Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Darhaqiqat, M.Qo‘shjonov ilmiy tahlillarida asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan 
qahramonlar xarakterining shakllanish jarayoni izchil, sistemali, mantiqan asoslangan kuzatishlar 
yetakchilik qiladi. Munaqqid talqinlariga xos xususiyatlardan yana biri quruq akademizm o‘rniga jonli 
mulohazalar, ilmiy tahlil bilan publitsistik ruh hamda obrazli ifodaning o‘zaro birikib ketishi, ba’zan 
esa badiiy ifoda va hayotiy lavhalardan ham o‘rinli foydalanishida ko‘zga tashlanadi. Bunday talqin 
usuli mutaxassislarni ham, oddiy kitobxonni ham o‘ziga birdek jalb qilib, olim adabiy-tanqidiy 
kuzatishlarini ham xuddi badiiy asar singari qiziqish bilan o‘qishiga olib keladi. Tanqidchining ehtirosi 
o‘quvchiga ham “yuqadi”, uning munaqqiddek xulosalarga kelishiga zamin tayyorlaydi. Tanqidchi 
fikrining asosli ekanligiga kitobxonda chuqur ishonch hosil bo‘lishi bilan birga yozuvchining o‘ziga 
xos ijod psixologiyasini to‘la his qilishga, aniq tushunishga yordam beradi”
1
, deb yozadi H.Umurov 
bu haqda. O‘rol O‘tayevning “Tanqid va uslub” nomli adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamida ham 
M.Qo‘shjonov ilmiy-ijodiy faoliyatini yorituvchi bir necha maqolalar o‘rin olgan. Munaqqid 
M.Qo‘shjonovning adabiy jamoatchilikda “Mahoratshunos olim” deya e’tirof etilganini ta’kidlar 
ekan, A.Qodiriyning qahramon yaratish mahoratini ochuvchi kuzatishlarini umumlashtirib, quyidagi 
fikrlarni bayon etadi: “A.Qodiriy badiiy mahorati qirralarini – sir saqlash, taqqoslash, ichki va tashqi 
qarama-qarshiliklar zanjiri, aks tasvir kabi badiiy tasvir vositalarini tahlil qilish orqali Otabek va 
Kumush obrazlarini to‘laroq ochishga intiladi”
2
. O‘.O‘tayev boshqa bir o‘rinda olimning tahlil usuli va 
uslubiy o‘ziga xosligiga to‘xtalib, tahlil jarayonida “qayta yaratish” mahoratiga ham e’tibor qaratadi. 
“M.Qo‘shjonovning A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor ijodiga oid tadqiqotlarini ko‘zdan kechirarkansiz, 
yana bir o‘ziga xoslikka – obrazlarni adabiyotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratish usuliga duch 
kelasiz. Tanqidchi “O‘tkan kunlar”, “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Sarob” asarlaridagi xarakterlarni xuddi 
shu yo‘sinda tahlil qilib, go‘yo adabiyotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratadi”
3
. Darhaqiqat, olim 
ta’kidlayotgan qayta yaratish usuli, keng ma’noda esa, badiiy matn bilan ishlash, asardagi barcha 
komponentlarni yagona markaz – ijodkorning g‘oyaviy-estetik konsepsiyasi va qahramon yaratish 
muammosi bilan uyg‘un tarzda tahlilga tortish, matndagi butun bilan qism o‘rtasidagi aloqadorlikni 
badiiy mahorat nuqtayi nazaridan tadqiq etish M.Qo‘shjonovning o‘zbek adabiyotshunosligi va 
tanqidchiligida yangi yo‘nalishlar sifatida e’tirof etildi. 
Olimning ilmiy-ijodiy merosini va ilmiy salohiyatini baholash nuqtayi nazaridan 2012-yilda 
chop etilgan “Matyoqub Qo‘shjonov zamondoshlar xotirasida” kitobida jamlangan maqolalar 
xarakterlidir. Atoqli adabiyotshunos olimlar, hamkasblar va shogirdlar bildirgan dil so‘zlarda asosiy 
e’tibor M.Qo‘shjonovning o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga olib kirgan yangicha 
konsepsiyasi, tahlil va talqin usullari, ilmiy jasorati kabi masalalarga qaratiladi. Jumladan, Izzat Sulton 
olimning 80 yilligi munosabati bilan yozilgan “Jasorat” nomli maqolasida uning ilmiy portretini chizar 
ekan, 50-yillardayoq “Zvezda Vostoka” jurnalida chop ettirgan “Xarakterlar shakllanishi” nomli ilk 
maqolasi bilan adabiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgani, o‘ziga ma’qul kelgani bois 
ma’qullovchi munosabatini matbuot orqali bildirganini yozadi. 
M.Qo‘shjonov haqida yozar ekan, olim uning shogirdi N.Xudoyberganov tomonidan aytilgan 
“Qo‘shjonov maktabi” haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. I.Sulton M.Qo‘shjonov yaratgan 
maktabning ilmiy konsepsiyasi yashovchanligini birinchi navbatda iste’dodli yozuvchilar asarlarini 
badiiy mahorat nuqtayi nazaridan tadqiq etishda deb biladi. “Olim talant nima, adabiyotdagi 
badiiylik nimadan iborat ekanini konkret asarlar tahlilida keng ochib beradi. Yozuvchining mahoratini 
tanqidchi o‘ziga xos sinchkovlik va badiiy did bilan ko‘rsatadi. Olimning adabiyotda konflikt, syujet, 
kompozitsiya masalalariga bag‘ishlangan ishlari ayricha puxtalik bilan ajralib turadi”
4
. Kitobda 
1
Умуров Ҳ. Таҳлил санъати. – Т., 1978.
2
Ўтаев Ў. Танқид ва услуб. – Т., 1979. 
3
Ўтаев Ў. Танқид ва услуб. – Т., 1979. 
4
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.


216 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish