Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti



Download 1,16 Mb.
bet2/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Mas’ul muharrir:
O.Z.Turdieva

Sharq adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi

dotsent

Taqrizchilar:
Z.D.Aripova

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafederasi dotsenti f.f.n


D.Z Muhiddinova

Sharq adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri f.f.d. dotsent


Ushbu o’quv qo’llanma Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o’quv uslubiy kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
Bayonnoma №3. 03.12.2020
© Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,2020

MUNDARIJA


Kirish

Manyoushyu she’riy antologiyasi









4

7


Xeyan davrida estetika, an’anaviylik va saroy adabiyotining rivojlanishi. (IX – XII asrlar)






24


Xeyan davri adabiyoti janr xususiyatlari. “Monogatari” janri







31

“Uta monogatari” janri xususiyatlari. “Ise monogatari” qissasi







37

“Taketori-monogatari” va “Ochikubo monogatari







60

Xeyan madaniyatining shakllanishida ayollarning o’rni







86

“Nikki” janrining shakllanishi







94

“Dzuixitsu” janrining shakllanishi







97

“Genji monogatari” hikoyasi badiiy xususiyatlari







102

Genji monogatari” asarida ideal ayol obrazi tahlili







109

Setsuva janri xususiyatlari

Gunki janrining vujudga kelishi va uning xususiyatlari.

“Tayra qabilasi haqidagi qissa” mazmun va tarkibi.

Soga Monogatari asari









122

141


143

151


KIRISH

Yaponiyada o’rta asrlarda badiiy adabiyot ikki tilda yapon va xitoy tillarida rivojlangan. Til belgilari asarning qaysi janr va badiiy usulga tegishli ekanligini aniqlagan. Agar xitoy tilida ijod qilgan yozuvchilar Xitoy namunalari izidan borgan va unga taqlid qilgan bo’lsalar, yapon tilida asar yaratuvchilar o’zlarining an’analarini rivojlantirganlar.

Kato Syuiti o’zining “Yapon adabiyoti tarixiga kirish” kitobida ta’kidlashicha: “Yapon adabiyoti G‘arb va Xitoy adabiyoti bilan solishtirganda bir qancha xususiyatlarga ega. Bular madaniyatni shakllanishida adabiyotning o’rni turli xil davrlardagi tarixiy rivojlanishi, adabiyotning ijtimoiyligi va dunyoqarashi bilan bog‘liqligidadir. 1

Yaponiya adabiy an’analari boy va uzoq tarixga ega bo’lib, Yaponiyada davlatchilikning tashkil topishiga qadar yapon qabilasi mavjud bo’lgan paytdanoq adabiyot shakllangan. Dastlabki adabiyot xalq og‘zaki ijodi bo’lgan bo’lsa, keyinchalik adabiyot yozma adabiyotga ko’chgan. Bizgacha yetib kelgani bu yozma adabiyot hisoblanadi. Yaponiyada adabiyot VII-VIII asrlarda shakllana boshlagan. Ilk adabiyot namunalari sifatida adabiy yodgorliklarni keltirishimiz mumkin. Yapon adabiyoti tarixidagi qadimiy davr haqida ma’lumot beruvchi bu ilk yozma yodgorliklar VIII asrga borib taqaladi. Bularga tarixiy afsonaviy antologiya “Kojiki” (古事記, “Qadimiy ishlar haqidagi qaydnoma”) (712); tarixiy xronika “Nixongi” (日本紀) (720); tarixiy-geografik va etno-tipografik qaydlar “Fudoki” (風土記) (713-733) va ilk yozma she’riy yodgorlik – “Manyoshu” (万葉集) (VIII asr ikkinchi yarmi) kiradi.

Bu yozma yodgorliklar manbalari yaratilgan davrdan oldingi davrlarni ham o’z ichiga oladi. Bu davrda yaponlarda o’zining yozuvi bo’lmagan. Yapon adabiyoti uzoq vaqt Xitoy adabiyoti ta’siri ostida bo‘lgan va ko‘p asarlar aynan eski xitoy yozuvida yozilgan.

VIII asrga kelib ilk yozma yodgorliklar yaratilgan paytda Yaponiya poytaxti Nara deb ataluvchi markazlashgan davlatga ega bo’lgan. Hukumat tepasida imperator turgan. Ilk davlat boshqaruvi yuzaga kelgan va yozma yodgorliklar yaratilgan bu davr Yaponiya tarixida Nara davri (III-VIII asrlar) deb atalgan.

IX asr o‘rtalarida bo‘g‘inli yozuv – kananing kashf qilinishi xitoy tili o‘rniga yapon tilida ijod qilish imkonini berdi. Yozuvning kashf qilinishi erta o‘rta asrlar – Xeyan davri (IX-XII)ga to’g‘ri keladi. Xeyan davri Yaponiyada tinchlik osoyishtalik davri bo’lib, o’zining jamiyati, ijtimoiy muhiti, o’sha davr dunyosi, madaniyati, adabiyoti bilan ajralib turgan.

Adabiyotlar shu davr zodagonlari va shu zodagonlar uchun yaratilgan bo’lib, unda o’sha davr xayoti va odamlari dunyoqarashlari aks etgan. Saroy xayoti va o’sha davr muhitini Sey Syonagon o’zining “Qaydnomalar”ida keltirgan.

Saroy adabiyoti gullab yashnagan va epik janr -monogatari janri rivoj topgan bu - Xeyan davrida o’ziga xos shakli va mazmun jihatidan ajralib turuvchi janrlar: “Yaponiyaning eski va yangi she’rlari to’plami” (古今和歌集, “Kokinvakasyu”) antologiyasidagi (905y) o’ziga xos tanka poetikasi yaratilgan; “Ise haqidagi hikoya”(伊勢物語, “Ise monogatari”) (931y) da o’z aksini topgan Xeyan romanining maxsus shakli shakllangan; “Tosadan shaharga sayohat kundaligi” (土佐日記, “Tosa nikki”, 935y) dagi nikki janri va “Bosh tomondagi qaydlar” (枕草子, “Makura-no sosi”, 996y) asaridagi dzuyxisu janrlari paydo bo’ladi.

Xeyan davri monogatarilari keyinchalik Yaponiya adabiyotining rivojlanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatgan.

Xeyan davri ayollari har tomonlama iqtidorlarini namoyon qilganlar. Ularning she’riyatda tutgan o’rinlari beqiyosdir. Ayollar yaratgan asarlarda ayollarga xos go’zallik, joziba, noziklik aks etib turadi.

Shunday qilib, ayol va sevgi bilan bog‘liq bo’lgan barcha narsalar xeyanliklarni hayratga solgan, ilhomlantirgan, his-tuyg‘ularini uyg‘otgan. Shuning uchun ham biz o’sha davrda yaratilgan ko’pgina asarlarning bosh mavzusi ayol va sevgi haqida ekanligini ko’ramiz.

Shu fikrning dalilini nafaqat Xeyan davrining gultojisi balki butun dunyoda nodir asarga aylangan – “Gendzi-monogatari” qissasi misolida topamiz.

Murasaki Sikibu o’zining “Gendzi haqidagi qissa” (源氏物語, “Genji monogatari”)sida saroy ayollari yuqoriga intilishlardagi kurashda qanday xislatlarga ega bo’lishlari kerakligini ko’rsatadi. Qizlarning tumush qurishlari oila mavqeini mustaxkamlaydi deb ishonib, ularni yoshliklaridan kelajakdagi oilaviy hayotga tayyorlab borganlar. Ko’p qizlari bor oilalar o’zlarini baxtli oila deb xisoblaganlar. Xitoy tilini bilishdan tashqari, qizlar erkaklar bilgan narsalarni o’rganishlari lozim edi. Ziyoli oilalar qizlari musiqa asboblarida o’ynay olganlar, rasm chizganlar, chiroyli yozganlar, va albatta yapon she’riyati namunalarini yoddan bilishdan tashqari o’zlari ham she’r yoza olganlar. Buning tasdig‘ini biz Mitisuna –no xaxa “Kundalik”larida ko’rishimiz mumkin.

XIasrning ikkinchi yarmidan uzoq ichki qonli urushlar davri boshlanib, Xeyan saroy zodagonlari o’rniga endi davlathokimiyati teppasiga samuraylardan iborat xarbiy-feodal qatlam (bushi) keladi. Bu bilan ularning mamlakatning madaniy xayotidagi hukmronliklari davri ham nihoyasiga yetadi. Kamakura davri (XII-XIV asrlar) deb nomlanuvchi bu davr ichki nizolar va yirik feodal qabilalari o’rtasida hokimiyat uchun kurash o’tkir tus olganligi bilan Xeyan davridan tubdan farq qiladi. Kamakura davrining kirib kelishi bilan bu muhitda yangi xalq eposi – qahramonlar haqidagi hikoyalar yaraladi.

Bunday muhitda yuzaga kelgan vaziyat, xarbiy qatlam dunyoqarashi ushbu davrda paydo bo’lgan “gunki” nomini olgan jangovar epopeya, yoki, aniqrog‘i, tarixiy-qahramonlik hikoyalarida to’liq gavdalanadi. Bular – ichki urushlar paytidagi xarbiy sarkardalar taqdiri haqida hikoya qiluvchi xarbiy hikoyalardir.

“Gunki” janri Kamakura davrining asosiy janri hisoblanib, bu janrda “Xogen-monogatari”(保元物語), “Xeydzi-monogatari” (平治物語), “Genpey-Seysuyki” (源平盛衰記) va “Xeyke-monogatari” (平家物語)lar yaratilgan bo‘lib, bularning barchasi Kamakura davrida bo‘lgan ichki to‘qnashuvlar haqida bayon qiladi.

She’riyatda renga janri keng tarqaladi. Kamakura davrining ohirlari va Muromachi davrining boshlarida yangi she’riy antologiya – “Shin-kokinvakashu” (新古今和歌集) yaratiladi. Bu davrda dzuyxitsu janri ham rivojlanishda davom etib, Kenko Xoshining “Tsuredzuregusa” (徒然草) asari yaratiladi.

Yapon adabiyoti tarixidagi har bir davrda yaratilgan hikoyalar oldingi davrlardagi hikoyalardan mazmun - mohiyati jihatidan farq qiladi. Shu boisdan ham yapon asarlarini o’rganishda davrning ahamiyati o’zgacha. Har bir davrni o’rganar ekanmiz biz o’sha davrga tegishli asarlarga murojaat etamiz. Undagi madaniyat va o’sha davr tarixida qanday voqealar yuz berganini ko’rishimizga yordam beradi.

Ushbu o’quv qo’llanma Yaponshunoslik sohasida ta’lim olayotgan talabalar va yapon adabiyotiga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo’lajallangan.
MANYOSHYU” SHE’RIY ANTOLOGIYASI
Reja:


  1. “Manyoshyu” she’riy antologiyasining yaratilishi

  2. Tanka she’riy janri xususiyatlari va Otomo-no Tabito ijodi

  3. “Manyoshu” antologiyasida “may” mavzusi va she’rlarda badiiy so’zning ishlatilish mahorati


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish