Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Энергиядан  турмушда  ф ойдаланадиган  фукаро  абонент  булганда  энергия



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Энергиядан  турмушда  ф ойдаланадиган  фукаро  абонент  булганда  энергия 

таъминоти  шартномаси  реал  шартномалар  тоифасига  киради.  Зеро,  ФКнинг  469- 

моддасида  “энергиядан  турмушда  фойдаланадиган  фукаро  абонент булган  такдирда, 

абонент  тармокка  белгиланган  тартибда  амалда  биринчи  марта  уланган  пайтдан 

бошлаб  у  билан  шартнома  тузилган  хисоблианши»  назарда  тутилган.  Бу  холат  эса 

реал  шартномаларга  хос  хусусият  хисобланэди

www.ziyouz.com kutubxonasi




m ajburiy shartlar oldindan belgilab qo'yilishi bilan,  shartnom a ishtirokchisi 

hisoblangan abonent  shartnomaning  zaif  tomoni  sifatida  uning  qo'shimcha 

o'zgartirish  huquqiga  ega  bo'lmasligi  bilan  ajralib  turadi.  Zero,  energiya 

ta ’m inoti  shartnom asida  qan d ay   sh a rtla r  ifodalanishi  lozimligi  qonun 

h u jjatlarid a  q a t’iy  belgilab  quyiladi.  Masalan,  “E lektr  energiyasidan 

foydalanish” Qoidalariga muvofiq,  abonent va energiya ta ’minoti tashkiloti 

o'rtasidagi  shartnomada  quyidagilar  nazarda  tutiladi:

-  shartnom a  mavzusi;

-  iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilishning va elektr 

energiyasi  sifati  ko'rsatkichlarini  kelishishning  majburiyligi;

-  tarm oqlar  va  energiya  uskunalarining  balans  bo'yicha  mansublik 

chegaralari;

-  elektr  energiyasi  uchun  haq  to'lash  bo'yicha  iste’molchilarning 

tarif  guruhlari;

-  iste’molchining  tasarrufidagi  tarm oqlar va energiya uskunalaridan, 

hisobga  olish  priborlaridan  foydalanishning  xavfsizligini  va  ularning 

sozligini  ham da  energiya  ta ’minotining  ishonchliligini  ta ’minlash;

-  subabonentlarni  abonentning  tarm og'iga  ulash  (iste’molchining 

nomi,  q u w a ti,  hisobga  olish  priborlari,  tariflar  va  boshqa  m a’lumotlar);

-  alohida  shartlar;

-  ahdlashuvchi  tomonlarning  javobgarligi;

-  nizolarni  hal  etish  tartibi;

-  tomonlarning  rekvizitlari.

E n e rg iy a   bilan  t a ’m inlovchi  ta sh k ilo tn in g   asosiy  m a jb u riy a ti 

tutashtirilgan tarm oq orqali energiyani berib turish hisoblanadi. Shu bilan 

birga,  energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot  energiyani  energiya  ta ’minoti 

shartnom asida  nazarda  tutilgan  m iqdorda  va  taraflar  kelishgan  energiya 

berish tartibiga amal qilgan holda berib turishi lozim. Energiyaning miqdori 

o'lchov  asboblari  ko'rsatkichlari  bilan  aniqlanadi.  Energiya  “kilovatt”da 

hisoblansa, energiya ta ’minlovchi bergan va abonent qabul qilgan gazning 

miqdori  esa  “kubom etr”da  aniqlanadi.

Energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot  tutashtirilgan  tarm oq  orqali 

abonentga  energiya  ta’minoti  shartnomasida  nazarda  tutilgan  miqdorda  va 

taraflar  kelishgan  energiyani,  ya’ni  220  v  -   360  v  yoki  110  v  dan  uzluksiz 

hamda belgilangan (kelishilgan) vaqtda yetkazib berilishini ta ’minlashi lozim. 

Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya 

miqdori  o'lchov  asboblari  ko'rsatkichlari  bilan  aniqlanadi.

Q o nu n   h u jja tla rid a   e n e rg iy a   bilan   t a ’m in lo v ch i  ta sh k ilo tn in g  

m ajburiyatlari  aniq  belgilab  quyilgan.  Masalan  “Issiqlik  energiyasidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




f o y d a la n is h ”  Q o id a la rig a   m u v o fiq ,  issiq lik   t a ’m in o ti  ta s h k ilo ti 

quyidagilarga  m ajbur:

-  shartnom aga  m uvofiq  iste’molchiga  issiqlik  energiyasi  uzluksiz 

berilishini  t a ’m inlash,  issiqlik  m anbayi  kollektorlaridan  berilayotgan 

issiqlik  m anbalari  param etrlarin in g  (bug1  va  issiq  suv)  shartnom aga 

muvofiqligini  ta ’minlash,  ularning:

-  bug'  bo'yicha  (bosim  va  harorat)  -  (Q)  5  foizga;

-  issiqlik  beruvchi  quvurda  suv  harorati  bo'yicha  -  (Q)  3  foizga.

Suv  bosimi  bo'yicha:

-  issiqlik  beruvchi  quvurda  -  (Q)  5  foizga;

-  orqaga  qaytadigan  quvurda  -  (Q)  20  kPa  chetga  chiqishiga  yo'l 

qo'ymaslik;

-  issiqlik  to'liq  yetkazib  berilmaganligi  to'g'risida  iste’molchilarning 

yozma  arizalarini  iste’molchilardan  ariza  olingan  kundan  boshlab  10  kun 

m uddatda  ko'rib  chiqish;

- issiqlik ta ’minoti tashkilotining aybi bilan texnologik m aqsadlardagi 

to'liq  yetkazib  berilm agan  energiya  qiymatini  qoplash.  To'liq  yetkazib 

berilm agan  energiya  hajm i  iste ’m olchining  vakili  ishtirokida  issiqlik 

t a ’m in o ti  ta s h k ilo ti  to m o n id a n   a n iq la n a d i  va  d a lo la tn o m a   bilan 

rasmiylashtiriladi.

Elektr  energiyasini  yetkazib  beruvchi  energiya  ta ’minoti  tashkiloti 

esa  quyidagilarga  majbur:

-  elek tr  energiyasini  elek tr  tarm oqlarining  bo'linish  chegarasiga 

shartnom ada  ko'rsatilgan  m iqdorda  yetkazib  berish;

- elektr energiyasi sifat ko'rsatkichlarini elektr tarm oqlarining balans 

bo'yicha mansublik chegarasida shartnom a va standartlar bilan belgilangan 

darajada saqlab turish;

-  e n e rg iy a   t a ’m inoti  ta sh k ilo tin in g   e le k tr  ta rm o q la rin i  rejali 

ta ’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta ’minlashdagi m um kin bo'lgan 

uzilishlar  to'g'risida  kamida  3  sutka  oldin  ogohlantirish;

- elektr energiyasi berishning rejadan tashqari to'xtat.ilishi sabablarini 

xab ar  qilish;

-  h isob-kitob  e le k tr  hisoblagichlarini  am aldagi  d a v la t  norm ativ 

hujjatlari  talablariga  muvofiq  alm ashtirish  m uddatlarini  x ab ar  qilish;

- joriy  etiladigan  cheklashlar  haqida  cheklashning joriy  etilish  hajmi 

va  vaqtini  ko'rsatgan  holda  o'z  vaqtida  xabar  qilish;

-  elektr  energiyasining  energiya  ta ’minoti  tashkiloti  va  iste’molchi 

o'rtasida  tuzilgan  shartnom aga  muvofiq  iste’molchiga  uzluksiz  yetkazib 

berilishini  ta ’minlash;

www.ziyouz.com kutubxonasi




-  iste’molchilarning  elektr  energiyasining  to'liq  berilmaganligi  yoki 

elek tr  t a ’m inotidagi  boshqa  qoida  buzilishlari  to'g'risid agi  arizalarini 

iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab  10 kundan kechikm ay ko'rib 

chiqish  va  ushbu   qoidalarga  m uvofiq  mufassal  javob  yuborish.

Energiya  ta ’minoti  shartnom asida  abonentning  o'zi  qabul  qiladigan 

e n e rg iy a n in g   sh a rtn o m a d a   b e lg ila n g a n   m iq d o rin i  e n e rg iy a   bilan 

t a ’m inlovchi  tash kilo tnin g   e n e rg iy a n i  sh a rtn o m a d a   b elgilanm agan 

m iqdorda  berishni  ta ’minlash  bilan  bog'liq  xarajatlarini  qoplash  sharti 

bilan  o'zgartirish  huquqi  nazarda  tutilishi  mumkin.

Energiyadan  turm ushda  foydalanadigan  fuqaro  energiya  ta ’minoti 

shartnom asiga  muvofiq  abonent  bo'lgan  taqdirda  u  energiyadan  o'zi 

uchun  zarur  bo'lgan  miqdorda  foydalanishga  haqli.

Energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot  beradigan  energiyaning  sifati 

standartlashtirish  bo'yicha  qonun  hujjatlarida  yoki  energiya  ta ’minoti 

shartnom asida  belgilangan  talablarga  javob  berishi  lozim.

Energiya  ta ’minoti  shartnom asiga  m uvofiq,  ab o n entga  quyidagi 

m ajburiyatlar  yuklatiladi:

1.  Energiya  bilan  ta'minlovchi  tashkilot  bergan  energiya  haqini  o'z 

vaqtda  to'lash;

2.  Shartnom ada  nazarda  tutilgan  energiya  iste’mol  qilish  tartibiga 

rioya  etish;

3. Tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini 

ta ’minlash;

4.  O 'zi  fo y d a la n a d ig a n   e n e rg iy a   is te ’mol  q ilu v c h i  asbob  va 

uskunalarning  sozligini  ta ’minlash.

A b o n e n t  is h la tila y o tg a n   e n e r g e ti k a   ta r m o q la r i ,  a s b o b   va 

uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini ta ’minlashi, energiya 

ishlatishning  belgilangan  tartibiga  am al  qilishi,  shuningdek  avariyalar, 

yong'inlar,  energiyani  o'lchash  asboblaridagi  nosozliklar  va  energiyadan 

foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to'g'risida energiya 

bilan  t a ’minlovchi  tashkilotga  darhol  xabar  berishi  lozim.

Energiya  ta ’minoti  shartnomasiga  muvofiq  energiyadan  turm ushda 

foydalanadigan  fuqaro abonent  bo'lgan  taqdirda,  agar qonun  hujjatlarida 

boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, energetika tarm oqlari, shuningdek 

energiya  iste’molini  hisobga  olish  asboblarining  zarur  texnik  holati  va 

xavfsizligini  ta ’minlash  m ajburiyati  energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot 

zimmasiga  yuklatiladi.

Elektr  energiyasi  iste’molchilari  quyidagilarga  m ajbur:

- elektr energiyasi va iste’mol qilinadigan q u w a t uchun shartnomadagi 

miqdorning  kamida  30  foizi  miqdorida  oldindan  haq  to'lash  va  iste’mol

www.ziyouz.com kutubxonasi



qilingan  elektr  energiyasi  uchun  yakuniy  hisob-kitobni  hisob-kitob  oyi 

tugaganidan  so'ng  30  kun  mobaynida  amalga  oshirish;

-  energiya  ta ’minoti  tashkiloti  talabiga  ko'ra  quyidagilarni  hisobga 

olish  va  xabar  qilish:

-  h a r  sutkalik,  h ar  oylik  sarflar  va  iste’mol  qilinadigan  q u w atn in g  

haqiqiy  miqdori;

-  energiya  tizimining  eng  k a tta   va  eng  kichik  yuklamali  davrlarida 

reaktiv  energiya  va  q u w a tn in g   h a r  sutkalik  sarfi;

- energiya tizimining eng k a tta  yuklamasi vaqtida h a r 30  daqiqadagi 

aktiv  energiya  (q u w at)  sarfi.

E lek tr  energiyasi  iste’molchilari  energiya  ta ’m inoti  tashkilotidan 

quyidagilarni  talab  qilish  huquqiga  ega:

-  e le k tr  energiyasini  e le k tr  tarm oqlarining  bo'linish  chegarasiga 

shartnom ada  ko'rsatilgan  m iqdorda  yetkazib  berish;

- elek tr tarmoqlarining balans bo'yicha mansublik chegarasida elektr 

e n e rg iy a sin in g   sifat  k o 'rs a tk ic h la rin i  s h a rtn o m a   va  s ta n d a rtla rd a  

belgilangan  qiym atda  saqlash;

-  en e rg iy a   ta ’m inoti  tashkilotining  elek tr  tarm o q larin in g   rejali 

ta ’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta ’minlashdagi m um kin boigan 

uzilishlar  to'g'risida  ogohlantirish;

-  elektr  energiyasi  ta ’minoti  tashkiloti  bilan  kelishgan  holda  elektr 

energiyasi  iste’molining  oylik  shartnom aviy  miqdorini  choraklik  miqdor 

doirasida joriy yil mobaynida  2  m arta (1  va  2-oylarda  ular tugagungacha 

10  kundan  kechikmay)  qayta  taqsimlash.

Energetika  tarmoqlari,  asbob  va  uskunalarning  texnik  holatiga  va 

ularni  ishlatishga  qo'yiladigan  talablar,  shuningdek  ularga  rioya  etilishini 

nazorat  qilish  tartibi  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi.

A gar qonun hujjatlarida yoki energiya bilan ta ’minlash shartnomasida 

boshqacha tar tib nazarda tutilgan boim asa, energiya haqi abonent amalda 

qabul  qilgan  energiya  miqdori  uchun  to'lanadi.

A bonent  energiya  bilan  t a ’minlovchi  tashkilotdan  tutashtirilg an  

tarm oq  orqali  qabul  qilib  olgan  energiyani  boshqa  shaxs  (qo'shimcha 

abonent)  ga  faq at  energiya  bilan  t a ’minlovchi  tashkilot  roziligi  bilan 

berishga  haqli.

A g ar  qonun  h ujjatlarid a  yoki  energiya  ta ’m inoti  shartnom asida 

b o s h q a c h a   ta r tib   n a z a rd a   tu tilg a n   b o im a s a ,  a b o n e n t  to m o nid an  

energiyani qo'shim cha abonentga berish shartnomasiga nisbatan energiya 

ta ’minoti  shartnom asi  qoidalari  qoilanadi.

A gar qonun hujjatlarida boshqacha  tartib nazarda tutilgan boimasa,

www.ziyouz.com kutubxonasi




energiyani  qo'shimcha  abonentga  berish  chog'ida  abonent  energiya  bilan 

ta ’minlovchi  tashkilot  oldida  javobgar  bo'lib  qolaveradi.

Energiya ta ’minoti shartnom asi bo'yicha  m ajburiyatlar bajarilmagan 

yoki  lozim  darajada  bajarilm agan  hollarda  energiya  bilan  ta ’minlovchi 

tashkilot  yoki  abonent  shu  tufayli  yetkazilgan  haqiqiy  zararni  qoplashi 

shart.


A gar energiya  berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi 

sababli  energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot  tomonidan  qonun  hujjatlari 

asosida  iste’molni  tartibga  solish  natijasida  yuz  bergan  bo'lsa,  energiya 

bilan  t a ’minlovchi  tashkilot  a y b d o r  bo'lgan  taq d ird ag in a   shartno m a 

m ajburiyatlarini  bajarmagani  yoki  tegishli  darajada  bajarm agani  uchun 

javob beradi.

Energiya  berishdagi  uzilishlarga,  energiya  berishni  to'xtatish  yoki 

cheklashga taraflar kelishuviga muvofiq yo'l qo'yiladi. Abonentga qarashli 

en erg etik a  qurilm alarining  qoniqarsiz  ahvoli  av a riy a   xavfini  keltirib 

chiqarishi  m umkinligi  yoki  fu q aro lar  hayoti  va  xavfsizligiga  tah d id  

tug'dirayotgani davlat energetika nazorati organi tom onidan tasdiqlangan 

hollar  bundan  mustasno.  Energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot  abonentni 

energiya  berishdagi  uzilishlar,  energiya  berishni  to'xtatish  yoki  cheklash 

to'g'risida  ogohlantirishi  lozim.

Abonent  bilan  kelishmasdan  va  uni  ogohlantirm asdan,  biroq  unga 

darhol  xabar  bergan  holda  energiya  berishni  v aqtincha  uzib  qo'yish, 

to'xtatish  yoki  cheklashga  energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot  tizimida 

avariyaning oldini olish  yoki  uni  tugatish  uchun kechiktirib bo'lmaydigan 

choralarni  ko'rish  zarur  bo'lgan  hollarda  yo'l  qo'yiladi.

Energiya  ta ’minoti  shartnom asiga  muvofiq  energiyadan  turm ushda 

fo y d alan ad ig an   fu q aro   a b o n e n t  b o 'lgan   ta q d ird a   u  en erg iy a  bilan 

ta ’minlovchi  tashkilotga  m a’lum   qilish  va  foydalanilgan  energiya  haqini 

to'liq to'lash sharti bilan shartnom ani bir tomonlama bekor- qilish huquqiga 

ega.


Energiya  ta ’minoti  shartnom asiga  muvofiq  energiyadan  turm ushda 

foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda abonent o'zi foydalangan 

energiya  haqini  to'lamagani  tufayli  energiya  bilan  ta ’minlovchi  tashkilot 

shartnom ani bajar ishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega, bunda 

u shartnom ani bajarishdan bosh tortishdan kam ida  bir oy oldin abonentni 

bu  haqda  ogohlantirishi  lozim.

Energiya  ta ’minoti  shartnom asiga  muvofiq  yuridik  shaxs  abonent 

bo'lgan hollarda energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot abonent shartnom ani 

jiddiy  buzgan  taqdirda  shartnom ani  b ajarishdan  b ir  tom onlam a  bosh

www.ziyouz.com kutubxonasi




tortishga  haqli,  qonun  h ujjatlarid a  belgilab  qo'yilgan  hollar  bundan 

mustasno.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish