Toshkent davlat transport universiteti S. T. Boltayev, S. I. Valiyev temir yo



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana13.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#786313
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MSUKurs ishiga malumotlar



Toshkent davlat transport universiteti 
 
 
S.T. Boltayev, S.I. Valiyev 
TEMIR YO

LDA MIKROPROSESSOR QURILMALARI VA BOSHQARISH 
TIZIMLARI
5311000-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va 
boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3 va 4-bosqich bakalavriat talabalari uchun kurs 
ishlarini bajarishga doir uslubiy ko‘rsatma 
 
 
Toshkent – 2021 


UDK 656.25 
Ushbu 
uslubiy 
ko‘rsatmada “Temir yo‘lda mikroprosessor 
qurilmalari va boshqarish tizimlari” fani bo‘yicha kurs ishlarini bajarishga doir 
uslubiy ko‘rsatmalar keltirib o‘tilgan. 
Ushbu ko‘rsatmalar “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 
talabalar uchun mo’jallangan. 
Tuzuvchilar:
S.T. Boltayev – dotsent v.b.; 
 
S.I. Valiyev 
– assistent; 
© Toshkent davlat transport universiteti, 2021 


1.Bir iplik stantsiya rejasi 
Stantsiyaning sxematik rejasi bir iplik chizmada masshtabsiz ko’rsatilgan. 
Stantsiya ikki yo’nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stantsiyaga va 
peregonga yo’naltirilgan asosiy yo’llar, maxsuslashtirilgan va nomsiz 
(obezlichenno’e) yo’llar, maxsuslashtirilgan yo’llardan faqat bir yo’nalishda 
harakatlanish, nomsiz yo’llardan ikkala yo’nalishda harakatlanish mumkin. 
Stantsiya poezdlarni qabul qilish, o’tkazish va jo’natishga, yo’lovchilarni 
chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo’ljallangan. 
Shuningdek, stantsiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni, svetoforlarni
strelkalarni, yo’llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo’lovchilar 
binolari, ETs posti, yo’llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi 
barcha harakat ob’ektlari sxematik ravishda ko’rsatiladi. 
Misol uchun kurs ishi topshirig’ida yarim stansiya berilgan bo’lib, ya’ni u 
stansiyani toq (N) tomonidir. Stansiyani jixozlashda 13 ta svetofor: kirish svetofori N, 
chiqish svetoforlari Ch1, Ch3, Ch5, Ch4 va Ch6, manevr svetoforlari M1, M3, M5, 
M7, M9, M11 va M13 dan foydalanildi. Stansiyada IP, 2P, 3P, 4P, 5P va 6P yo’llar 
va 1/3, 5/7, 9, 11, 13, 15 strelkalar mavjud. Stansiyani bir ipli rejasi 1-rasmda 
ko’rsatilgan. 
1-rasm. Stansiyaning bir iplik chizmasi. 
Temir yo’l transportida signalizatsiya harakatlanuvchi sostavni harakatlanishda 
havsizlikni ta’minash uchun va aniq uchastkada poezd harakatlanayotgan tezligida 
harakatni davom ettirish lozimligi, tezlikni kamaytirib, ehtiyotkorlik bilan 
harakatlanishi yoki butunlay to’xtashi lozimligi ko’rsatishi uchun mo’ljallangan. 
Shunga muvofiq poezdga berilayotgan signallar ham uch hil belgida bo’ladi: “yo’l 
ochiq”, ehtiyotkorlik bilan davom ettirilsin” va “to’xta”. 
Belgilarning ko’rinishi va ma’nosi: 
Agar peregondagi uchbelgili svetoforda: 
• yashil chiroq - «poezdga o’rnatilgan tezlikda davom etishiga ruxsat beriladi, 
keyingi svetofor ochiq»; 
• sariq chiroq - «poezdga to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, 
keyingi svetofor yopiq»; 
• bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi». 
Agar besh belgili kirish svetoforida: 
• bir yashil chiroq - «poezdga bekatga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda 
harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;


• bir sariq yonib-o’chuvchi chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan 
o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki 
chiqish) ochiq va undan pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi»; 
• bir sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan to’xtashga tayyor holda 
harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»; 
• ikki sariq chiroq, ulardan tepadagisi yonib-o’chuvchi - «poezdga stantsiyaga 
pasaytirilgan tezlikda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor 
(yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»; 
• ikki sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda, to’xtashga 
tayyor holda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli 
yoki chiqish) yopiq»; 
• bir qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi». 
Taklif qiluvchi signal - oq (lunno-belo’y) yonib-o’chuvchi signal – kirish va 
chiqish svetoforlarida qo’llaniladi (guruhlardan tashqari). Ushbu signal poezdga qizil 
chiroqli (yoki o’chirilgan) svetofordan keyinga svetoforgacha (yoki chiqish svetofori 
bo’lmagan yo’lga qabul qilinayotgan bo’lsa chegaraviy ustungacha) o’tishga 20 
kmG’soat tezlikda ogohlikda va harakatga to’sqinlik uchraganda zudlik bilan 
to’xtashga tayyor holda xarakatlanishga ruxsat beriladi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish