Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Кey words: law, education, the right to education, The Bologna Process, higher education. 
Ta’lim olish huquqi – har bir fuqaroning konstitutsion huquqi bo’lib, bu shaxs va jamiyat ma’naviy 
rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omildir. Ta’lim olishni huquqiy jihatdan ta’minlash – jamiyatning 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqityotini belgilovchi muhim jihat. Har qanday davlatning asosiy 
vazifalaridan biri o’z fuqarolari uchun ta’lim olish, jumladan oliy malakali mutaxassis sifatida shakllanishi va 
oliy ta’limning barqaror riojlanishi uchun teng huquqli, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy hamda moliyaviy-iqtisodiy 
shart - sharoitlarni yaratishdir
1
.
Dunyoda, xususan, Yevropada oliy ta’limni yaqinlashtirish va uyg‘unlashtirish asosida yagona tizimni 
yaratish maqsadida bir qator yetakchi davlatlar tomonidan Boloniya shartnomasi imzolandi. Boloniya 
jarayonining boshlanishi XX asrning 70-yillaridan, ya’ni Yevropa Ittifoqi ministrlar kengashi tomonidan ta’lim 
sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi dastur doirasida qabul qilingan rezolyutsiya bilan belgilandi. 1998-yili 
Parij universitetining 800 yillik tantanalarini nishonlash uchun tashrif buyurgan to‘rtta (Germaniya, Fransiya, 
Italiya va Buyuk Britaniya) davlat ta’limi vazirlari mavjud oliy ta’lim tizimi mintaqada oliy ta’limning 
rivojlanishi uchun to‘sqinlik qilayotgani to‘g‘risidagi xulosaga kelindi. Germaniya, Fransiya, Italiya va Buyuk 
Britaniya tomonidan 1998-yil 25-mayda Yevropa oliy ta’limining umumiy nizomini shakllantirish va 
standartlashtirish maqsadida Sarbona dekloratsiyasi imzolanadi
2
. Bu, birinchi navbatda, mehnat bozorini 
zamon talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bilan birga, oliy ta’lim tizimida 
faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirishni maqsad qilib belgilaydi. Sarbona 
dekloratsiyasi bilan begilab olingan maqsad va vazifalar keyinroq 29 ta davlat ta’lim vazirlarining Yevropa 
ta’lim makonidagi oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish va mustaqilligini saqlab qolish 
zaruratidan kelib chiqib, barcha ma’suliyatni o‘z zimmalariga olgan holda, 1999-yil 19-iyunda imzolangan 
Boloniya dekloratsiyasi bilan tasdiqlandi
3
. Bugungi kunda Boloniya dekloratsiyasi Yevpropa oliy ta’lim 
muhitining yagona huquqiy asosini bunyod etishga asoslangan muhim ahamiyat kasb etuvchi akt 
hisoblanadi. Budan ko‘zlangan asosiy maqsad – yagona Yevropa ta’lim muhitini barpo etishdan iborat 
bo‘lib, uni amalga oshirish yo‘li o‘zaro yengil muvofiqlashtirilgan va tenglashtirilgan darajalar tizimini 
yaratish, ikki pog‘onali ta’lim jarayoniga o‘tish, ta’limda ballar yig‘ishda kredit tizimini kiritish, diplom uchun 
yagona Yevropa ilovalarini ishlab chiqish, akdemik mobillikni rivojlantirish va b. Bu borada Germaniya 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. 
2
Т.И. Моностырская., А.Нассеи., Реализация идей Болонского процесса в Германии: дискуссия и реальность // Высшее образование 
сегодня. – 2008. –№ 4. – С.10-13. 
3
Ўша жойда. 


35 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Federativ Respublikasining oliy ta’limni modernizatsiyalash borasidagi tajribasi o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turadi.
Boloniya jarayonidagi kelishuvi asosida oliy ta’limda ikki pog‘onali bakalavriat va magistratura 
tizimiga o‘tish belgilangan. Biroq muhim jihat shundan iboratki, ikki pog‘onali ta’lim tizimiga o‘tilishi 
Germaniyaning yuridik va meditsina sohalarida ta’lim olayotgan talabalarga ta’sir etmadi. Yuridik va 
meditsina yo‘nalishlari bo‘yicha ikki pog‘onali ta’lim tizimiga o‘tilmaganligining omili, ushbu davlatda 
mazkur sohalarda ta’lim klassik asosda amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Ya’ni ta’lim yakunida bitiruvchilar 
davlat imtihonlarini topshiradilar. Bitruvchilar o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan keyin davlat 
organlarida (sudya) yoki davlat maxsus nazoratida bo‘lgan sohalar (vrachlar) bo‘yicha ishlashlari mumkin. 
Bu Germaniya oliy ta’lim tizimining o‘ziga xos ko‘p yillik an’analariga ega bo‘lgan ajralib turuvchi kuchli 
jihatlari bo‘lib, oliy ta’limda amalga oshirilgan islohotlar mazkur sohalarga ta’sir etmadi. Shuni alohida 
ta’kidlab o‘tish lozimki, Germaniyada huquqshunos sifatida faoliyat olib borish istiqbolli sanalib, o‘z 
navbatida, huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bunda, birinchidan, maqsad “bir xil”, “universal-huquqshunoslar” (“Einheitsjurist”)ni tayyorlashdan 
iborat. Ushbu mutaxassislar o‘qishni tamomlaganidan so‘ng, yurisprudensiyaning barcha (davlat, fuqarolik 
va jinoyat huquqi) sohalarida, davlat organlarida (sudya, advokat, prokuror), shuningdek, xususiy 
kompaniyalarda ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassis bo‘lib yetishadilar; ikkinchidan, ta’lim 
olish muddati olti yildan sakkiz yilgacha bo‘lgan ikkita davlat imtihonini topshirish belgilangan. Talabalar 
to‘rt-besh yil davomida aynan huqushunoslikka oid fanlarni o‘rganib, uch bosqichdan iborat bo‘lgan birinchi 
davlat imtihonlarini toshiradilar. Avvalo, talaba davlat, fuqarolik va jinoyat huquqi bo‘yicha yuridik 
murakkablik (kazus)dan iborat bo‘lgan uy vazifasini bajarishi lozim. Ya’ni sohaga oid normativ manba va 
adabiyotlardan foydalangan holda, hajmi 50 varaqdan 100 varaqqacha bo‘lgan referat yozishi, shuningdek, 
davlat, fuqarolik va jinoyat huquqi bo‘yicha uchta nazorat ishi bajarilishi kerak, shundan so‘ng, og‘zaki 
imtihon qismi bo‘lib o‘tadi. Og‘zaki imtihon jarayonida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borgan 
professor-o‘qituvchilar ishtirok etishmaydi. Davlat imtihonini qabul qilish uchun amaliy faoliyat olib 
borayotgan huquqshunoslar, vazirlik vakillari, sudya va boshqa oliy o‘quv yurtlari professorlari jalb etiladi. 
[4] Shunday qilib, Germaniyada davlat imtihoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, mazkur jarayon 
huquqshunoslik bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirishga qaratilgan. Qayd etib o‘tish lozimki, 
davlat imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish va kelgusida huquqshunoslik sohasida faoliyatni davom etirish 
uchun talabalar har tamonlama chuqur bilimga ega bo‘lishlari talab etilib, bu borada Germaniyada talaba 
uchun repetitor (Repetitorium) xizmatlari mavjud. Repetitor – bu professor, amaliyotchi huquqshunos yoki 
davlat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassis. Repetitor davlat imtihonlariga tayyorlashda katta 
yordam ko‘rsatib, uning xizmatlariga 95%dan ortiq talaba murojaat qiladi. [5] Birinchi bosqich davlat 
imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng, talaba huquqshunoslik sohasida amaliy ko‘nikmalarini 
shakllantirish va olingan bilimlarni yanada mustahkamlash uchun maxsus haq to‘lanadigan amaliyotni 
(refendariat) o‘taydi. Olib borilgan amaliyot uchun talaba 900 yevro miqdorida oylik maoshi oladi. Amaliyot 
ikki yil davom etib, ma’lum yo‘nalishdagi faoliyatni olib boradi: – fuqarolik yo‘nalishi (masalan, fuqarolik 
ishlari bo‘yicha sudda umumiy yurisdiksiya) – 5 oy; – jinoiy yo‘nalish (masalan, jinoiy ishlar bo‘yicha 
prokuratura va sudda umumiy yurisdiksiya) – 3 oy; – ma’muriy yo‘nalish (ma’muriy sudda yoki boshqa 
tashkilotlarda) – 3 oy; – advokatura (advokatlik byurosida) – 9 oygacha (istiqbolli yo‘nalish); – saylovlar 
bo‘yicha amaliyot 4 oyga yaqin. Ko‘rsatilgan davr davomida amaliyotchi talaba ixtisoslik yo‘nalishini tanlash 
huquqiga ega
1
. Tadqiqotchilar ning fikriga ko‘ra, qayd etib o‘tilgan amaliyotni o‘tash tizimi kelgusida 
huquqshunoslikning turli sohalarida faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda amaliy tajriba bo‘lib xizmat 
qiladi. Amaliyot (refendariata) tugaganidan keyin talaba birinchi davlat imtihoniga o‘xshash jarayondan 
iborat bo‘lgan ikkinchi davlat imtihonini topshiradi. Ushbu imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar 
Germaniyada “to‘liq huquqshunoslar” (“Volljurist”) deb nomlanib, ular yurisprudensiyaning barcha 
sohalarida faoliyat olib borishlari mumkin. Germaniyada huquqshunoslik sohasida ta’lim olish jarayoni uzoq 
davrni qamrab olgan bo‘lib, bu faqatgina nazariy bilimlarni egallash bilan cheklanib qolmay, amaliy 
1
С.А.Мышенко., Проблемы реализации права на высшее образование в условиях Болонского процесса и пути их решения // Право и 
законодательство. –№ 2. – С. 118-124. 


36 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ko‘nikmalarni ham puxta, chuqur egallashlari uchun xizmat qiladi. Bu bilan nemislar o‘zlarini yuqori 
malakali, o‘z kasbini mukammal egallagan professional mutaxassislar bilan ta’minlab boradilar.
Ta’kidlab o‘tilganidek, Germaniya oliy ta’lim tizmini modernizatsiyalashning o‘ziga xos jihatlari 
shundan iboratki, huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotli bo‘lish ta’limi an’anaviy ikkita davlat imtihonini 
topshirish va ikki yillik amaliyotni o‘tish tizimiga asoslangan. Shu bilan bir vaqtda, Germaniya oliy o‘quv 
yurtlari tomonidan xorijiy talabalar uchun huquqshunoslik sohasida magistrlik darajasini olish bo‘yicha 
ta’lim dasturlari taklif etilgan. Ta’limni muvaffaqiyatli tugatganlarga huquq magistranti darajasi beriladi. 
Germaniyaning barcha oliy o‘quv yurtlarida magistraturaga kirish talablari bir xil bo‘lib, avvalo, talabgor 
huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, nemis (yoki ingliz) tilini bilish darajasi bo‘yicha 
xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, Germaniyada magistrlik 
darajasini egallagan xorijiy mutaxassislarga dunyoda, xususan, rivojlangan davlatlar tomonidan talablar 
ko‘p. Bu quyidagi omillar bilan izohlanadi:
- Germaniya oliy ta’limi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tomonidan tan olinadi;
– ta’im berish faqatgina nemis tilida emas, balki ingliz tilida ham olib boriladi. Biroq, nemis tilida 
o‘qish to‘lovsiz bo‘lib, bu Germaniya fuqarolarining magistraturada ta’lim olishi uchun xizmat qiladi. Zero, 
ta’limni moliyalash masalasi chet el talabalari uchun mamlakatni va o‘qish joyini tanlashda muhim sanaladi. 
Germaniyada turli tashkilotlar (Germaniya akademik almashuv xizmati – DAAD) va fondlar (masalan, Genrix 
Byoll nomidagi Fond, Aleksandra fon Gumboldta nomidagi Fond va b.) tomonidan ta’lim moliyalashtirib 
boriladi. Oliy ta’limda tahsil oluvchilarni moliyaviy ta’minlash, xususan, magistraturaga ham taalluqli bo‘lib 
magistr darjasiga ega bo‘lish bilan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish huquqini olish mumkin. [9] 
Shunday qilib, Germaniyada huquqshunos mutaxassislarni an’anaviy tizim asosida tayyorlab, shu bilan 
birga, xorijiy talabalar uchun umumyevropa talablari asosida, ya’ni bakalavriat va magistratura dasturlarini 
amalga oshirish zarurati mavjud. Germaniya, bir tomondan, oliy ta’limda (huquqshunoslik sohasida) o‘z 
milliy xususiyatlarini saqlagan holda, boshqa tarafdan, oliy ta’lim tizimida Boloniya jarayoniga muvofiq 
ravishda magistrlar tayyorlash dasturlarini yaratmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, so‘nggi 
yillarda mazkur davlat tomonidan Boloniya jarayoniga mos ravishda huquqshunoslik ta’limi sohasida oliy 
ma’lumot olish bo‘yicha qator o‘zgarishlar modellari taklif qilindi. Xulosa sifatida oliy ta’lim tizimini isloh 
qilish bo‘yicha Germaniya tajribasini ijobiy baholash mumkin. Mazkur jarayon, birinchidan, zamonaviy 
talablarga mos yangilangan o‘quv dasturlarini tayyorlash ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga bosqichma-
bosqich o‘tish imkonini berib, bu an’anaviy o‘quv kurslari mazmunini yangi talablarga uyg‘unlashtirib oliy 
ma’lumot olishga xizmat qiladi, shuningdek, talabalarning manfaatlarini birlashtiradi. Ikkinchidan, oliy 
ta’limni isloh qilish jarayonida nafaqat universitetlar, balki turli xil xususiy kompaniyalar ham ishtirok 
etishini e’tiborga olishni belgilaydi, chunki korxonalar o‘z bo‘limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlashdan manfaatdor. Ushbu yondashuv yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish muammosini hal 
qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va oliy ta’lim tizimidan keyin oliy malakali 
mutaxassislarni tayyorlashda jahon andozalari, xususan, Yevropa ta’lim tizimi asosida milliy oliy ta’lim 
takomillashtirib borilar ekan, bu jarayonda faqatgina o‘z imkoniyatlarimizni tadqiq etish bilan chegaralanib 
qolmasdan, Boloniya jarayoniga kirgan mamlakatlar ta’lim tizimi mazmunini o‘rganish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu milliy oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan muammolar 
yechimi bo‘yicha ijobiy javob topish imkonini beradi. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish