Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi



Download 0,63 Mb.
bet4/9
Sana10.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#651129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi va davriy sistemaning ahamiyati Atomlaming tuzilishi haqidagi ta’limot davriy qonunning chuqur fizik ma’nosini ochib berdi. Ilgari atomning asosiy xarakteristikasi atom massasi deyilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda atomning asosiy xarakteristikasi atom massasi emas, balki yadroning musbat zaryadidir. Yadroning zaryadi atomning elektron qobig'idagi elektronlar sonini, qavatning tuzilishini, shu bilan elementning barcha xossalarini va uning davriy sistemadagi o‘mini belgilab beradi. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi quyidagicha: kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari atom yadrolari zaryadining kattaligiga davriy ravishda bog'liqdir. Qonunning yangi ta’rifi davriy sistemaning to‘g‘riligini tasdiqladi. Masalan, D.I. Mendeleyev davriy sistemani tuzishda: Ar (39, 948) - K (39, 102), Co (58,933) - Ni (58,71), Te (127,6) — J (126,94) yuqorida yozilgan elementlarning o‘mini almashtirib qo‘ydi. Bu uch joyda elementlarning joylashuvi atom massasining ortib borish tartibiga mos kelmaydi. Atomlaming tuzilishi haqidagi ta’limot bunday chetga chiqishlami izohlab berdi. Chunki elementlarning xossalari atom massasiga emas, balki yadro musbat zaryadining kattaligiga bog'liq. K (19) ning yadro zaryadi Ar (18) ning yadro zaryadidan, Ni (28) ning yadro zaryadi Co (27) ning yadro zaryadidan, J (53) ning yadro zaryadi Te (52) ning yadro zaryadidan katta ekan. Shunday qilib, D.I. Mendeleyev uch joyda elementlarning o'rnini almashtirib to‘g‘ri ish qilganligi tasdiqlandi. D.I. Mendeleyevning davriy qonuni, N.D. Zelenskiy aytganidek, «Koinotdagi barcha atomlar o'zaro bog'liqligining kashf etilishi» boidi. Davriy qonun kashf etilishi bilan kimyoda ilmiy bashorat qilish mumkin boidi. Yangi elementlar borligini, bu elementning birikmalarini oldindan aytishga hamda xossalarini bayon qilishga imkoniyat tug'ildi. Masalan, D.I. Mendeleyev 1870-yilda 32-raqamli elementni ekasilitsiy deb, uning xossalarini, birikmalarini oldindan bayon qildi. Nemis olimi Vinkler 1886-yilda bu elementni kashf etdi va uni o‘z vatani nomi bilan germaniy deb atadi. Kashf qilinmagan elementlarning xossalarini bu qadar to‘g‘ri bayon qilish davriy sistemaning ahamiyatini ochib beribgina qolmay, balki elementlarning atom massalarini ham aniqlashtirish uchun asos boidi. Mendeleyev 20 ta elementning atom massalarini to‘g‘riladi. Shundan keyin bu elementlar davriy sistemada o‘z o'rinlarini egalladi. Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasidagi o'miga qarab, element haqida juda ko‘p ma’lumotni aniqlashga imkoniyat tug'ildi. D.I.Mendeleyev 491 ta ilmiy ishlaming muallifi bo'lib, shundan 40 tasi kimyoga, 106 tasi fizik-kimyoga, 99 tasi texnikaga, 99 tasi fizikaga, 36 tasi iqtisodiyotga, 22 tasi geodeziyaga va 29 tasi xalq maorifiga tegishlidir.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish