Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
nigohi bilan kuzatadi. O‘z asarlari syujetini, obrazlarni, detallar va metaforalarni xotirasida saqlashga 
harakat qiladi. Yozish jarayonida ijodining kulminatsion nuqtasiga chiqsa, qayta o‘qish jarayonida 
munaqqid, adabiy taftishchiga aylanadi. Haqiqiy ijodkor, bizningcha, kamdan-kam holatlardagina 
oddiy odam bo‘lib yashaydi. Muallif ijodni yaratuvchanlik bilan bog‘lar ekan, ijod va ijodkorlik 
haqida ham o‘ziga xos qarashlarni ilgari suradi. Ijodni ilohiy hodisa deb bilgan muallif, uni mavjudlik 
falsafasi bilan bog‘laydi. Ijodni yozuvchi “men”ini, mustaqil “men” mavjudligining tan oldirish 
vositasi deb biladi. N.Eshonqul ta’rificha, chin ijod zo‘ravonlik, johiliyat, zulmatga qarshi isyondir. 
Ko‘rinib turibdiki, N.Eshonqul ijodni inson ruhini tanazzuldan qutqaruvchi vosita deb biladi. 
Masalan, adib sho‘ro davri siyosatining yozuvchi shaxsini mahv etishga qaratilgan mafkurasi haqida 
fikrlar ekan, shaxssizlik oqibatini vayrona qilingan shahar tarzida ramzlashtiradi. Uni ko‘ngil 
xarobalari deb ataydi. “Shaxs yo‘q joyda biz hamisha ma’naviy xarobalikka, turlanib-tuslanishlarga 
duch keldik”
1
.
Ushbu konsepsiya yozuvchining “Xaroba shahar surati” asarida xuddi rassom chizgan 
suratdek hikoyaga ko‘chgan. 
Yozuvchi va munaqqid Xurshid Do‘stmuhammad N.Eshonqul hikoyalarini tahlil qilar ekan, 
ularda shaxs tushunchasi markaziy o‘rinda turishini e’tirof etib, shunday yozadi: “N.Eshonqul o‘z 
qahramonlari dunyoqarashini shaxs va jamiyat, shaxs va o‘tmish, shaxs va muhit munosabatlarini 
ochiq-oshkora tahlil etish yo‘li bilan gavdalantiradi”
2
. Darhaqiqat, N.Eshonqul qahramonlari o‘tmish, 
bugun va kelajakdan iborat zamon-makonlar ichra o‘zligini qidirayotgan, nainki shaxsiy o‘zligi, hatto 
milliy hamda umuminsoniy o‘zlik tomon intilayotgan murakkab obrazlardir. Ularning maishiy 
makonlar ichra xonanishin qahramonlari ham umuminsoniy dard bilan qorishib istiqomat qiladilar. 
Bayna momo kabi qasos va yolg‘izlik iztirobi og‘ushida yonib kul bo‘ladilar. Shu tariqa jahoniy poetik 
obrazlar (G.Markes, Robeka) maqomiga ko‘tariladi.
“Shaxs sifatida o‘zini, davrini, zamonini muttasil mushohada chig‘irig‘idan o‘tkazishga 
moyillik – intellektual qahramonlar obrazini yaratish N.Eshonqul hikoyalarining o‘ziga xosligini 
tashkil etadi”, – deb fikrini davom ettiradi X.Do‘stmuhammad. “Adibning qaysi hikoyasini tahlil 
etmaylik sujet qurilmasi, konflikt, ohang – barchasi o‘ychan va sermushohada nasr namunasi ekanini 
ko‘ramiz. Ularda voqealar, taqdirlar, personajlar ko‘lami emas, qahramon qalbi shuurida 
kechayotgan o‘y-mushohadalarning tahlili birinchi planga chiqadi. Voqealarning, to‘qnashuvlarning 
o‘zi emas, ulardan qolgan kechinmalar tadqiq obyektiga aylanadi”
3
. Tanqidchi bu fikrlarni 
N.Eshonqulning “Tobut”, “Muolaja”, “Ajr”, “Istilo” (Ayni hikoya tahrir etilib, hozir “Evolutsiya” nomi 
bilan chop etilgan – F.B.), “Bevaqt chalingan bong”, “Maymun yetaklagan odam” hikoyalari tahlili 
asosida bayon etadi. 
N.Eshonqul asarlarida yozuvchi shaxsiyati, uning “men”i o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. 
Uning qahramoni tom ma’noda ko‘ngil odami. Odam orqali olamni anglash qahramonning 
murakkab ruhiy kechinmalari, so‘ngsiz o‘y-xayollari, iztirob-u diltangliklari aro kechadi. Qahramon 
“men”i bu olamda yashamaydi. Eng avvalo, o‘z “men”i olamida namoyon bo‘ladi va shu olam orqali 
tashqi olamga nazar soladi.
N.Eshonqul o‘zining adabiy-estetik qarashlarida, adabiy suhbatlarida ham hayotning ulkan 
va so‘ngsiz haqiqatlari to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning asarlarida aks etgan olam oddiy hayotiy voqelik 
asosida emas, balki olam bilan odamni bog‘lab turuvchi asl rishta – olam va odam bir butunligi 
haqidagi oliy haqiqatlarga tayanadi. N.Eshonqul qahramonlari “men”i, yozuvchi shaxsiyati ana shu 
1
Эшонқул Н. Ўша асар. – Б. 8. 
2
Досмуҳамедов Х. Ҳозирги ўзбек ҳикоячилигида бадиий тафаккурнинг янгиланиши. (80-йилларнинг иккинчи ярми ва 80-
йилларнинг аввалидаги ҳикоялар мисолида): Филол. фанлари номзоди... дисс. – Тошкент: - 1995. – Б.32 
3
Досмуҳамедов Х. Шу манба. – Т .: 1995. – Б.31-90. 


199 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish