Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words
: professional formation, spiritual growth, copping strategy, psychocorrection 
program. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” 
asosida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirish bo‘yicha taʼlim-tarbiya jarayonlariga yangicha yondashuvlar amalga oshirilmoqda. 
Bu fikrimizning isboti sifatida Prezidentimizning “Bugungi kunda mamlakatimizda olib 
borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, 
Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini 
kengaytirishga bog‘liq”, - deb aytgan so‘zlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh Аssambleyasining (Nyu-York shahri, 2017-yil 19-sentabr) 72-sessiyasidagi 
nutqida yoshlarning maʼnaviy-psixologik shakllanishi masalasiga katta eʼtibor qaratib: 
“Odamlarning, birinchi navbatda, yoshlarning ong-u tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va 
tarbiyalash eng muhim vazifadir”, - deb taʼkidladilar. Prezidentimizning Oliy minbardan turib 
so‘zlagan mazkur nutqlari taʼlim-tarbiya sohasi xodimlariga katta masʼuliyat yuklaydi. 
Demak, respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida 
tarbiyalash – hozirgi kunning dolzarb va ustuvor vazifasi deb qarab, asosiy eʼtiborni yoshlarning 
kasbiy shakllanishiga, shaxsiy barkamolligiga qaratish lozim. Bu vazifalarni amalga oshirish 
insoniy o‘zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to‘la singdirishni taqozo etadi.
Kopping strategiya (angl. coping, copingstrategy) — bu, inson xilma-xil stresslarni yengish, 
qiyin hayotiy vaziyatlardan chiqish uchun qiladigan harakatlaridir. Kopping strategiya 
tushunchasi psixologiyada keng qo‘llanilayotgan tushunchalardan bo‘lib, kognitiv, emotsional va 
xulq-atvor strategiyalarini birlashtiradi.
Psixologlar kopping strategiyani tadqiq etishda resurs yondashuvni qo‘llay boshladilar. U – 
tashqi (masalan, atrofdagilarning emotsional va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashi) hamda ichki 
(individning shaxsiy qobilyatlari, ko‘nikmalari) harakterga ega bo‘lgan qiyin hayotiy muammoni 
hal etishda kishi maʼlum resursga egadir, degan tamoyilga asoslanadi. Mavjud resurslardan 
80


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ayrimlari asosiy bo‘lib, qolganlari uning atrofida shakllanishi mumkin. Bir resursdagi kamchilikni 
boshqalaridagi ustunlik to‘ldirishi mumkin. Biz tadqiqotlarimiz davomida talabalar kasbiy 
shakllanishida zarur sifatlarni kopping strategiyani rivojlantirish orqali yuksaltirishga 
mo‘ljallangan psixokorreksiya dasturini yaratishga eʼtibor qaratdik. 
Hozirgi davr talabi maʼnaviy jihatdan yetuk har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlovchi, 
yuqori kasbiy salohiyatga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni shakllantirish bo‘lib, bu 
muammo shaxsga beriladigan taʼlim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Talaba shaxsining 
maʼnaviy yetukligi, bilimi, zehnliligi, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi kabilar ham 
aynan shu taʼlim-tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, taʼlim-tarbiya jarayonida 
talabalarda odoblilik, muomala madaniyati, teran fikrlilik, hozirjavoblik, taʼsirchanlik sezgirlikni 
shakllantirish va rivojlantirish orqali xulq-atvoriga taʼsir ko‘rsatish, psixokorreksion vositalar 
yordamida tuzatish ishlarini olib borish muhim.
Tadqiqotimizning asosiy vazifasi taʼlim jarayonida talabalarning kasbiy, ijtimoiy-maʼnaviy 
shakllanganlik darajasini oshirish va tafakkurni rivojlantirishda korreksion dasturini ishlab chiqish 
hamda xulq-atvorida salbiy fazilatlari bo‘lgan, psixokorreksion yordamga muhtoj talabalar bilan 
ishlashdan iborat edi.
Taʼlim-tarbiya jarayonida talabalar kasbiy shakllanishini nazorat qilish, maʼnaviyati hamda 
tafakkurini ro‘yobga chiqarish maqsadida olib borilgan dastlabki psixodiagnostik tadqiqotlar 
talabalar kasbiy shakllanishi va tafakkurida o‘ziga xos tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi. 
Talabalarning kasbiy shakllanishi va tafakkur xususiyatlari hamda maʼnaviy shakllanishida 
bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligi haqidagi ilmiy faraz asosida ish olib borib, talabalarning ijobiy 
fazilatlarini shakllantirish hamda maʼnaviy-psixologik jihatdan yetuk kadr bo‘lib voyaga yetishiga 
xizmat qiluvchi psixokorreksion dasturlar yaratib, psixologik treninglarga jalb etish lozimligini 
hisobga olib psixokorreksion dastur ishlab chiqdik.
Maʼlumki, psixokorreksiya atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, ruhiy tuzatish, o‘zgartirish 
yoki qisman tuzatish degan maʼnoni anglatadi. Psixologik korreksiya esa psixolog-pedagogning 
turli salbiy psixologik taʼsirlarning oldini olish va tuzatish ishlarini amalga oshiradigan faoliyatdir.
Bizning psixokorreksion ishlarimizning bosh maqsadi talabalarning kasbiy shakllanishi va 
shaxsiy jihatdan mukammal rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatishdan iborat.

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish