Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi 
mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma'muriy-hududiy tuzilishi 
masalalarini mustaqil hal qiladi
”. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlardan, 
shaharlardan, shaharchalardan, ovullardar iborat. O‘zbekiston Respublikasi davlat 
siyosatiga mos holda o‘z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
hududi bo‘linmas va daxlsizdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishligi, uning O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasligi ko‘rsatilgan. Shuni ta'kidlash joizki 
sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi 
Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa o‘sha davlat hokimiyatining oliy organlari 
tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib bu 
adolatsizlikka chek qo‘ydi. Qoraqalpog‘iston suveren Respublikasi bilan mustaqil 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
bir-butun 
yaxlitligi 
mustahkamlangan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993 -yil 9-
aprelda) 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini
qabul qildi. Qoraqalpoq 
milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, 
demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha 
atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-


180 
yil 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993 
-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat gerbi, 1993 -yil 4-dekabrda bo‘lib 
o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti - Jo‘qorg‘i Kengesi hisoblanadi. 86 
deputatdan iborat. Xususan, Jo‘qorg‘i Kengesida 1991-1992-yillarda Dauletbay 
Shamshetov, 1992-1997 -yillarda Ubbiniyaz Ashirbekov, 1997 -2002 -yillarda Timur 
Kamalov hamda 2002 -yil 2-maydan 2020-yil 31-iyulgacha bu lavozimda Musa 
Tajetdinovich Erniyozov rais sifatida faoliyat olib bordi. Avvalgi Oliy Kengashdan 
farqi Jo‘qorg‘i Kengashga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi. Avvalgi 
saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi 
dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Buning 
ustiga Parlamentda vazifasi bo‘yicha albatta deputat bo‘luvchi o‘rinlar xam mavjud 
edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o‘z 
saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Avvalgi 
parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘z Konstitutsiyaviy nazorat organiga ega 
bO‘lib, uni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi 
amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tarkibi saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qO‘mitasiga 
saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir. Konstitutsiyaviy nazorat 
qo‘mitasiga saylangan shaxslar o‘z vazifalarini bajarishda daxilsizdirlar va faqat 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo‘ysunadilar. Uni tashkil etish va 
ish tartibini belgilash Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Konstitutsiyaviy nazorat 
qo‘mitasi to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi, Xo‘jalik sudi, Shu muddatga 
tayinlanadigan tuman, shahar sudlaridan iborat. Ular O‘zbekiston Respublikasining 
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradilar. Ushbu 
qonunda jumladan, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat 
ishlari bo‘yicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi xo‘jalik sudi faoliyat ko‘rsatadi” deb belgilangan. ular faoliyatining 
tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari jumlasiga kirib 
unga kO‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi JO‘qorg‘i Kengesida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi raisi va 
a'zolari, Shuningdek, tuman, shahar sudlarining sudyalari, lavozimlariga nomzodlarni 
tavsiya qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi jinoiy, fuqaroviy va 
ma'muriy sud ishlarini yuritish borasida, sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. 
Tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni olib boradi. 
Ijroiya organi -Vazirlar Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Quyidagi davlat 
arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo‘lib ishladi: Amin Tojiev (1989 -1992-), 
Radjapboy Yo‘ldashev (1992-1995-), Baxram Jumaniyazov (1995-1996-), Saparbay 
Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiev (1998-2002 -), Tursunbay Tangirbergenov 
(2002 -2006). Hozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo‘lib Baxadir Yangibaev 
ishlaydi. 


181 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish