlar,  audit, 

ma’lumotlarni  qayta  ishlash  xizmatlari,  shuningdek,  barcha  turdagi  maslahat 

xizmatlari  (jumladan,  arxitektura  va  muhandislik  xizmatlari),  transport  tashkilotlari, 

reklama  va  marketing  agentliklarining  xizmatlari  kiradi.  Garchi  sanoat  bozorlarida 

xizmatlar harajatlarning iste’mol bozoridagi (bu yerda xizmatlar xarid qilish harajatlari 

shaxsiy  daromadning  katta  qismini  tashkil  qiladi)  kabi  katta  moddiy  qismini  tashkil 

qilmasada, ko‘pchilik tashkilotlar uchun ular baribir bir xilda muhim ahamiyatga ega. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish