ToshkeNt davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dss. 03/30. 01. 2020. Ped. 26. 01


Tajriba-sinovdan oldingi olingan natijalarga ko‘ra



Download 0,63 Mb.
bet14/27
Sana13.03.2023
Hajmi0,63 Mb.
#918590
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
О.Курбонова автореферат

Tajriba-sinovdan oldingi olingan natijalarga ko‘ra tajriba va nazorat sinflaridagi baholash natijalarini mos ravishda 1 va 2-tanlanmalar deb olsak, quyidagi variatsion qatorlarga ega bo‘lamiz (3.6- jadvaldagi umumiy ko‘rsatkichlar asosida):
3.1-jadval.

1-tanlanma Tajriba sinfi




Xi

Yuqori

O‘rta

Past

Umumiy soni

10 sinf

ni

24

59

175

n257

11 sinf

ni

32

64

162

n258

2-tanlanma Nazorat sinfi




Yj

Yuqori

O‘rta

Past

Umumiy soni

10 sinf

ni

25

57

169

n250

11 sinf

mj

31

63

161

m255

Bu tanlanmalarga mos kelgan tajribadan oldingi natijalarga mos diagrammani hosil qilamiz (3.1-rasmlar):



3.1-rasm. O‘quvchilarning nutkiy kompetensiyalarining rivojlanishining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari

Bu tanlanmalarga mos kelgan tajriba-sinovdan keyingi diagrammani hosil qilamiz (3.3-rasmlar):



3.3-rasm. Tajriba sinovdan keyingi o‘quvchilarning nutkiy kompetensiyalarining rivojlanishining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari

Tajriba-sinov ishlari diagrammalardan va jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tajriba sinov yakunida o‘tkazilgan anketa savollariga javob berishda tajriba guruhlaridagi natijalardan farqi mavjud bo‘lib, statistik mezonning to‘g‘ri qabul qilinishi, ishonch oralig‘ining bir-biri bilan ustma-ust tushmasligi samaradorlik mavjudligini ko‘rsatdi. Ta’kidlovchi tajriba davrida tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida qayd etilgan miqdor ko‘rsatkichlar asosida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlar o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinganda sifat ko‘rsatkichi 1,16 barobarga oshgani bilan samaradorlikka erishildi. Ushbu ko‘rsatkich bizning tadqiqotimizning samarali tashkil etilganligini bildiradi.




XULOSA
1. Bugungi kunda kuchli bilimga ega, xalqaro musobaqalarda bellashib raqobat qila oladigan, o‘zining pozitsiyasiga ega bo‘lgan, mustaqil va erkin fikr bildiradigan yetuk shaxslarni tarbiyalashda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ona tili darslaridagi mazkur vazifani to‘liq bajarish muayyan ma’noda 10-11- sinflarda o‘quvchilarni nutqiy vaziyatlarda o‘z fikr-mulohazalarga tayanishni, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga o‘rgatish,ularning bog‘lanishli nutq tuzish,yozishni talab darajasida o‘stirish bilan chambarchas bog‘liq.
2. Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiya komponentlarini kompleks tarzda uzviy bog‘liqlik asosida ona tili fani mazmuni, ona tili darslari maqsadi nuqtai nazaridan kelib chiqib, ijtimoiy hayotda zaruriy ehtiyoj sifatida rivojlantirish bayon qilingan.
3. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tadqiqot ishimiz ko‘rsatganidek, metodikada kam o‘rganilgan hisoblanadi. Nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga kuchli e’tibor qaratish zarurati so‘nggi yillarda ta’lim samaradorligining o‘zgarishi va til ta’limi tizimida yangi davlat ta’lim standartlariga o‘tishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga ta’lim muassasasi o‘quv-tarbiya amaliyoti o‘quvchining zamonaviy yondashuviga, sub’ektiv fikr bildirib shaxsiy kamol topishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, mazkur kompetentlik turi rivojlantirilgan.
4. O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda maxsus, nostandart mashq va topshiriqlar, innovatsion metodlardan foydalanish bu jarayonda samarali yutuqlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bu esa nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish ishini didaktik tamoyillar asosida tashkil etish ona tili darslarining samaradorligi oshirilgan.
5.Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kunda ona tili o‘qituvchilari va pedagoglar oldida turgan eng muhim vazifa, barkamol inson tarbiyasida nutqiy kompetensiyalarning asosini tashkil qiluvchi o‘qish, tinglab tushunish, so‘zlash, yozish kabi faoliyatlar mahsuli sifatida ifoda qilinishi, bu kompetensiyalarning amaliy qo‘llashga imkon beruvchi faoliyat va qobiliyatlarini namoyon etishi ifodalangan.
6.Stilistik mashqlarni mashq va topshiriqlarni mustaqil bajarish, matn turlarini belgilangan qoidalar asosida yozish, matnlarni mashq topshirig‘i asosida tahlil qilish, yozma ishlarni to‘laqonli ijodiy fikrlab, reja asosida yaratish, lug‘at turlari ustida muntazam ish olib borish, badiiy asarlardan olingan parchalarni,poetik shohbaytlarni ifodali o‘qib, mazmunini sharhlash, matn tuzishda buyuk siymolarning hikmatli so‘zlaridan va leksik boyliklardan unumli foydalanish asosida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish takomillashtirilgan.
7. 10-11-sinf ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish kabi), ya’ni nutqiy faoliyat turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘quvchilarning psixologik-lisoniy va tarbiyaviy jihatlariga e’tibor qaratish nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish talablarining muvaffaqiyatli bajarilishini kafolatlaydi.
8. Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida qo‘shimcha holda berilgan topshiriqlar ustida ishlash, lug‘at ustida ishlash, matnlar mazmunidan ibratli g‘oyalarni anglash, mazkur jarayonda mantiqiy, ijodiy fikr bildirish ta’limiy maqsadlar asosi sanaladi.
9. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘qituvchi bilan hamkorlikda nutq uslublari(so‘zlashuv,ilmiy,publitsistik,rasmiy,badiiy) oid leksik va sintaktik birliklarni to‘g‘ri tanlash va bu birliklar asosida matn turlarini orfografik qoidalarga amal qilib tuzish va yozishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida muntazam ish olib borish, shu bilan birga o‘quvchilarning mazkur jarayondagi yutug‘ini o‘rnak sifatida ko‘rsatishta’limiy –didaktik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stiradi.
10.Tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlabgina qolmay, balki o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi yoritilgan.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish