Toshkent davlat iqtisodiyot


 Sanoat marketingining iste’mol marketingidan farqlanishi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

1.3. Sanoat marketingining iste’mol marketingidan farqlanishi 

Milliy  iqtisodiyotning  yetakchi tarmog‘i  bo‘lgan sanoat, zavod,  fabrikalar, elektr 

stansiyalar,  shaxtalar,  ruda  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar,  mehnat  qurollari  ishlab 

chiqarish,  xom-ashyo  va  materiallar,  yoqilg‘i  qazib  chiqarish,  yog‘och  tayyorlash 

xamda  sanoatda,  qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  qayta  ishlovchi 

alohida biznes korxonalari, soha va tarmoqlar yig‘indisidan iboratdir. 

Har  qanday  mamlakatning  kuch-quvvati  va  saloxiyati,  ravnaq  topishi,  ishlab 

chiqarish  samaradorligi  va  nihoyat  aholisining  farovonlik  darajasi  birinchi  navbatda 

uning sanoatini qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. 

Sanoat  rivojlanishi  va  samaradorligi  esa  o‘z  navbatida,  uning  marketing 

faoliyatini  holati  qanchalik  mukammalligi  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Malumki,  milliy 

iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarda marketing o‘zining asosiy maqsad, vazifa, 

mohiyati  jihatidan  keskin  farq  qilmaydi.  Bundan  ayrim  iqtisodchilar  barcha 

tarmoqlarda marketing bir xil yo‘sinda tashkil etilishi va olib borilishi lozimligi haqida 

fikr bildiradilar. 

Masalan,  Malkolm  Mac-Donald  fikricha  marketingning  asosiy  g‘oyasi  universal 

harakterga  ega  bo‘lganligi  tufayli  pechka  marketingining,  sug‘urta  polisi  yoki 

margarin  marketinglari  orasida  xech  qanday  farq  yo‘q  degan  fikrni  bildiradi.  Biroq, 

bunday fikrlash milliy iqtisodiyotning ayrim soha va tarmoqlari hususiyatlarini, ularni 



 

18 


 

rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish imkoniyatlarini etibordan chetda qoldirish 

bo‘lar edi. 

Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak  bunday  qarashlarga  ko‘pgina  iqtisodchilar  etiroz 

bildiradilar. 

Masalan, 

Djeyms 

Liin 


sanoat 

marketingining 

quyidagi 

bazi 


hususiyatlariga etiborni jalb qiladi: 

- sotish va xarid qilishning katta xajmda ekanligi;  

- mahsulotlarining texnik jixatdan ancha murakkabligi;  

- xaridorlarning katta tavakkal (risk) qilishlari; 

- sotib olish davrining bir muncha uzunligi; 

- sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonining bir qadar murakkabligi; 

-  xaridorlarning  tovarlarni  aniq  (tushunishi,  bilishi)  his  qilishlari,  mutaxassis 

ekanliklari; 

- iste’molchi (xaridor) va sotuvchilar orasidagi munosabatlarni nisbatan yaqinligi, 

fikrdoshligi; 

- ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning bir-birlariga o‘zaro ta’siri. 

Olimning bu fikrlariga qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkunki, ishlab chiqarish 

vositalari, asosan uyushgan bozorda pul o‘tkazish yo‘li bilan oldi-sotdi qilinsa iste’mol 

tovarlari  esa  uyushmagan  bozorlarda  naqt  pulga  sotiladi  va  sotib  olinadi.  Buning 

negizida  ularning  bozoridagi  o‘zgacha,  infratuzilmalardagi  farq,  o‘ziga  xoslik  ham 

yotadi.  Masalan,  ishlab  chiqarish  vositalari  ikki  yo‘sinda:  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  tranzit 

yoki  omborlar,  vositachilar  (ular  ayrim  xollarda  bir  nechta  bo‘lishi  ham  mumkin) 

orqali  ulgurji  narx  va  ulgurji  miqdorda  o‘z  iste’molchilariga  yetkazib  berilishi 

(sotilishi) mumkin. 

Iste’mol tovarlari esa, asosan, chakana savdo kanallari orqali  magazin va dehqon 

bozorlarida  sotiladi  va  xarid  qilinadi.  Ayrim  hollardagina  ishlab  chiqaruvchidan, 

omborlardan sotib olinishi mumkin. 

Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchilar, ko‘p xollarda o‘zlarining doimiy 

mijozlariga ega va  ular bilan ko‘plab  masalalarni: tovarlarning  harakterisitkalari, sifat 

ko‘rsatgichlari,  narh-navo  kabilar  bo‘yicha  yaqindan  kelishib,  do‘stona  vaziyatda  hal 

qiladilar. Bu iste’mol tovarlari bo‘yicha nisbatan kam uchraydigan holdir. 




 

19 


 

Sotish  va  xarid  qilishning  katta  xajimda  ekanligi  sanoat  marketingini  asosini 

tashkil  etadi.  Har  qanday  sanoat  korxonasi  o‘z  moxiyatiga  ko‘ra  iste’molchilar 

ehtiyojini  qondirish  uchun  ko‘plab,  ommaviy  ravishda  mahsulot  ishlab  chiqarishi 

lozim.  Aks  xolda  uni  tashkil  etish  xech  qanday  ma’noga  ega  bo‘lmagan  bo‘lur  edi. 

Masalan,  O‘zbekiston  aholisi  33,3  mln.ni  tashkil  etadi.  Demak,  ular  faraz  qilaylik 

shuncha miqdorda palto xarid qiladilar, yani har bir iste’molchi 1 donadan polto xarid 

qiladi,  xolos.  Lekin  palto  ishlab  chiqaruvchi  birgina  fabrikaning  yolg‘iz  o‘zi  minglab 

metr  gazlama,  mato,  mo‘yna  va  h.k.lar  xarid  qiladi  va  minglab  palto  sotadi.  Shunday 

qilib jismoniy shaxslar iste’mol tovarlarini aksariyat hollarda, donalab (kiyim-kechak, 

poyabzal)  metrlab  yoki  bir  necha  kg  xarid  qilsa  (go‘sht  va  sut  mahsulotlari)  yuridik 

shaxslar,  korxonalarning  har  biri  ishlab  chiqarish  vositalarini  minglab  (motor,  ehtiyot 

qismlar), kilometrlab (kabel mahsulotlari) yoki tonnalab (paxta tolasi, metal, un, mato) 

sotadilar va xarid qiladilar. 

Sanoat  marketini  xususiyatlari  belgilovchi  omillardan  biri  sanoat  tovarlarining 

texnik  jixatdan  ancha  murakkabligidir.  Darhaqiqat,  mashinasozlik  sanoati  ishlab 

chiqargan  mashina-uskunalar  yoki  priborsozlik  mahsulotlari  iste’mol  tovarlariga 

(poyabzal  yoki  oziq-ovqat)  nisbatan  texnik  jihatdan  juda  murakkabligi  ko‘zga  yaqqol 

tashlanadi. Bu xol sanoat marketini xodimlaridan o‘z soxalari bo‘yicha maxsus bilimli 

bo‘lishlarini,  yani  texnika,  ilm-fan  yutuqlaridan  doimo  xabardor  bo‘lishlarini,  o‘z 

malakalarini o‘stirib borishni talab qiladi. 

Sanoat  ishlab  chiqarishi  uchun  tovarlarini  sotib  olish  marketing  xodimlaridan 

maxsus bilim  va  iste’mol buyumlarini sotib olishga  nisbatan ko‘proq vaqt talab etadi. 

Marketologlar  ishlab  chiqarish  vositalarini  xarid  qilish  uchun  tayyorgarlik  ishlari  olib 

boradilar. Ularning texnik va texnologik xolatlari, sifat va boshqa ko‘rsatkichlari bilan 

tanishadilar.  Zarur  bo‘lganda  joylarga  borib  ularning  ishlash  jarayonini  kuzatadilar. 

Tajriba-sinov  o‘tkazadilar.  Bular  maxsus  mutaxassislar,  kasb  egalari  tomonidan 

amalga oshiriladi va sotib olish davrini bir muncha uzun bo‘lishga olib keladi. Iste’mol 

tovarlarini xarid qilish esa katta bilim talab etmaydi (masalan oziq-ovqat sotib olishda) 

va  aksariyat  xollarda,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  sotuvchi  xaridor  orasida  hech  qanday 

vositachisiz amalga oshiriladi va ko‘p vaqt talab etilmaydi.  



 

20 


 

Sanoat  va  iste’mol  tovarlari  marketingini  orasidagi  farq  Stiv  Minett  keltirgan 

misolidan ham ko‘rish mumkin (1.1-jadval).  


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish