Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 155,91 Kb.
bet2/15
Sana21.09.2021
Hajmi155,91 Kb.
#181404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2014 yilni mamlakatimizda «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi1.

Binobarin, Davlatimiz rahbarining bunday oqilona qarorga kelishi mustahkam asoslarga ega. Boisi, mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda «sog‘lom ona — sog‘lom bola» masalasi davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishiga aylandi. Farzandlarimizning hech kimdan kam bо‘lmay ta’lim-tarbiya olishlari, о‘z bilim va iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada bugungi yosh avlod о‘zining intellektual va jismoniy salohiyatlarini ishga solgan holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonib, yuksak marralarni qо‘lga kiritmoqda. Davlatimiz siyosatida nafaqat meyorida rivojlanayotgan bolalar, balki rivojlanishida muammolari bо‘lgan bolalarga ham e’tibor juda kuchli.

Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorligini yanada kuchaytirish bо‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasi doirasida farzand tarbiyasida va ta’lim olishida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, о‘quvchilarning davomatini ta’minlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, birgina joriy yilning о‘tgan davri mobaynida ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini о‘rganish maqsadida 25 mingdan ortiq, о‘quvchilarning dars jarayoniga jalb etilishi bо‘yicha 21 mingta tadbirlar о‘tkazilib, о‘qishga muntazam qatnamaydigan bolalarning ota-onalari bilan 30 mingdan ortiq tushuntirish ishlari olib borilgani ham yuqoridagi fikrning isbotidir.

О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni2 talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim —tarbiya berishning asosiy maqsadi - yosh avlodni milliy mafkurasi asosida sog‘lom har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun maktabgacha yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan xam turli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning bilish faoliyatidagi nuqsonlarini bartaraf etish ishlari korreksion ishlar tizimi asosida amalga oshirilishi lozimligi barcha maxsus adabiyotlarda ta’kidlab о‘tilgan. Bu о‘rinda maktabgacha ma’lim muassasasining rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani, xususan aqli zaif bolani tarbiyalashda uning oilasi bilan hamkorligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Defektolog rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani faqatgina maxsus muassasada tarbiyalashnigina amalga oshirmasdan, balki uning oilasi bilan ham ish olib borishi zarur. Defektolog bolaning oilasiga psixologik, bolani tarbiyalashning tashkil etish yо‘llari, usullarini kо‘rsatib borishi lozim. Aqli zaif bola bilan ishlashga jalb etilgan mutaxassis bolaga yaqindan yordam berish uchun uning oilaviy sharoiti xususiyatlarini tushunishi muhim.

Sо‘nggi yillarda imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvi masalalari respublikamiz va chet elda pedagogika, psixologiya va sotsialogiyaning dolzarb muammolariban biri safiga kirgan. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning tuzilishida bolaning о‘rni uning psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus muassasalar amaliyotida shunday yondoshish mavjudki, bunda rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola tarbiyalayotgan oilaning muammosi bolaning о‘zidagi muammolar prizmasidan qaraladi. Ammo, keyingi paytlarda u yoki bu nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammosigina emas, balki ular tarbiyalanayotgan oilalar muammolariga ham e’tibor qaratilmoqda. Maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari kо‘pincha ota-onalarga farzandlarining psixik va jismonyi rivojlanishi xususiyatlari hamda oila sharoitida korreksion ish yuzasidan ba’zi bir tavsiyalar berish yetarli deb hisoblaydilar. Ammo, bu tavsiyalar va tushuntirishlar yetarlicha bо‘lmaydi, chunki ular rivojlanishida muammolari bо‘lgan farzandga ega ota-onalarning turli yо‘nalishdagi mutaxassislardan malakali yordamga bо‘lgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Bundan tashqari, kо‘p ota-onalar bu tavsiyalarga rioya qilmaydilar. Buning sababi ota-onalar shaxsidagi о‘ziga xos о‘zgarishlar bо‘lib, bu о‘zgarishlar ularga rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola bilan bog‘liq vaziyatni tо‘g‘ri baholash, bola va uni о‘qitayotgan pedagog bilan zarur bо‘lgan munosabatlarni о‘rnatishga imkon bermaydi. Kundalik hayotda rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan ota-onalar juda kо‘p muammolarga duch keladilar. Bir tomondan ular о‘zlarining farzandlari tarbiyasi va ta’limi bilan bog‘liq vositalarni tanlashda qiynalsalar, ikkinchi tomondan, oilada nuqsonli bola dunyoga kelishi bilan bog‘liq bо‘lgan chuqur psixologik muammolar yuzaga keladi.

Nuqsonli bola oilasining alohida muammolari Bogdanova, T.A. , Shoumarov G‘.B., Dobrovolskaya, A.I., Zaxarova, I.Y. Levchenko, Mamaychuk I.I., Martinova V.L., Pyatakova G.V., Mastyukova YE.M., Mishina G.A., Raku A.I., Semago M.M., Skvorsova I.A., Osipenko T.N., Spivakovskaya A.S., N.B. Shabalina, A.R. Sharipova, N.N. Shkolnikova, V.V., Yurtaykina boshqalar tadqiqotlarida yoritilgan.

Bizning respublikamizda Nurmuxamedova L.SH. “Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari”3 mavzusida tadqiqot ishini olib borgan bо‘lib, uning tadqiqoti ota-ona va nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik holatlarini о‘rganish va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola, agarda u ma’sus ta’lim muassasasiga qatnayotgan bо‘lsa shaxsini rivojlanishi, ijtimoiy yetukligining muhim shartlaridan biri uning atrorfdidagi kattalarning: ota-onalar va о‘qituvchilarning hamkorlikdagi ishidir. Bu ishning samarali bо‘lishi va bolaning ijtimoiy rivojlanishiga tо‘laqonli yordam berishi uchun nima qilish lozim, maktab va bolaning oilasini hamkorligini qanday tashkil etish kerak va bundan faqatgina pedagoglar emas, balki kо‘p jihatdan ota-onalarning qoniqishi – bu masalalar maxsus pedagogika, korreksion pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir.

Shu sababli oiladagi muammolarni bilishi va ota-onalarni aqli zaif bolani tо‘g‘ri tarbiyalash tamoyillari va metodlariga о‘rgatish kerak. Bularni amalga oshirish uchun maktabgacha tar’lim muassasasi doimo ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi zaruriyati kelib chiqadi. Ana shu hamkorlikning muvaffaqiyatli bо‘lishi uchun uning tashkil etishning, olib borishning samarali usullarni, yо‘llarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunga bog‘liq ravishda tadqiqotimizning bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari” deb belgiladik




Download 155,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish