Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
sohalari xususida kengroq tasavvur hosil qiladi. O‘zining tadqiqotlarida
1
nafaqat Qo‘qon xonligi, balki 
butun yurtimiz tarixiga mustaqillikdan bir muncha vaqt ilgariroq yangicha fikr va eng muhimi 
obyektiv qarashlarini kirita boshlagan H.Bobobekovning o‘rganilayotgan mavzuga doir yana bir 
asari “Qo‘qon tarixi”dir
2
. Ushbu asardagi ma’lumotlar faqatgina Qo‘qon shahri doirasida 
keltirilganligi sababli uni xonlikning iqtisodiy hayoti doirasida batafsil yoritilgan tadqiqot ishi sanab 
bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, Qo‘qon shahri xonlikning poytaxti hamda eng yirik shaharlardan biri 
bo‘lganligi sababli asardagi ma’lumotlar orqali uning iqtisodiy hayoti haqida bir qancha xulosalar 
chiqarish mumkin. Qolaversa, ushbu asarda xonlikning qo‘shni davlatlar bilan amalga oshirgan savdo 
yo‘llari batafsil yoritilgan. Sh.Mahmudov tomonidan amalga oshirilgan dissertatsiyada
3
asosiy 
masala Qo‘qon xonligidagi boshqaruv tizimiga qaratilgan bo‘lsa-da, xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvol ham o‘rganilgan. Xususan, xonlikdagi soliq va uning turlari, turli xildagi yig‘imlar hamda 
to‘lovlarni undirish yoki ushbu jarayonlarda kimlarga imtiyoz berish masalalarini mahalliy boshqaruv 
tizimining faoliyati sifatida ochib berishga harakat qilgan. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, 
xonlikdagi hashar ishlarining davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri yaxshi talqin etilgan. Jumladan, 
sun’iy sug‘orish inshootlarini barpo etish, eskilarini ta’mirlash, saroylar, madrasalar, masjidlar, 
harbiy istehkomlar va himoya vositalarini qurish, sholi ekish, yantoq o‘rish kabi mehnat 
majburiyatlarining aholiga yuklatilishi bir tomondan, xalqqa ortiqcha ish sifatida, ikkinchi tomondan, 
ushbu vazifalar mamlakat obodonchiligi hamda yurt ravnaqi uchun xizmat qilishi kabi ilmiy xulosalar 
keltirilgan
4

T.Xudoyqulovning nomzodlik dissertatsiyasida
5
xonlikning o‘rganilayotgan sohalariga doir 
bir qancha ma’lumotlar keltirilgan.Muallif ushbu tadqiqot ishida xonlikning siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy sohalarini o‘rganishga harakat qilgan. Xonlik iqtisodiy hayotning asosini tashkil etuvchi 
omillar: savdo-sotiq va tashqi savdodagi tovarlar aylanmasi, bozor munosabatlari, soliqlar kabi 
masalalarga to‘xtab o‘tilgan. Barcha davlatlarning iqtisodiy asosini tashkil etuvchi omili bu uning 
savdo munosabatlari hisoblanadi. Qo‘qon xonligining ham iqtisodiy hayotini o‘rganish jarayonida 
uning savdo munosabatlariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Xonlikdagi savdo munosabatlarini aynan 
o‘rganayotgan davrda batafsil ravishda tadqiq etgan dastlabki tarixchi Z.Madrahimov hisoblanadi. 
Z.Madrahimov o‘zining tadqiqotida xonlikdagi savdo munosabatlari, ichki va tashqi savdoning 
xususiyatlari, savdoning mamlakat iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qo‘shni davlatlar bilan savdo 
aloqalari hamda bojxona tizimlari xususida batafsil yoritib bergan
6
. Qo‘qon xonligining iqtisodiy 
hayoti xususida gap ketganda 1868-yilda Qo‘qon xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan 
savdo shartnomasi xususida to‘xtalib o‘tish lozim. Ushbu bitim natijasida Qo‘qon xonligi o‘zining 
amalda tashqi siyosatda ko‘pgina huquqlaridan mahrum bo‘lishini anglatar edi. Mazkur bitim 
xususida bir qancha tadqiqotchilar to‘xtalib o‘tishgan. Xususan, H.Bobobekov bitimni ilmiy tahlil 
etib, “Qo‘qonning Rossiyadan savdo qaramligi, ayniqsa, Turkiston general-gubernatorligi bilan 1868-
yilda imzolangan savdo bitimida yaqqol namoyon bo‘ldi”,- deb to‘gri xulosa chiqaradi.
H.Ziyoyevning “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash” nomli monografiyasida 
ham ushbu bitimning 5ta bandi misol tariqasida keltirib, ushbu bitim iqtisodiy ahamiyatga ega 
bo‘lsa-da, uning imzolanishi Qo‘qon xonligining siyosiy jihatdan ham Rossiya imperiyasiga qaram 
bo‘lib qolganini ta’kidlaydi
7
. Mavzu doirasida tadqiqot olib borgan ko‘plab tarixchilarning ishlarida 
1
Бобобеков Ҳ. Ўтмишда ўзбеклар саводсиз бўлганми? // Фан ва турмуш. 1989. № 5. 12 – 13 – бетлар.; O‘sha muallif . Россия Ўрта Осиёни босиб 
олганми?.// Фан ва турмуш. 1989. № 8. 22 – 24 – бетлар.; O‘sha muallif . Ўрта Осиё Россияга қўшиб олинганми?. //Фан ва турмуш. 1989. № 10. 12-15 
– бетлар.; O‘sha muallif . Ватанпарварлик нимадан бошланади? // Фан ва турмуш. Тошкент, 1990. № 3. 6 – 7 - бетлар. 
2
Бобобеков Ҳ. Қўқон тарихи. Тошкент: Фан, 1996. 240 б. 
3
Маҳмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709–1876 йй.). Тарих фан. номз.... дисс. 
Тошкент: ЎзР ФА Тарих институти, 2007. 160 б. 
4
O‘sha asar. 110 - 125 - бетлар. 
5
Худойқулов Т.Д. XIX асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёти. Тарих фан. номз.... дисс. Тошкент, 2009. 194 б.
6
Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. номз.... дисс. Наманган, 2009. 188 б. 
7
Зиёев Ҳ. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш (XVIII-XX аср бошлари) Тошкент: Шарқ, 1998. 206-б. 


195 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish