Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Prokuratura organlarining qonunlar ijrosi ustidan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

1.3. Prokuratura organlarining qonunlar ijrosi ustidan
nazorat faoliyatini tashkillashtirishi
Prokuratura organlarining um um iy nazorat faoliyatini tashkil 
etish to ‘g‘risida gapirib, shuni ta ’kidlash joizki, prokurorlik nazora- 
tining predm eti va doirasini aniq-ravshan belgilab olish m uhim
prinsiplardan biridir.
Um um iy nazorat faoliyatining ikkinchi m uhim sharti, bu — 
butun prokurorlik tizimi iyerarxiyalarini aniq-ravshan belgilash. 
Bu turli b o ‘g‘indagi prokurorlar ishida parallelizmning oldini oladi, 
shu bilan birga, qonunlarning aniq va bir xilda цго etilishi ustidan 
nazoratni am alga oshirishning asosiy y o ‘nalishlarini ko ‘zdan 
qochirmaslikka im kon beradi. Ya’ni:
• umumrespublika vazirliklari, qo‘mita va idoralari hamda jamoat 
tashkilotlari tom onidan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni Respublika 
Bosh prokuraturasi;
• viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri 
ijroiya hokimiyati va boshqaruvi, jamoat tashkilotlarining qonunlami 
ijrosi ustidan nazoratni — tegishlicha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Toshkent shahar prokuraturalari;
• shahar va tum an vakillik organlari, ijro hokimiyati va bosh- 
qaruv organlari, yuridik shaxslar, jam oat tashkilotlari tom onidan 
qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tum an, shahar va ularga 
tenglashtirilgan ixtisoslashtirilgan prokuraturalar amalga oshiradi;
harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar va muassasalar 
tom onidan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni harbiy prokuratura 
amalga oshiradi va shu kabilar.
Um um iy nazorat faoliyatini amalga oshirishda kamdan kam 
holatlarda yuqori turuvchi prokuror quyi prokuroming vakolatlarini 
o ‘ziga oladi. A m m o uning bunday vakolati qonunda m ustah- 
kamlangan.
U m um iy nazorat faoliyatining muvaffaqiyati ko ‘p jihatdan 
prokurom ing axborot bilan ta ’minlanganligi, qonuniylik holati va 
aniq nazoratga kiruvchi obyektlardagi huquqbuzarliklaming mavjud
24


b o ‘lishligidandir. Um um iy nazoratning samarasi, shuningdek, 
ushbu faoliyatni ham markazda, ham joylarda aniq rejalashtirishga 
bog‘liq. Umumiy nazoratning «qamrab b o ‘lmasligi»ga qaramasdan, 
prokurorlar o ‘tkir yo'nalishda ish olib borishlari kerak.
Umumiy nazorat prokuror faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida 
o ‘ziga xos xususiyati bor. Ya’ni um umiy nazoratda muvaffaqiyat 
ko ‘p jihatdan prokurorning shaxsiy tashabbusiga bog‘liq. Shu­
ningdek, tekshiruv o'tkazish obyektini aniqlash muhimdir. Bunda 
«anchadan beri borilmagan joy» emas, balki qonun buzilayotgan 
davlat va m ehnat intizom i noxush holatda b o ‘lgan obyektlar 
tanlanishi kerak.
Tekshiruvlar o ‘tkazishda ishni shunday tashkil qilish kerakki, 
bunda, nafaqat, qonun buzilishlari, balki ularga sharoit yaratgan 
sabablarni ham aniqlash lozim. Bunda prokurorga jalb qilingan 
mutaxassislar yordam beradi.
Um umiy nazorat sohasidagi yangi qonunchilik bilan, ayniqsa, 
tum an va shahar bo ‘g‘ini prokurorlarini o ‘z vaqtida hamda to ‘liq 
tanishtirish m uhim ahamiyatga ega. Bu, asosan, yuqori turuvchi 
prokurorlar tom onidan o ‘tkaziladigan sem inar mashg‘ulotlarida 
amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda yangi qabul qilingan qonun va 
qonunosti hujjatlarining nisbati murakkab m e’yorlariga tushuntirish 
(sharh) beriladi. Bu ish faolroq o'tkazilishi kerak. Negaki, hozirgi 
vaqtda amal qiluvchi qonunchilik, jum ladan, xo‘jalik, tijorat, tad- 
birkorlik huquqi sohalaridagi qonun va qonunosti hujjatlariga faol 
o'zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jadal islohotlar davrida prokuratura idoralarining um um iy 
nazorat faoliyatini zam on talablariga javob bera oladigan darajaga 
ko‘tarish lozim. Prokurorlar faoliyatida tashabbuskorlik, fuqarolar 
va mulkdorlar, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda 
huquqlilik, adolatparvarlik, qonunbuzarlikka qarshi murosasizlik 
talab qilinadi. Respublikamiz iqtisodiyotini, mulkchilikning barcha 
shakllari va tabiiy boyliklari, aholi iste’mol huquqlarini himoya 
qilishga, davlat va m ehnat intizomini mustahkamlashga, tabiatni 
m uhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning bajarilishi ustidan 
nazoratni kuchaytirish zarur.
U m um an, prokuratura idoralarining um um iy nazorat faoliya- 
tidagi m uhim vazifalari belgilab olinishi kerak. Umumiy nazorat 
tartibida o ‘tkazilgan tekshirishlarda yuzakichilikka, sifatsiz va 
natijasiz tekshirishlar sonini kamaytirish, rasmiyatchilik kabi holat- 
larga barham berish, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli ta ’sir
25


choralari ko‘rish, jazoning muqarrarligini ta ’minlashda qat’iyatchiiik 
talab etilishi, masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat idoralari 
ta ’siriga berilib qolish, m ahalliychilik, o sh na-og‘aynigarchilik 
illatlariga barham berish lozimligi ko'rsatilgan. Shuningdek, umumiy 
nazorat b o ‘limlari va bu soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni 
tanlash, joy-joyiga qo‘yishga e’tibor berish, xodimlar qo‘nimsizligi, 
ularni boshqa sohalarga jalb etilishiga chek qo‘yish zarurligi proku- 
rorlarning e ’tiboridan chetda qolmasligi lozim.
Qonunlarni aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni barcha 
subyektlarga nisbatan kuchaytirilishi belgilandi. Buyruqda proku­
rorlar o ‘z vakolatlarini amalga oshirganlarida mustaqil b o iish lari 
va faqat qonunga bo ‘ysunishlari, qonun buzilishlarini o ‘z vaqtida 
aniqlashi va oldini olishi, ularga nisbatan tegishli ta ’sir choralari 
qo‘llash, buzilgan huquqlarning tiklanishiga erishishlari lozim.
Iqtisodiyot sohasidagi idora va tashkilotlar tomonidan qonunlarga 
rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish ko‘rsatildi. Ayniqsa, 
respublika agrosanoat kompleksi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga 
qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni ofib borishda e ’tibor 
bilan yondashish belgilandi.
B undan tashqari, quyidagi yo‘nalishlardagi prokurorlik nazo- 
ratini kuchaytirish kerak:
• tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan 
nazorat;
• tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga oid qonunlar 
ijrosi ustidan nazorat;
• davlat va xo ‘jalik intizom ini m ustahkam lashga qaratilgan 
qonunlar ijrosi ustidan nazorat;
• tashqi iqtisodiy faoliyatga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat;
• transportga oid qonunlar ijrosi ustidan nazorat;
• m ulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, 
korxonalarga oid q o n u n lar (aksionerlik jam iyatlari, q o ‘shm a, 
kichik, xususiy korxonalar) ijrosi ustidan nazorat;
• din va vijdon erkinligi, davlat tiliga oid qonunlar ijrosi ustidan 
nazorat;
• aholini ish bilan ta ’minlash va m ehnat to ‘g‘risidagi qonunlar 
ijrosi ustidan nazorat;
• fuqarolaming murojaatlari to £g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan 
nazorat;
• vakolatli idora (shaxslar) tom onidan fuqarolam i m a’muriy 
javobgarlikka tortishga oid qonunlar ijrosi ustidan nazorat;
26


• 
iste’molchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, soliq, 
bojxona, bank va bank faoliyati hamda bankrotlik to ‘g‘risidagi 
qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va boshqalar.
Buyruq, shuningdek, um um iy nazorat tartibidagi tekshiruvlar 
uslubini takomillashtirish, prokuror huquqiy ta ’sir hujjatlari sifat- 
liligini, qonun buzilishlari sabab va shart-sharoitlarini aniqlash; 
ularni bartarf btilishi va oldi olinishi, qonunni buzgan shaxslarga 
chora ko‘rilishiga erishish, umumiy nazoratda oshkoralik, ayniqsa, 
ommaviy axborot vositalari ishtirokidan foydalanish belgilandi.
Bundan tashqari, qonun buzilishlari va ularga ko‘maklasha- 
yotgan shart-sharoitlarni tamomila bartaraf etish maqsadida nazorat 
tartibida takroriy tekshirishlarni o ‘tkazish am aliyotidan keng 
foydalanish lozimligi uqtirilgan. Umumiy nazorat faoliyatini amalga 
oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi va tekshiruv-nazorat idoralari 
bilan ham korlikni kengaytirish zarur, degan ko ‘rsatm a ham
buyruqdan o ‘rin olgan. Tegishli idoralardan qonuniylik haqidagi 
m a’lum otlam i olib, ulardan umumiy nazorat faoliyatini rejalash- 
tirishda foydalanish lozimligi belgilangan.
U m um iy nazorat faoliyatini tashkil etishda quyi, ayniqsa, 
tum an-shahar prokuraturalariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsa- 
tish, prokuratura idoralarining o ‘zaro hamkorligi, xodimlar mala- 
kasini oshirib borish masalalariga e’tibor berish 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Bosh prokurorining tegishli buyruq, ko‘rsatma va nizomlarida 
ko‘rsatib o ‘tilgan.
Prokuratura organlarining turli darajalarida qonunlar ijrosi ustidan 
nazorat faoliyatini tashkillashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining «Q onun ustuvorligini ta ’minlashda prokuratura 
idoralarining umumiy nazorat faoliyatini tashkil etish, uning sifatini 
va samaradorligini oshirish haqida»gi 1997-yil 28-maydagi 4-buyrug‘i 
bilan hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi hay’atining 
1993-yil 9-iyundagi 15-qarori bilan m a’qullangan «Umumiy nazorat 
boshqarmasi to ‘g‘risida»gi Nizom bilan tartibga solingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi 
«Qishloq xo‘jaligida islohotlami amalga oshirishga qaratilgan qonun­
lar ijrosini ta ’minlashga oid qo ‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g‘risi- 
da»gi 3406-sonli Farm oni bilan prokuratura organlarining yangi 
tuzilmasi tasdiqlanganligi hamda ayrim tarkibiy tarm oqlar faoliyati 
va nom lanishidagi o ‘zgarishlar m unosabati bilan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 12-martdagi « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi prokuraturasi organlarining ayrim tarkibiy tuzilma-
27>


larini tugatish va qayta tashkil etish to ‘g ‘risida»gi 1-buyrug‘i qabul 
qilingan b o ‘lib, ushbu buyruqqa asosan:
«Umumiy nazorat boshqarmasi» tugatilib, uning o ‘rniga «Fuqa­
rolam ing huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat m anfaatlarini 
himoya qilish boshqarmasi» tashkil qilindi. Uning tarkibida «Qishloq 
xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta ’minlash va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning huquqlarini him oya qilish b o ‘limi» tuzildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining «Fuqarolam ing 
huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish 
boshqarm asi to ‘g ‘risida»gi N izom ni tasdiqlash haqida 2004-yil 
12-aprelda 3-buyrug‘i chiqarilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasida «Fuqarolaming huquq 
va erkinliklari, jam iyat va davlat m anfaatlarini him oya qilish 
boshqarmasi» tashkil etilib, respublika hududida qonunchilikni aniq 
va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi va amalga 
oshiradi. Unga boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi. «Fuqarolaming 
huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlqfini himoya qilish 
boshqarmasi» o ‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitu- 
tsiyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi 
Q onuni, Prezident Farm onlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi proku- 
raturasi hay’ati qarorlari va Bosh prokurom ing buym q, farmoyish- 
lari ham da qayd etilgan Nizomga asoslangan holda amalga oshiradi.
«Fuqarolaming huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaat­
larini himoya qilish boshqarmasi» tarkibida berkitilgan mavzu bo ‘yi- 
cha prokuror nazoratini tashkil etuvchi boshqarma boshlig‘ining 
muovinlari, boshqarma katta prokurorlari xizmat qilishadi. «Fuqaro­
laming huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya 
qilish boshqarmasi» o ‘z faoliyatini respublika prokuraturasi boshqar­
ma va bo ‘limlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
tarmoq va davlat nazorat idoralari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
«Fuqarolaming huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat m anfaat­
larini himoya qilish boshqarmasi» faoliyati mavzu-mintaqaviy tarzda 
0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi va boshqarm aning joriy va 
istiqbolga m o‘ljallangan rejalari asosida tashkil etiladi.
Quyi prokurorlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish borasida 
quyidagi vazifalami amalga oshiradi:
• um um iy nazoratni m a’lum otlar bilan ham da uslubiy tavsiyalar 
bilan ta ’minlash;
• joylarda uslubiy va amaliy yordam berish yo‘li bilan tekshi­
rishlar o ‘tkazish;
28


• quyi prokurorlarga umumiy nazoratni tashkil etish masalalariga 
bag'ishlangan umumlashtirishlar, tahlillar, axborotnoma va tavsiya- 
nom alar ishlab chiqish va yo‘llash, kiritilayotgan taqdimnoma, 
protest, ariza va ogohlantiruvlarning sifatini ko‘tarish, xodimlarga 
o ‘z vazifalarini bajarishda amaliy yordam berish;
• boshqa bo ‘linmalar bilan birgalikda prokuratura xodimlarining 
kasb mahoratini oshirish va qayta tayyorlash.
Viloyat prokuraturalarida «Fuqarolaming huquq va erkinliklari, 
jamiyat va davlat m anfaatlarini himoya qilish bo‘limlari» mavjud 
bo‘lib, bevosita viloyat prokuroriga bo ‘ysunadi. Tum an, shahar 
prokuraturalarida prokuror yordamchisi tom onidan qonunlar ijrosi 
ustidan nazorat vazifasi amalga oshiriladi. Prokuror yordamchisi 
tom onidan amalga oshiriladigan prokuror vakolatlari bevosita 
tegishli prokuror rahbarligi asosida bajariladi.
Fuqarolaming huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaat­
larini himoya qilish yuzasidan prokurorlik faoliyatini samaradorligini 
oshirish to ‘g‘risida 2004-yil 22-iyunda Bosh prokurorning 25-buy- 
rug‘i qabul qilingan b o ‘lib, unga ko‘ra, mamlakatimizda ijtimoiy- 
iqtisodiy va siyosiy sohalarda tubdan o ‘zgarishlar amalga oshirilayot- 
gan bir paytda prokuratura organlari zimmasiga huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish hamda demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda 
muhim va m as’uliyatli vazifalar yuklatilganligi qayd etilgan.
Prokuratura organlari fuqarolaming konstitutsion huquqlarini 
himoya qilish, davlatning iqtisodiy asosini yanada mustahkamlash, 
bozor munosabatlari ishtirokchilarining mulkiy huquqlarini m uho- 
fazalash, ularning xo‘jalik-huquqiy aloqalarini takomillashtirishga 
salmoqli hissa qo‘shayotganliklari ta ’kidlangan.
Shu bilan bir qatorda, fuqarolaming buzilgan huquqlarini tik- 
lash, jam iyat va davlat m anfaatlarini muhofaza qilish, qonun 
buzilishining kelib chiqishiga sabab b o ‘lgan shart-sharoitlarni bar- 
taraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar har doim ham kutilgan 
natijani bermayotganligi qayd etilgan.
Qonuniylikni mustahkamlash ham da fuqarolaming huquq va 
erkinliklari, jam iyat va davlat manfaatlari himoyasini ta ’minlash 
maqsadida qabul qilingan buyruqda:
1. 
0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari nazorat 
faoliyatining m uhim vazifasi — respublika hududida qonun 
ustuvorligini ta ’minlash, inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy, shaxsiy huquqlari ham da erkinliklarini, barcha millat va
29


elatlarning teng huquqliligini, jamiyatda ijtimoiy adolat va qonuniy- 
likni mustahkamlash, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
tu zum in i jam iyat va davlatning qon u n bilan q o ‘riqlanadigan 
m anfaatlarini himoya qilishdan iborat deb hisoblansin.
2. 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, tum an (shahar)lar 
va ularga tenglashtirilgan prokurorlar nazorat faoliyatini amalga 
oshirishda:
2.1. Mamlakat hududida barcha huquq subyektlari, ular kimga 
b o ‘ysunishidan, kimning tasarrufida b o ‘lishidan va mulkchilik 
shaklidan qat’i nazar hamda barcha mansabdor shaxslar tom onidan 
qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishga majbur ekanliklari, ya’ni 
qonun talablarini hech qanday vaziyatda har xil talqin qilishga 
yo‘l qo'ym aslikni. qonunlar qaram a-qarshiligi holatlarida oliy 
yuridik kuchga ega b o ‘lgan Konstitutsiya normalari hamda um um - 
e ’tiro f etilgan xalqaro huquq norm alari to ‘g‘ridan to ‘g‘ri amal 
qilishligi e ’tiborga olinsin.
2.2. Prokuror nazorati davlat idoralari, jam oat birlashmalari 
va m ansabdor shaxslardan mustaqil va faqat qonunga asoslanib 
olib borilsin va qonun buzilishlar kim tom onidan sodir etilishidan 
q at’i nazar, o ‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, 
qonunni buzgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda 
tegishli choralar q o ‘llanishiga, buzilgan huquqlarining amalda 
tiklanishiga erishilsin.
2.3. Iqtisodiy, ijtimoiy va m a’naviy islohotlami chuqurlashtirishga 
qaratilgan Qonunlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farm on- 
lari va hukum at qarorlarining ijrosi ustidan ta ’sirchan va doimiy 
nazorat olib borish ustuvor yo'nalishlardan biri deb hisoblansin.
2.4. Shaklidan q at’i nazar, mulkdorlarning qonuniy m anfaat­
larini himoya qilish, ular va davlatga yetkazilgan zararlami o‘z vaq­
tida va to liq undirish, tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy huquq 
va erkinliklarini qo‘riqlash bilan birgalikda iqtisodiy m unosabat- 
lardagi har qanday huquqbuzarliklarga qarshi kurashda mansabdor 
shaxslar, m ahalliy hokim iyat, boshqaruv organlari, tekshiruv- 
nazorat idoralarining m as’uliyatini oshirishga qaratilgan huquqiy- 
normativ hujjatlaming aniq bajarilishi prokuror nazoratining diqqat 
m arkazida bo ‘lishi ta ’minlansin.
2.5. Respublika agrosanoat kom pleksini, ijtim oiy-iqtisodiy 
rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni olib 
borishda: yer, suv va o ‘rm on boyliklari, qishloq xo‘jaligi va chorva-
30



Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish