Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Ключевые слова:
правовая культура, образование, воспитание, правовая 
грамотность, несовершеннолетние, этика. 
THE IMPORTANCE OF LEGAL SCIENCES
IN THE FORMATION OF THE LEGAL CULTURE OF 
PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. 
 
Abdurasulov A.A. 

 Lecturer of the Kokand State Pedagogical Institute 
 
Annotation.
The role of legal education in shaping the legal culture of school-age children 
is highlighted in the. The need for a systematic legal education is also highlighted in the 
normative documents. The article analyzes juvenile delinquency and emphasizes that its 
prevention is achieved through the formation of legal knowledge of students, obedience to the 
law, respect for the rights of others, understanding the inevitability of punishment for crime. 
Key words:
legal culture, education, upbringing, legal literacy, teenagers, ethics. 
 
“Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz 
davom ettirishimiz zarur. Huquqiy tarbiyani maktabgacha taʼlim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi 
ilk ko‘nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor”
1

1
Sh.Mirziyoyev. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim 
76


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
 
Mamlakatda qonunlarning kuchliligi ularning qanchalik ko‘p yoki mukammal darajada 
qabul qilinganligi bilan emas, balki shu mamlakat fuqarolari qonunlarga qanchalik amal 
qilayotganligi bilan belgilanadi. Qonunlar qanchalik insonparvar va hayotiy bo‘lsa, fuqarolarning 
amal qilishlari ham oson kechadi. 
Har qanday mamlakat mustaqil bo‘lib, o‘z taqdirini, o‘z kelajak yo‘lini belgilab olar ekan, 
ertangi kun tayanchi bo‘lgan yoshlarning taʼlim tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratadi. 
Demokratik huquqiy davlat qurishni o‘zining maqsadi qilib olagan respublikamizda 
yoshlarning huquqiy madaniyati va ongini oshirib borish, ularga huquqiy tarbiya berishni 
mukammallashtirishga mustaqillikning ilk kunlaridanoq katta eʼtibor qaratildi. 
Har qanday faoliyat kabi taʼlim, xususan, huquqiy taʼlim ham faoliyat olib borilishi uchun 
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilishi talab etiladi. Zero, taʼlim davlat tomonidan o‘rnatilgan 
aniq standartlar va talablar doirasida olib borilishi lozim. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini 
oshirish mavzusiga to‘xtalar ekan: “Har bir soha va yo‘nalish, taʼlimning barcha bosqichlari 
uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, 
avvalambor, Konstitutsiyani o‘rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumtaʼlim maktablari uchun 
“Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni 
yaratish zarur, deb hisoblayman.”
1
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy maktab 
shakllantirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi samarasi o‘laroq bugungi kunda taʼlim 
muassasalaridan yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, 
istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir yoshlar yetishib chiqmoqda.
Shu bilan bir qatorda yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga 
to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. “Xususan, huquqiy 
madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va 
uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va 
ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati 
boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan. 
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy 
immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy 
qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga 
kompleks tarzda yondashilmadi”
2
.
Shunga ko‘ra, bugungi taʼlim tizimimizda yoshlarning huquqiy bilimlarini tizimli oshirib 
borishga alohida ahamiyat berish zarurati paydo bo‘lmoqda. 
Huquqiy taʼlim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha 
tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, maʼnaviy va baʼzi huquqiy 
normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘quv davomida bu bilimlar 
kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur
3

Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda respublikamiz umumtaʼlim maktablari, 
akademik litseylari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan 
huquqshunoslikka oid fanlarning o‘rni va ahamiyati cheksizdir. 
mezonidir. Prezident Shavkat Mirziyoevning Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga 
bagʼishlangan 
tantanali 
marosimdagi 
maʼruzasidan. 
https://uza.uz/oz/politics/konstitutsiya-va-onun-ustuvorligi-u-u-iy-
demokratik-davlat-v-07-12-2019 
1
O‘sha manba 
2
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish 
tizimini tubdan takomillashtirish to‘g'risida”gi PF-5618-son Farmoni. https://www.lex.uz/docs/4149765 
3
O.Karimova. “Huquq ta'limini o'qitish metodikasi” O'quv qo'llanma. T.:”O'zbekiston”, 2011 yil, 45-bet. 
77


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Аholining huquqiy tarbiyasi va taʼlimini takomillashtirishga o‘qitishning hali 
foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va taʼlimning 
yangi shakllari, vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi. 
Umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini oshirib borish o‘quvchi 
ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur 
singdirib borish bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida jamiyatda huquqiy ong va 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish