Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Key words:  vitagenic technology, case study, student-centered learning, web quest, media



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words: 
vitagenic technology, case study, student-centered learning, web quest, media
 
quest +. 
Global axborot makonida har qanday mediaaxborotga ochiq kira oladigan resurslarga 
to‘lib-toshgan jamiyatda, taʼlim sohasida yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar, tarbiya va o‘rganish 
jarayonini ijodiy tashkil etishga yangicha mediakonvergentlik va madaniyatga zid yondashuvlar 
mavjud bo‘lgan vaziyatda shaxsning mediamadaniyatini tarbiyalash dolzarb va zaruratdir. 
Mediamadaniyatni rivojlantirish bevosita maktab ta’limi jarayonida amalga oshirilishini 
e’tiborga olganda, albatta, ushbu jarayonlarda tanlanadigan metodlarni ajratib olish muhimdir. 
Keys, yozma ish, esse, sinov, test, imtihon mediamadaniyatni rivojlantirishda darsning eng 
ommalashgan shakllari (ayrim hollarda metodlari) hisoblanadi. Keyslarning taʼlim jarayonida 
qo‘llanishi nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog‘lashda, ayniqsa, axborotlarni izlash, tahlil 
qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllanishida qulay bo‘lib, o‘quvchilarda mediasavodxonlik
mediabilimdonlik, mediakompetensiya va mediamadaniyatni samarali rivojlantiradi. 
Taʼlim 
jarayonida 
mediaquest+
1
interfaol 
metodidan 
foydalanish 
o‘quvchi 
mediamadaniyatini rivojlantiruvchi vosita sifatida maqsadga muvofiq. Bu metod o‘zida bir 
nechta usul va vositalarni jamlagan hamda maktab dasturlari va soat hajmiga ko‘ra 
ixchamlashtirilgan. “Mediaquest+” metodining tuzilishi quyidagicha: 
1)
veb-kvest (qisqa va uzoq muddatli veb-kvest)lar; 
2)
vitagen (vitagen tajriba va vitagen axborot) texnologiyalar; 
3)
shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim. 
Veb-kvest – o‘zida xalqaro internet tarmog‘i resurslaridan foydalanilgan holda o‘yin 
elementlari bilan boyitilgan muammoli topshiriq bo‘lib, u o‘quv internet resursi sanaladi. Veb-
kvestlar, odatda, alohida muammoni, oʻquv predmetini, mavzuni qamrab oladi. Shuningdek, ular 
fanlararo aloqadorlikda ham shakllantirilishi mumkin. Mavjud adabiyotlarda veb-kvestlarning 
ikki guruhi ajratiladi. Ular: qisqa muddatda qo‘llaniladigan veb-kvestlar hamda uzoq muddatni 
taqozo etadigan topshiriqlarni bajarishda foydalaniladigan veb-kvestlar. 
Qisqa muddatda qo‘llaniladigan veb-kvestlarning maqsadi bilimlarni mustahkamlash, 
ularni o‘zaro integratsiyalashdan iborat bo‘lib, ikki-uchta mashg‘ulot uchun mo‘ljallanadi. Uzoq 
muddatni taqozo etadigan topshiriqlarni bajarishda foydalaniladigan veb-kvestlar esa bilimlarni 
chuqurlashtirish va boyitish maqsadini ko‘zlab uzoq muddatga, masalan, bir chorak yoki o‘quv 
yiliga mo‘ljallanadi. Veb-kvestlarning o‘ziga xos jihati topshiriqlarning turli veb, yaʼni, nnternet 
saytlari yordamida bajarilishini taqozo etilishidir. O‘quv topshirig‘ining yechimi – loyiha 
1
Rustamova N.R. Development Of Technology Based On Vitagenic Experience Using Media Resources In Higher Educational 
Institutions Students Teaching. International Journal of Scientific & Technology Research, Volume 9, Issue 4. Aviable to: 
http://www.ijstr.org/final-print/apr2020/Development-Of-Technology-Based-On-Vitagenic-Experience-Using-Media-Resources-
In-Higher-Educational-Institutions-Students-Teaching.pdf. 
59


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
mahsuloti – talabalar ishlarining veb-sahifa, tarmoq yoki tizimli veb-saytlarda eʼlon qilinishi 
hisoblanadi. 
Vitagen texnologiyalar. Vitagen texnologiyalar shaxsning shaxsiy tajribalariga asoslangan 
maʼlumotlar va axborotlar negizida taʼlim berishni nazarda tutadi. Vitagen texnologiyalar vitagen 
tajriba va vitagen axborotga bo‘linadi. “Vitagen” va “vitagen tajriba” fenomenologiyasining 
metodologik asosini hayotda mavjud bolgan hodisalarning ta’lim-tarbiya mazmunida aks etishi 
tashkil etadi. 
Vitagen texnologiyalar shaxsning shaxsiy tajribalariga asoslangan maʼlumotlar va 
axborotlar negizida taʼlim berishni nazarda tutadi. Vitagen texnologiyalar vitagen tajriba va 
vitagen axborotga bo‘linadi
1

Vitagen ta’lim odamning hayot tajribasini, ta’limiy maqsadlardagi intellektual va psixologik 
salohiyatga asoslangan holda o‘rganishdir. Vitagen ta’limning asosiy g‘oyasi o‘qituvchi va talaba 
o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini shakllantirishdan iborat. 
Vitagen ta’lim - bu hislar, harakatning hayoti, faoliyat hayoti, bo‘lib bo‘lmaydigan narsaga 
bog‘langan hayotdir. O‘sha o‘qituvchilardan o‘qituvchi olayotgan tajriba, axborot shunchaki 
axborot vositasi emas, balki nafaqat kashfiyotchi, balki muvaffaqiyatga erishish va 
muvaffaqiyatsizlikka duchor etishga qodir. Vitagen ta’limning ma'nosi insonning ijtimoiy imidjini, 
noyob shaxsiyatini, individuallik shakllantirishdir
2
.
Vitagen ta’lim, birinchi navbatda o‘quvchining yashirin bo‘lgan resurslaridan foydalanadi. 
Sog‘lom fikrga bo‘lgan ishonch, birinchi navbatda, talabalarning ijodkorligi va turli ko‘rinishdagi 
fantaziyalar, sezgi, ya'ni dunyoni idrok etish va ongli ravishda, bir vaqtda tushunish darajasida 
"instinkt" asosida qaror qabul qilish qobiliyati – yashirin resurslar hisoblanadi va ular fantaziya 
kabi vitagen tajribani aks ettiradi, ta’lim jarayonini ushbu resurslar negizida tashkil etilishi esa 
ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishning ajoyib vositasidir
3

Vitagen ta’lim metodologiyasining aniq ilmiy pedagogik darajasi N.V.Kuzmina
4

V.S.Bezrukova
5
tomonidan, metodlarni tasniflash esa, A.S.Belkin
6
, L.M.Kustov
7
, E.F.Zeer
8
lar 
tomonidan o‘rganilgan. 
Shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim esa o‘z navbatida o‘quvchining individual holati va 
imkoniyatlaridan kelib chiqib taʼlim berish texnologiyalaridir. Bu uchta texnologiyalarning 
birlashtirilishi va optimallashtirilishi taʼlim uchun zaruriy bo‘lgan nazariya va amaliyotning birligi 
printsipiga erishishni taʼminlaydi. 
Mediaquest turli shakllarda qo‘llaniladigan o‘quv topshiriqlari sanaladi. Ularning shakli 
xilma-xil. O‘quv jarayonida ko‘p hollarda veb-kvestlar ijodiy topshiriq, tahliliy masala, 
rejalashtirish va loyihalash, qayta hikoya qilish, o‘z-o‘zini anglash, kompilyatsiya, konsensus
baholash, kichik tadqiqot shakllarida qo‘llaniladi. Shuningdek, mediaquestni keys-stadi interfaol 
metodi mazmuniga singdirilgan holda qo‘llash samarali natija beradi. 
1
Rustamova 
N.R., 
(2019). Using of vitagenic technology in the education system. Proceeding of The ICECRS,
2
Belkin A.S. Teorija i praktika vitagennogo obuchenija. Golograficheskij podhod // Obrazovanie i nauka. Izv. Ural. Nauch.-obraz. 
centra RAO. 1999. No.2. pp. 34—44.
3
Rustamova Nodira Rustamovna. (2020). Training of Students of Cognitive Processes Based On Vitagen Educational Situations. 
International 
Journal 
of 
Advanced 
Science 
and 
Technology, 
29(8s), 
869 

872. 
Retrieved 
from 
http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/10834.
4
Kuz'mina N.V., Metody issledovanija pedagogicheskoj dejatel'nosti. L.: Izd-voLGU, 1970. – p. 114.
5
Bezrukova V.S., Nastol'naja kniga pedagoga-issledovatelja. Ekaterinburg: Izd-vo Doma uchitelja, 2000. – p. 236.
6
Belkin A. S. Teorija i praktika vitagennogo obuchenija. Golograficheskij podhod // Obrazovanie i nauka. Izv. Ural. Nauch.-
obraz. centra RAO. 1999. No.2. pp. 34—44.
7
Kustov L.M., Professional'no-pedagogicheskaja diagnostika: Vvedenie. Osnovnye podhody. Cheljabinsk: ChF IPO, 1994. – p. 
100.
8
Zeer Je.F., Lichnostno orientirovannoe professional'noe obrazovanie. Ekaterinburg, 1997. – p.116.
60


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Quyida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan darslarda berilishi mumkin bo‘lgan 
mediaquest+ materiallaridan misollar keltirib o‘tamiz. 
“Milliy istiqlol g‘oyasi va maʼnaviyat asoslari” fanining “Mafkuraviy immunitet” (2-chorak 
11-12-dars) mavzusidagi dars mashg‘uloti uchun quyidagi keyslar havola etish mumkin: 
1-keys bayoni 
Bugungi kunda axborot muhitida “axborot-psixologik urush” tushunchasi ham keng 
qo‘llanilmoqda. Аxborot-psixologik urush axborot yordamida yoki axborotlarga tayangan holda 
o‘zga davlatlarning tinch aholisi yoki harbiy xizmatchilariga siyosiy, harbiy maqsadlarga erishish 
uchun psixologik taʼsir ko‘rsatish sanaladi. Аxborot-psixologik urushning ilk ko‘rinishi qadimgi 
Misrda ko‘zga tashlangan. Tarixdan maʼlumki, qadimgi Misr uzoq va yaqin qo‘shni 
mamlakatlarga ko‘plab urushlar uyushtirgan va ularning ko‘pida mag‘lubiyatga uchragan. 
Ko‘plab urushlarda Misr mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, biroq davlat sifatida mavjud bo‘lib 
qolavergan. 
Veb-quest uchun manba: http://mediateka.zn.uz/2018/06/22/tarix-1-m-av-iv-milodning-
iv-asrlari/. 
Keys savoli: 
Nima uchun Misr ko‘plab urushlarda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, biroq davlat 
sifatida majud bo‘lib qolavergan? 
Yechimlar: 
Buning asosiy sababi qadimgi Misr jangchilari ongiga “madaniy hamkorlik tamoyili” 
singdirilgan. Unga ko‘ra duoxonlar yordamida qo‘shinning harbiy-jangovarlik ruhi ko‘tarilgan. 
Natijada jangchilar mag‘lubiyatni u qadar og‘ir qabul qilishmagan. Bu esa qo‘shinning harbiy,
jangovarlik ruhi cho‘kmaganligini taʼminlagan. Shu sababli urushga tortilgan, g‘olib mamlakatlar 
Misrni davlat sifatida tan olishda davom etgan.
2-keys bayoni: 
O‘z mohiyati bilan “xuruj” (tahdid) atamasi Sohibqiron Аmir Temurning “Temur tuzuklari” 
kitobida ham uchraydi. Yaʼni “Xuruj kunlari qilgan beshinchi kengashim” sarlavhali bitiklarda 
g‘animlarning qay tariqa xuruj qilishgani va unga qarshi ko‘rilgan tadbirlar bayon etiladi. 
Hamisha jaholatga qarshi maʼrifat yo‘lini tanlagan Sohibqiron bir o‘rinda shunday yozadi: 
“G‘animlarni chuchuk so‘z, shirin hikoyatim bilan o‘z tomonimga egmoqchi va ular vujudidagi 
yondiruvchi (g‘azab) o‘tini to‘g‘ri tadbir suvi bilan o‘chirmoqni maslahat ko‘rdim. Shu tarzda 
ularni rom qilmoqchi bo‘ldim”. 
Veb-kvest uchun manba: http://mediateka.zn.uz/2018/06/22/temur-tuzuklari/. Keys 
topshirig‘i: 
Sohibqiron Аmir Temurning hayoti va faoliyatiga doir asarlar, maqolalar bilan tanishish 
asosida qanday asarda jahongir shaxsiga nisbatan bo‘htondan iborat tahdidlar bo‘lganligini 
aniqlang. 
Yechimlar: 
Tarixchi Ibn Аrabshohning “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”, M.Bryunning “Men jahonni 
ochgan Temurman”, 1992-yilda Moskvada bosilib chiqqan “Tamerlan”, ingliz adibasi Xilde 
Xukkemning “Yetti iqlim sultoni”, А.Y.Yakubovskiyning “Temur” deb nomlangan asarlarida 
sohibqiron shaxsiga oid bo‘hton fikrlar ham ilgari surilgan. Hatto tarixchi, akademik V.V.Bartold 
ham jahongir Аmir Temur haqida so‘z yuritib, “savodsiz bo‘lgan” degan fikrni bildirgan. 
“O‘zbekiston tarixi” fanining “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk davlat arbobi va 
mohir sarkarda” mavzusi (1-chorak, 4-dars; 9-ilovaga qarang)da quyidagi mediaquest+ 
topshiriqlarni berish mumkin: 
61


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
1.
Internet saytlari, (jumladan: http://mediateka.zn.uz/2017/04/17/z-m-bobur-gazallar-
ruboiylar/) dan foydalangan holda Z.M.Boburning shoh va shoir ekanligiga oid 
maʼlumot tayyorlash. 
2.
http://mediateka.zn.uz/2018/06/22/mughal-indiami-boburiylar-hindistoni/ 
sahifasidan foydalangan holda Bobur hukmronligi va uning Hindistonga yurishlari 
sabablari bo‘yicha bildirilgan fikrlar yuzasidan individual tartibda “Nima uchun?” 
grafik organayzerini to‘ldirish. 
3.
http://mediateka.zn.uz/2018/06/22/zahiriddin-muxammad-bobur/ 
sahifasidagi 
maʼlumotlardan foydalanib quyidagi keyslarni yechish: 
Keys№1 
Zahiriddin Muhammad Bobur 19 yoshida Samarqandni egallaydi. Uning qo‘l ostida 240 
nafar askari bo‘lgan. 
Savol: U qanday qilib 240 nafar askar bilan poytaxtni egallaydi? 
Keys№2 
“Boburnoma”da Boburning yozishicha, Hindistonni egallaganda “Sati” degan odatga duch 
keladi... 
Savol: Hindlarning bu odati nimani anglatadi va Bobur bu odatni qanday qilib o‘zgartirgan?
Keys№3 
Bobur Аgrada yashayotgan payti Humoyun Mirzo og‘ir kasallikka uchraydi. Shunda din 
ulamolari Humoyun Mirzoning sog‘ayishi uchun xudo yo‘liga “Ko‘hinur” olmosini sadaqa qilish 
kerakligini aytishadi... 
Savol: Bobur “Ko‘hinur” olmosini xayriya qilish o‘rniga nima qiladi? 
4.
http://ziyouz.uz/old/adabiyot/ozbek-nasri/pirimqul-qodirov/2014-01-05-18-18-24 
sahifasidagi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani bilan tanishib chiqib, Bobur 
va Shayboniyxonning o‘xshash va farqli jihatlari bo‘yicha “Venn diagrammasi”ni 
to‘ldirish (Barcha berilgan materiallar kalendar-tematik rejada berilgan soatlar hamda 
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hisobidan tashkil etildi va o‘tkazildi). 
Shunday qilib, axborotlashgan jamiyatda barkamol shaxs mediamadaniyatini 
shakllantirishni ana shu maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat uchun samarali bo‘lgan samarali 
metodlar yordamida tashkil etish ko‘zlangan maqsadga to‘laqonli erishishni kafolatlaydi. 
Darslarda veb-kvest (qisqa va uzoq muddatli veb-kvest)lar va vitagen (vitagen tajriba va vitagen 
axborot) texnologiyalarni shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim bilan optimallashtirish asosida 
“mediaquest+” (media+veb-kvest+vitagen axborot) interfaol metodi samarali ekanini eʼtirof 
etish lozim. Bu metod nazariy bilimlarni amaliyot hamda shaxsiy tajribadan kelib chiqqan 
axborot yordamida mustahkamlashni nazarda tutadi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish