Toshkent davlat transport


Marshrut yo’nalishida to‘xtab turish joylarini rejalashtirish



Download 2,97 Mb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi2,97 Mb.
#222830
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Marshrut yo’nalishida to‘xtab turish joylarini rejalashtirish

Avtobusda yo‘lovchilar tashilishini tashkil etish uchun tegishli inshoot va jihozlardan iborat bo‘ladigan komplekslar qurilishi nazarda tutiladi. Bu komplekslarning asosiy vazifasi – avtobuslarning to‘xtashi, turishi va jo‘nashini tashkil etish, yo‘lovchilarni olish, tushirish, ular avtobus kutib turishi, dam olishiga sharoit yaratish, hojatxona, aloqa, ovqatlanish inshootlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Avtobus aloqasi xalq xo‘jaligidagi o‘rni, tashish usuli, yo‘nalishi va nomlanishi bilan tasniflanadi.

O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari tasnifiga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarga, shuningdek umumdavlat, respublika, viloyat va mahalliy yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Yo‘lovchilarni tashish turlariga ko‘ra yo‘nalishlar shahar ichidagi, shahar atrofidagi va shaharlararo yo‘nalishlarga bo‘linadi. Shahar ichidagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashish va ularning ta’minoti alohida ko‘rib chiqiladigan mavzu hisoblanadi. Bunga zarurat borligiga sabab, shahar ichidagi transport tizimining xususiyati boshqacha bo‘ladi va shahar tashqarisidagi transport tizimidan farq qiladi

Turiga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari doimiy, mavsumiy, oddiy, ekspress, qisqa va maxsus turlarga bo‘linadi.

Doimiy turiga yil bo‘yi, qat’iy jadvalga asosan ishlaydigan yo‘nalishlar kiradi; mavsumiy yo‘nalishga yilning maxsus davrida (ehtiyojga qarab) ishlaydigan qo‘shimcha yo‘nalishlar kiradi; oddiy yo‘nalishlarda avtobuslar har bitta avtobus bekatida to‘xtaydi; ekspress yo‘nalishda avtobusning oraliq bekati bo‘lmaydi yoki ularning ba’zilaridagina to‘xtaydi; qisqa yo‘nalishda yo‘lovchilar ko‘p bo‘ladigan ba’zi uchastkalarga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi. Maxsus yo‘nalishlarga sayyohlik-tomosha yo‘nalishlari, o‘quvchilarni, ishlovchilarni, maktabga, ishga olib boradigan yo‘nalishlar kiradi.

Marshrut nomlari boshlanish va tugash punktlariga qarab belgilanadi: «Toshkent-Jizzax-Samarqand», «Toshkent-Ohangaron-Angren», «Namangan-Farg‘ona».

Avtobus harakat tartibi harakat jadvaliga qarab belgilanadi. Ekspluatatsiya xizmati va boshqa avtobus boshqarish xizmatlarining ishi harakat jadvaliga bog‘liq bo‘ladi. Harakat jadvaliga amal qilish avtobus xo‘jaligi asosiy ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi.

Avtobus harakati jadvali umumiy yo‘nalish, statsion, nazorat, avtobus va yo‘lovchi turlariga bo‘linadi.

Umumiy yo‘nalish jadvali – boshqa avtobus harakat javdvallarini tuzish uchun asos bo‘ladi. Unda har bitta avtobusning parkdan chiqish, boshlanish punktidan jo‘nash va oxirgi punktga yetib kelish vaqti yoziladi.

Nazorat jadvaliga ko‘ra oraliq punktlarda nazoratchi-taftishchilar haydovchilar avtobus harakati jadvaliga amal qilayotganini tekshirishadi. Statsion jadval avtobus yo‘nalishining boshlanish va oxirgi stansiyalari uchun tuziladi Avtobus jadvallari har bitta avtobus uchun, uning parkdan chiqib ketish va parkka qaytib kelish vaqti hisobga olib tuziladi. Bu jadval har bitta haydovchida bo‘lishi kerak. Yo‘lovchilar uchun jadval yo‘lovchilarga ma’lumot berish uchun tuziladi va yo‘nalish boshlanish, oraliq va oxirgi stansiyalarida ilib qo‘yiladi.

Har bitta yo‘nalishning boshlanish va oxirgi stansiyalari tranzit yo‘nalishlar uchun oraliq stansiya bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lganda stansion va yo‘lovchi jadvallarida tranzit yo‘nalishlar haqida ham ma’lumot beriladi. Avtobuslarning oraliq punktlardan (avtobus bekatlaridan) o‘tishi haqidagi ma’lumot avtobus bekatlarining jihozlanishiga kiradi.




Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish