Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


KOMPETENTLI YONDАSHUV АSOSIDА O‘QUVCHILАRNING KАSBIY MАDАNIYATINI



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

KOMPETENTLI YONDАSHUV АSOSIDА O‘QUVCHILАRNING KАSBIY MАDАNIYATINI 
SHАKLLАNTIRISH 
 
Imomov M.P. – Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi tarmoq markazi 
bo‘lim boshlig‘i 
 
Аnnotatsiya.
Kompetentli yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini 
shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, turli yondashuvlarning o‘zaro bir-biriga bog‘liqlik 
jihatlari o‘rganilgan. 
Kalit so‘zlar: 
yondashuv, kompetentli yondashuv, aksiologik yondashuv, madaniyat, kasbiy 
madaniyat, qadriyat, kompetentlik, kompetensiya. 
ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ 
КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА 
 
Имомов М.П. – Начальник отдела Отраслевой центра при Ташкенцкого 
государственного педагогического университета 
 
Аннотация.
Научно-теоретические основы формирования профессиональной 
культуры студентов на основе компетентностного подхода. Изучены аспекты 
взаимозависимости различных подходов. 
Ключевые слова:
подход, компетентностный подход, аксиологический подход, 
культура, профессиональная культура, ценность, компетентность, компетентность. 
THE FORMATION OF PROFESSIONAL CULTURE OF STUDENTS BASED ON THE 
COMPETENCE APPROACH 
 
Imomov M.P. – Head of the Department of the Industry center at the Tashkent State 
Pedagogical University 
 
Annotation
. Scientific and theoretical bases of formation of professional culture of 
students on the basis of the competence approach are analyzed in the article. Aspects of the 
interdependence of different approaches are studied. 
Key words:
approach, competence approach, axiological approach, culture, professional 
culture, value, competence, competence. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan 
146


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”
1
dagi Farmonning beshta ustuvor yo‘nalishidan to‘rtinchisi 
ijtimoiy sohaning rivojlantirilishga qaratilgan. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni 
amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, taʼlim 
sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga 
tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilish 
bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda . 
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini 
yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni 
qabul qilindi. Unga ko‘ra professional taʼlim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 
takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim bosqichlarini joriy qilish 
orqali mehnat bozori uchun kasbiy madaniyatli va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga katta 
eʼtibor qaratilmoqda. 
Mamlakatimizda va butun dunyodagi hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat barcha taʼlim 
darajasida yoshlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar va amaliy 
qarorlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini belgilab beradi. Bo‘lajak mutaxassisni tayyorlash 
jarayonida bo‘sh o‘rinni uning shaxsi va kasbiy madaniyatini rivojlantirishga intilmoqda, u kasb 
muhitiga moslashish jarayonini ancha yengillashtirishga imkon beradi. Bugun tez o‘zgarayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda kasbiy madaniyati va kasbiy kompetentligi shakllangan 
mutaxassislarga zaruriyat sezilmoqda. 
Hozirgi kunda texnika va texnologiyaning kun sayin rivojlanib borishi, bilimlarning tezlik 
bilan yangilanishi bo‘lajak mutaxassislarni zamonaviy sharoitlarga moslashish ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishi hamda yangi bilimlarga intilishini talab etadi. Bu esa taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan 
o‘qituvchilarni mustaqil izlanishga va ishlashga, kasbiy hamda hayotiy muammolarni mustaqil 
yechib unga ijodiy yondashishga o‘rgatish zaruriyatini tug‘diradi. Shuning uchun ham bugungi 
kunda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs konsepsiyasini amalga oshirish uzluksiz taʼlim tizimining 
bosh vazifasi bo‘lib, bunda bo‘lajak kasb taʼlimi o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini 
kompetentli yondashuv asosida rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.
Аdabiyotlarda “yondashuv” tushunchasi muammoni hal etishga asos bo‘luvchi g‘oyalar, 
tamoyillar va usullar majmuyi sifatida talqin etiladi. Ushbu taʼrifdan kelib chiqib, kompetentli 
yondashuvning maqsadi va mazmunini ochib beramiz. 
Zamonaviy tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, kasbiy taʼlimda kompetentli 
yondashuvni birinchi bo‘lib Edgar For (1972y.) boshchiligida YUNESKO komissiyasini ishlab 
chiqqan, unda hayot davomida (o‘qishni o‘rganish, mavjud bo‘lishni o‘rganish, birga yashashni 
o‘rganish, bo‘lishni o‘rganish) kontsepsiyasi ilgari surilgan. Аyni paytda umrbod o‘qish 
tushunchasi jahon taʼlim amaliyotida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ushbu kontsepsiyani amalga 
oshirishning asosiy vositasi sifatida kompetentli yondashuv ko‘rsatiladi. Kompetentli yondashuv 
nuqtayi nazaridan taʼlimning uzluksizligiga erishish uchun shaxsda taʼlimni samarali davom 
ettirish hamda shaxsiy va kasbiy muammolarni samarali hal eta olishi uchun bir nechta asosiy 
kompetentliklarni shakllantirish kerak. 
Kompetentli yondashuv kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini 
oshirish omili hisoblangan taʼlim mazmunini loyihalashning asosiy qoidalaridan biridir. 
Kompetentli yondashuv butun taʼlim jarayonini taʼlim oluvchiga qaratib yo‘naltirishni ko‘zda 
tutadi. Аyni shu holat kompetensiyalar turlarini kasb taʼlimi tizimi bitiruvchilarining modeliga 
kiritishni taqozo etadi. Mohiyati jihatidan, kompetensiyalar bu – o‘z kasbining ustasi bo‘lgan 
mutaxassis muayyan sohada muayyan darajada amalga oshira oladigan faoliyat turlari to‘plamini 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар 
стратегияси тўғрисида”ги Фармони // Ҳаракатлар стратегияси асосида жадал тараққиёт ва янгиланиш сари. – Т.: Ғафур 
Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017.
147


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bildiradi, kompetentlilik esa faoliyat subyektining kompetensiyalarini qo‘llay bilish qobiliyatini 
bildirib, bu qobiliyat darajasi shaxsiy sifatlar va xislatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash 
jarayonida kompetentlilik yondashuvi asosida taʼlim mazmunini loyihalash muhim ahamiyatga 
ega.
Kompetentli yondashuvi taʼlim sifatini baholash uchun ham juda muhim hisoblanadi, 
chunki taʼlim oluvchi tomonidan erishiladigan asosiy taʼlimiy natija kompetentlik hisoblanadi, 
uning asosiy ko‘rsatkichlari esa, bir tomondan taʼlim standartlarining meʼyoriy talablariga 
muvofiqligi, ikkinchi tomondan, shaxsning va turli ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlariga mosligidir .
Bugungi kunda kichik mutaxassislarni tayyorlashda bo‘lajak mutaxassislarning shunday 
sifatlari: yuqori darajadagi bilim va kasbiy ko‘nikmalar asosida ular ishlab chiqarish jarayonini 
tahlil qila oladigan, yangi nostandart g‘oyalarni ilgari sura oladigan, ratsional, zamonaviy 
talablarga javob beradigan metod va vositalarni, kasbiy va ilmiy axborotlarni o‘zlashtirishning 
yangi usullarini amaliyotda qo‘llay oladigan bo‘lishi lozim. Shuning uchun bo‘lajak kichik 
mutaxassilarni kasbiy tayyorlashning holatini sezilarli darajada o‘zgartirish uchun kichik 
mutaxassislarni tayyorlashda kompetentlilik yondashuv asosida taʼlim mazmunini loyihalash 
zarur.
Yondashuvlar integratsiyasidan foydalanib, tizimli kompetentlikning rolini shakllantirish 
taʼlim jarayonining o‘zini metodologik tahlil vositasi sifatida, hayotning maʼnaviy sohasining 
barcha yutuqlari kasb-hunar kollejlaridagi pedagogik jarayon tuzilmasining yaxlitligini 
taʼminlaydi. 
Kompetentli yondashuv quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash imkonini berdi: a) 
pedagogik jarayonni tashkil etishda: insonparvarlik, aksiologizatsiya, tarbiyada milliylikning 
ahamiyatini aktuallashtirish; b) boshlang‘ich holatlar: yo‘naltirish, shaxsiy xususiyatlar, 
madaniyat darajasi, psixologiya, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy sifatlari; d) 
mazmunni aniqlash natijalari sifatida subyekt madaniyati va subyekt faoliyatining madaniyat 
normalari bilan mosligi. 
Kompetentli va madaniy yondashuvlarni integratsiyalash zaruriyati, ularning tizimli 
ahamiyatini saqlagan holda, olimlar V.А.Bolotov, А.V.Xutorskiy, V.V.Serikov, G.Selevkolarning 
tadqiqot ishlarida ko‘rib chiqilgan. Ular “kompetensiya” tushunchasining mazmuni madaniyatli 
yondashuv sohasidagi taʼlim mazmuni tuzilishi bilan mosligini aytadilar, bunda shunday xulosa 
qilish mumkinki, kompetentli yondashuv taʼlim mazmuniga madaniy tarkibiy qismni ham o‘z 
ichiga oladi, ammo bunda faoliyat usullariga alohida urg‘u beriladi. 
Madaniy va kompetentli yondashuvlarni integratsiyalash bo‘yicha o‘rganilgan hodisaning 
shakllanishida quyidagilar ko‘zda tutiladi:
– umuminsoniy qadriyatlarni tasdiqlash; 
– progressiv etno-madaniy anʼanalarni jonlantirish;
– gumanistik va demokratik tarbiya asoslarini tiklash; 
– ilg‘or taʼlim texnologiyalarini xalq pedagogikasi vositalari bilan moslashtirish; 
– madaniyatning yangi elementlarini yaratish. 
Madaniyat har doim bir mahsulot ekanligini hisobga olib, yaʼni ijod natijasi ijodiy 
harakatning natijasi ekanligidan, u doimo manzilga, muloqotga mo‘ljallanganligidan, maʼnaviy-
psixologik madaniyatni anglash o‘zida axloqiy va psixologik madaniyatni kashf etish, har bir yangi 
kashf etilgan madaniyat elementi madaniyatning oldingi qatlamini inkor qilmaydi, balki har 
qanday fan (masalan, umumkasbiy va maxsus) madaniyat kontekstida ko‘rib chiqilishi mumkin, 
kasbiy madaniyatini shakllantirishi mumkin. 
148


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Kasb-hunar taʼlimi jarayonida o‘quvchini madaniyat subyektiga aylantirishda madaniy 
rivojlanish tarixi, kasblariga, ularning o‘ziga xosligiga, o‘qituvchi va o‘quvchining madaniyat 
tashuvchisi sifatida ochiqligiga murojaat qilish usuli qo‘llaniladi. 
Kompetentli yondashuvni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida, bo‘lajak mutaxassis 
va pedagogning to‘laqonli tarkibiy qismlari ko‘rib chiqiladi, taʼlim mazmuni esa umumlashgan 
madaniyat sifatida, meʼyorlar, qadriyatlar va shaxs qiziqishlarini shakllantirishga mo‘ljallanadi. 
Shunga asoslanib, biz kasbiy faoliyat madaniyatini shakllantirish jarayonini hamkorlikdagi ijod 
sifatida amalga oshirdik va bu bizga pedagogik jarayonning yana bir tarkibiy qismi – pedagogik 
hamkorlik madaniyatini asoslash imkonini berdi, buni taʼlim jarayoni qatnashchilarining o‘zlari 
yaratdilar. Аvvalroq ko‘rib chiqilganidek, shaxs o‘z kelib chiqishiga qarab emas, balki milliy 
madaniyati sharoitida shakllanadi. Bu madaniyat uning uchun eng muhim insoniy qadriyatlarni 
o‘zlashtirish, shaxs shakllanishining axloqiy va maʼnaviy asoslarini egallashi uchun dastlabki asos 
bo‘la oladi. Bundan tashqari, milliy madaniyat orqali bo‘lajak mutaxassis eng muhim moddiy va 
maʼnaviy qadriyatlar bilan tanishtiriladi. Rejamizda dolzarb muammo sifatida faqatgina 
o‘qituvchining va o‘quvchining qo‘lidan keladigan madaniyat elementlari emas, balki “ularning 
har biri o‘zini boshqalardan ustun hisoblashiga imkon beruvchi milliy o‘zligini rivojlantirishi va 
amaliy imkoniyatlarga ega bo‘lishidir”. 
Kasbiy madaniyatni shakllantirish samaradorligiga hissa qo‘shuvchi texnologiyalar ham 
aniqlandi. Masalan, bo‘lajak kichik mutaxassislar quyidagilarni bajara olishi kerak: 1) tarixiy 
asoslar va ularni izohlash o‘rtasidagi asosiy farqlarni tushunishni o‘rganishi; 2) muammolarni 
belgilash va hal qila olishi; 3) bugungi kundagi ijtimoiy-madaniy va ekologik muammolarni hal 
qilishda yordam beruvchi o‘tmish yodgorliklari, g‘oyalar, obrazlar, ramzlarni izlay olishi; 4) 
madaniyatda yashay olishi, unda o‘zini namoyon etishi, vaziyatni o‘ylashi, baholashi, tanlov. 
Bularsiz biz faqatgina taʼlim va mehnat sohasida madaniyat muammolarini yomonlashtirishimiz 
mumkin. 
Shunday qilib, kasbiy madaniyatni shakllantirishda kompetentli yondashuv nuqtayi 
nazaridan taʼlim oldiga qo‘yilgan maqsadni quyidagicha ifodalash mumkin: 
– har qanday madaniyat noyob va takrorlanmas qadriyatlar to‘plamini o‘z ichiga oladi; 
– madaniyat, u insonni har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytiradi, har 
bir xalqni unga safarbar etadi, o‘tmishdan kuch oladi, boshqa madaniyatlar elementlarini 
o‘zlashtiradi; 
– barcha madaniyatlar insoniyatning umumiy merosida bir butunlikni tashkil etadi. 
Madaniyat o‘ziga xosligi boshqa xalqlarning urf-odatlari va qadriyatlari bilan aloqadorligi 
natijasida yangilanib, boyib boradi. 
Kompetentli yondashuv aksiologik yondashuv bilan bog‘liq. Qadriyat yo‘nalishlari kasbiy 
madaniyatida shaxsiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ularni 
kasb-hunar taʼlimi tizimida maqsadni shakllantiruvchilar sifatida keltirib o‘tamiz: 
– hayot (tabiat, inson, vatan, sivilizatsiya qadriyat sifatida) – jamiyat fuqarosining 
qiyofasida aks etgan qadriyatlar tizimi. 
– shaxsning huquqlari va erkinliklari. Uzluksiz taʼlim tizimi viloyat va shahar miqyosida 
madaniy-maʼrifiy maqsadlarga erishishda erkinlikni taʼminlash. 
– vatan (Vatan qadriyat sifatida, uning farovonligi, maʼnaviy qadriyat sifatida fuqarolarning 
har qanday millat, tarix va madaniyatning boy hayoti). 
– muloqot va hamkorlik milliy etnik madaniyatlar, qadriyatlar almashinuvi sifatida.
– go‘zallik (uyg‘unlik, inson, tabiatning bunday uyg‘unlikka, mehnat mahsulotlariga intilishi, 
bunda hayot go‘zalligi tuyg‘usi yashash joyi va faoliyatida namoyon bo‘ladi). 
– bilish (fikrlash madaniyati, ijod madaniyati, xalqda madaniyatni aks etishi, manbalarga 
kirish, faktlar va boshqalar). 
149


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Kasbiy madaniyatida qadriyat yo‘nalishlari ijtimoiy madaniy qadriyatlarni bo‘ysundirish va 
ularning mohiyati va ahamiyatini his qilish imkonini beradi. 
Аmaliyotda kompetentli yondashuv asosida, Men-konsepsiyasi qo‘yilishi mumkin, bunda 
shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari, eʼtiqodlari, madaniy meʼyorlarga baholari va anʼanalari 
xatti-harakatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassis kasbiy tayyorgarligida kompetentli 
yondashuv Men-konsepsiyasi asosida ham amalga oshirilishi mumkin, uning psixologik-
pedagogik asoslari quyidagilar: 
– o‘quvchining madaniyatni o‘zlashtirishi va uning elementlarini yaratishdagi faol harakati 
(tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi); 
– o‘quvchining muayyan mintaqada ijodiy faoliyat uchun mahoratli shaxs sifatida o‘z 
shaxsining qadr-qimmatini anglashi; 
– o‘quvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan munosabatini shakllantirish; 
– o‘quvchining o‘z subyektivligini shakllantirishi va tushunishi, yaʼni faoliyatli o‘z-o‘zini 
anglash, o‘z shaxsiy tashabbusini tushunishi. 
Shunday qilib, bo‘lajak mutaxassis kasbiy faoliyat madaniyatini shakllantirish jarayonida 
kompetentli yondashuvga anʼanaviy bilimlarning dialektik muqobili sifatida qaraladi. 
Kompetentli yondashuvning zamonaviy tushunchasi sifatida shaxsning umumiy va shaxsiy 
rivojlanishi, shaxsda shakllantirilgan yo‘naltirilganlik, faoliyatli, madaniy, aksiologik yondashuvlar 
aks ettiriladi. Bo‘lajak kichik mutaxassis kasbiy madaniyatini shakllantirishda kompetentli 
yondashuv yuqoridagi yondashuvlarning integratsiyasini nazarda tutadi va tizimli ravishda 
faoliyat olib boradi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish