Toshkent davlat transport


Avtobus bekatlari, avtobus bekatlarida qisqa dam olish, ovqatlanish joylarini rejalashtirish



Download 2,97 Mb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi2,97 Mb.
#222830
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Avtobus bekatlari, avtobus bekatlarida qisqa dam olish, ovqatlanish joylarini rejalashtirish

Avtobus bekatining loyihasi tuzilganda oldin suv ketkazishga mo‘ljallangan vertikal rejalash amalga oshirilishi va uni maksimal darajada atrof joy bilan uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi. Vertikal rejalashtirishda suv tushiradigan quvurlar, yo‘n yoqasida zinalar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Kengaytirilgan yer to‘shamasining konturi yo‘l uchun ajratilgan joyga muvofiq bo‘lishi kerak. Qiyalik imkoni boricha yotiq, 1:3 dan oshmaydigan bo‘ladi.

Hali aytganimizdek, har bitta avtobus bekati yo‘lovchi tashishga xizmat qilish kompleksining bir qismi bo‘ladi va uchta zonadan iborat bo‘lishi kerak: transport, chiqarish va yo‘lovchilarga xizmat qilish zonalari. Har bitta zona rejalanishdagi tuzilishi va jihozlari bilan farq qiladi.

Transport zonasiga avtobuslar to‘xtaydigan maydoncha, avtobuslar sekinlashadigan va tezlashadigan o‘tish-tezlashish polosasi, avtobus bekatini asosiy harakat polosasidan ajratadigan elementlar kiradi.

Ι - Ι Ι Ι toifadagi avtomobil yo‘llarida joylashgan avtobus bekati quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi (5.3-rasm):

- to‘xtash maydonchasi;

- yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi;

- kutish maydoni (Ι - Ι Ι Ι toifadagi yo‘llar uchun);

- tezlikni o‘zgartirish tasmalari;

- kirish cho‘ntagi (avtobus bekatlarini kesishma va tutashmada joylashtirishda);

- ajratuvchi tasma (Ι - Ι Ι Ι toifadagi yo‘llar uchun);

- tratuar va piyodalar yo‘lakchasi (Ι - Ι Ι Ι toifali yo‘llar uchun);

- piyodalar o‘tish joyi;

- avtopavilion;

- o‘rindiqlar;

- xojatxona (Ι - Ι Ι Ι toifadagi yo‘llar uchun);

- konteyner va axlat qutilari (Ι V kategoriyali yo‘llar uchun faqat urna);

- harakatni tashkil etishning texnik vositalari (yo‘l belgilari, belgi chiziqlari, yo‘l to‘siqlari);

- yoritish (aholi punktlari ichida joylashgan avtobus bekatlarida).

5.3-rasm. Avtobus bekatining elementlari


To‘xtash maydonchasi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanadigan avtobuslarni to‘xtashi, yo‘lovchilarni chiqarishi va tushirishi uchun mo‘ljallangan.

To‘xtash maydonchasining kengligi qatnov qismining asosiy tasmasi kengligiga teng bo‘lib, uning uzunligi bir vaqtning o‘zida to‘xtab turuvchi avtobuslarning soni va ularning uzunligi bo‘yicha o‘lchamlariga bog‘liq, lekin 13 m dan kam bo‘lmaydi deb hisoblanadi.

To‘xtash maydonchalarining qoplamasining mustahkamligi yo‘l to‘shamasining asosiy harakat tasmasi mustahkamligiga teng bo‘lishi kerak.

Yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi avtobusdan yo‘lovchilarni tushirish va chiqarish uchun mo‘ljallangan.

Yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasining kengligi 3 m dan kam bo‘lmaydi, uzunligi esa to‘xtash maydonchasining uzunligidan kam bo‘lmasligi kerak.

Yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi yuzasi butun uzunligi bo‘ylab, avtopovilion tomondan 2 m dan kam bo‘lmagan kenglikda qoplamali bo‘lishi kerak.

Yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi va piyodalar yo‘laklari qoplamalari turlarini tanlash iqlim va grunt-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi to‘xtash maydonchasining sirtidan 0,2 m yuqoriga ko‘tarilishi kerak. To‘xtash maydonchasi va yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi chegarasida hamda, unga tutash tezlikni o‘zgartirish tasmalarida piyodalar yo‘lagiga yondosh holda davom etuvchi bordyur o‘rnatiladi.

Kutish maydonchasi yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasi ortida joylashadi. Kutish maydonining o‘lchami unga avtopavilionni joylashtirishni va yo‘lovchilarning tig‘iz paytda 2 odam/m2 hisobda joylashishini ta’minlashi kerak.

Ιb- ΙV toifadagi avtomobil yo‘llarda to‘xtash joylarining ikki tarafidan, I-a toifadagi yo‘llarda bekatga kirish va asosiy yo‘lga chiqish qismlarida tezlashish- sekinlashish tasmalari quriladi. Tezlikni o‘zgartirish tasmalari o‘lchamlari ShNK 2.05.02-07 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Tezlikni o‘zgartirish tasmalari va yo‘l yoqasining tutashishi I va ΙΙ toifali yo‘llarda 0,75 m kengligida va ΙΙΙ- ΙV yo‘llardagi 0,5 m kengligida chetki mustahkamlangan tasmalar orqali bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak.

Avtomobil yo‘llaridagi kesishma va tutashmalar hududida bekatlarni joylashtirishda tezlikni o‘zgartirish tasmalaridan bir vaqtning o‘zida avtobuslar hamda, transport vositalari foydalanayotgan holatlarda kirish cho‘ntaklari quriladi.

Kirish cho‘ntagi to‘xtash to‘xtash maydonchasi va unga kirish va chiqish qismlaridan tashkil topadi.

Ajratuvchi tasma to‘xtash to‘xtash maydonchasi va tezlikni o‘zgartirish tasmalarini qatnov qismining asosiy tasmalaridan ajratishga xizmat qiladi.

Ajratuvchi tasma Ιb- ΙΙΙ toifali avtomobil yo‘llarida to‘xtash maydonchasining butun uzunligi bo‘ylab va uning chegarasidan ikki tomonga 20 m masofada qilib quriladi.

Ι va ΙΙ yo‘llar uchun ajratuvchi tasmaning kengligi 0,75 m, ΙΙΙ toifadagi yo‘llar uchun 0,5 m ni tashkil etadi. Trotuar va piyodalar yo‘laklari yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonjasidan mavjud trotuar va piyodalar yo‘lagi tomon asosiy yo‘lovchilar oqimi yo‘nalishi bo‘yicha joylashtiriladi, agar ular mavjud yon tomon ko‘rinish masofasidan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.

Avtobus bekatlari orasida piyodalar o‘tish joyi harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarni tushirish(chiqarish) maydonchasidan oldin joylashtiriladi. Ι toifali yo‘llarda piyodalar harakati jadalligi 100 odam / soat va undan ortiq bo‘lganda va ΙΙ toifali yo‘llarda - 250 odam/ soat va undan ko‘p bo‘lganda piyodalar o‘tish joylari turli darajada (yer osti va yer usti) qilib quriladi.

Bir sathdagi piyodalar o‘tish joyining kengligi piyodalar harakati jadalligini hisobga olib 1 soatdagi har bir 500 piyoda uchun 1 m hisobda, lekin 4 m dank am bo‘lmasligi kerak.

Ajratuvchi tasmaga ega bo‘lgan yo‘llarning ajratuvchi tasmalarida eni piyodalar o‘tish joyi enidan kam bo‘lmagan piyodlar yig‘iluvchi orolcha quriladi. Piyodalar yig‘iluvchi orolcha qoplamaga ega bo‘lishi va qatnov qismining yuzasidan 0,2 m yuqoriga ko‘tarilishi kerak.

Avtopavilion avtobusning kelishini kutayotgan yo‘lovchilarni havo-iqlim sharoiti (yomg‘ir, quyosh nurlari, shamol va boshqalar) dan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.

ΙV toifali yo‘llarda pavilonni yo‘lning bir tomoniga joylashtirishga ruhsat etiladi.

Avtopavilion yopiq yoki ochiq turda bo‘lishi mumkin (naves shaklida). Yopiq avtopavilion kamida uch tomonidan shiftiga tutashgan devorlarga ega bo‘lishi kerak. Ochiq pavilonda shiftga tushmaydigan devorlarga ega bo‘ladi, yoki ikkitadan ortiq shiftga tutashgan devoir bo‘lmaydi.

Avtopavilion konstruksiyasini tanlash avtobus bekati joylashgan joyining iqlim sharoitiga qarab amalga oshiriladi.

Avtopavilionning o‘lchami avtobus bekatida tig‘iz paytda 4 odam/m2 miqdorida yo‘lovchilar sonini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Avtopavilionning eng yaqin chegarasi to‘xtash maydonining chetiga 3 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak.

Avtobus to‘xtash joylari o‘ridiqlar bilan jihozlanib, ulardan biri avtopavilionga o‘rnatiladi va boshqasi esa (Ι-ΙΙΙ toifadagi yo‘llarda) - kutish maydonida har 10 m2 uchun 1 ta skameyka hisobida joylashtiriladi.

Ι-ΙΙΙ toifadagi avtomobil yo‘llarida joylashgan avtobus bekatlarida ikkita bo‘limga ega xojatxonalar o‘rnatiladi.

Xojatxona shamol yo‘nalishi bo‘yicha avtopavilondan kamida 10 m masofada joylashtiriladi. Xojatxonaga olib boruvchi eni 1 m dan kam bo‘lmagan piyodalar yo‘lagi quriladi, agar paviliondan xojatxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmasa, piyodalar yo‘lagining boshida "Xojatxona" yozuvi yoki tegishli piktogramma o‘rnatiladi.

Ι-ΙΙΙ toifadagi yo‘llarda avtobus bekatidagi sanitariya hududiga konteyner qo‘yilib, avtopavilion va kutish maydoniga axlat qutilari o‘rnatiladi. Axlat qutilaridan biri pavilonning yon devori (chegarasi) tashqarisiga, ikkinchisini kutish maydonidagi o‘rindiq yoniga joylashtiriladi.

ΙV toifali yo‘llarda avtopavilion yoki o‘rindiq yoniga bitta axlat qutisi joylashtiriladi.



Aholi punktlarida Ι-ΙΙΙ toifadagi yo‘llarda joylashgan avtobus bekatlari elektr yoritishga tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish