Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali



Download 202,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.12.2022
Hajmi202,52 Kb.
#888525
1   2
“Eng oliy adolat bu vijdondir!” 
Shavkat Mirziyoyev 
Bugungi kunda yurtboshimiz boshlichiligida sud tizimida amalga 
oshirilayotgan islohotlar inson qadri tamoyili konseptsiyasi asosida olib 
borilayotgani hamda ushbu islohotlar to‘g‘riligi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Olib 
borilayotgan sud-huquq islohotlari qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida 
tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy 
prinsiplar poydevoridir. 
Yuqoridagi muammoli vaziyatni kengroq tahlil qilishimiz uchun bir qator 
savollarga javob berishimiz lozimdir. 
Birinchi, o‘zi jazoni ijro etish muassasasi deganda qanday joyni tushunishimiz 
mumkin? 
Ikkinchi, jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumlarning huquqlari, 
erkinliklari va burchlari nimalardan iborat? 
Uchinchi, xristian diniga mansub mahkum D.ning jazoni ijro etish muassasida 
diniy marosim o‘tkazishi mumkinmi? 
To‘rtinchi, jazoni ijro etish muassasasi rahbaryatining rad etishi qanchalik 
o‘rinli? 
Endi biz muammoli masalani yechish davomida, muhim jihatlardan biri, 
kazusni qaysi manbalardan foydalangan holda yechishimiz mumkin? Biz quydagi 
manbalardan foydalanamiz: 
Birinchi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 
Ikkinchi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi; 
Uchinchi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharh; 
To‘rtinchi, Jinoyat-ijroiya huquqi (B.Axrarov, N.Salayev) darslik. 
Bizga ma’lumki jazoni ijro etish muassasasi deganda, sud hukmiga ko‘ra 
belgilangan jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlarda aytiladi. Jazolarning 
turlariga qarab bu jazolarni ijro etuvchi organ va muassasalar bir-biridan farq qiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga binoan, jarima tariqasidagi 


jazo sud tomonidan, ozodlikdan mahrum qilish, qamoq, axloq tuzatish ishlari, oʻlim 
jazosi ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish esa, 
Ichki ishlar vazirligi qoshidagi jazolarni ijro etishning bosh boshqarmasi tashkil 
qiladigan jazolarni ijro etish koloniyalari, turma qamogʻi va tarbiya koloniyalari 
tomonidan, qamoq jazosi, qamoq uylari va tergov izolyatorlari tomonidan, axloq 
tuzatish ishlari bo‘lsa, ichki ishlar organlarining inspeksiyalari tomonidan ijro 
etiladi. Axloq tuzatish ishlarini ijro etishda korxona va tashkilotlar maʼmuriyati 
yordam beradi.
Bundan tashqari muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hukm talabi, 
mahkumning ish joyidagi maʼmuriyat tomonidan, shuningdek, tegishli faoliyat 
turlari bilan shugʻullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar 
tomonidan ijro etiladi. Harbiy xizmatchilarga nisbatan, xizmat boʻyicha cheklash 
tariqasidagi jazo ular xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlar va 
muassasalarning qoʻmondonligi tomonidan, intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi 
jazo, maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan 
tashqari tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini, shuningdek, voyaga yetmaganlarga 
nisbatan majburlov choralarini qaysi muassasalar qay yoʻsinda ijro etishi ham 
belgilab qoʻyilgan.
Jazoni ijro etish muassasasi va organlari ham O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat-ijroiya kodeksining 14-moddasida quyidagicha keltirilgan: 
“Jarima tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish 
ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa 
organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm 
talabi mahkumning ish joyidagi ma’muriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar 
tomonidan ijro etiladi. 
Harbiy xizmatchilarga nisbatan: 


xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni 
o‘tayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qo‘mondonligi 
tomonidan; 
intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy 
qismlar tomonidan ijro etiladi. 
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo 
mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi”.
1
Qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlardan kelib chiqib, jinoyat sodir 
etgan shaxslarga, sud hukm chiqarishdan maqsad, ularni qonunga itoatkor ruhda 
tarbiyalash, ularni jamiyatga, mehnatga, an’analarga hurmat munosabatini o‘rgatish 
va shakllantirishdan iboratdir. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-ijroiya kodeksining 7-moddasida aniq qilib aytib o‘tilgan. Ushbu moddada 
quydagicha keltirilgan: 
“Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni
insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat 
munosabatini shakllantirishdan iborat. 
Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va 
o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, 
umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi va jamoat ta’siri kiradi. 
Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati 
va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini 
inobatga olgan holda qo‘llaniladi”
2

Bizni yuqoridagi muammoli masalamizga keladigan bo‘lsak, jazoni ijro etish 
muassasidagi mahkum D.ning diniy marosim o‘tkazish uchun, jazoni ijro etish 
muassasi rahbaryatiga kiritgan taklifi rad etiladi. Jazoni ijro etish muassasi 
rahbaryati rad javobini berishi o‘rinlimi?
Bizni fikrimizcha berilgan taklifi o‘rinli hisoblanadi. Chunki har bir fuqaro, 
shaxs irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar hohlagan diniga e’tiqot 
1
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. 14-modda. 
2
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. 14-modda. 


qilishi mumkindir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Inson 
huquqlari to‘g‘risidagi umumjahon deklaratsiyasi, Inson huquqlari to‘g‘risidagi 
xalqaro bill va shu kabi boshqa qonun va qonun osti hujjatlar mavjud. 
Bizning 
bosh 
qomusimiz 
bo‘lgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 31-moddasini ko‘rib o‘tishimiz mumkin. 31-moddada shunday 
diyiladi: 
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga 
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”
3
.
Yuqorida bosh qomusimizda keltirilgan havoladan ko‘ramizki, fuqaro dinga 
e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va 
marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta’lim olishga nisbatan 
o‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Biroq bazi holatlar borki, o‘z diniga e’tiqod qilish yoki ishonish 
erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, jazoni ijro etish muassasidagi 
mahkum D.ning qilgan taklifi bir tomondan o‘rinli ham hisoblanadi. Ammo 
mahkum D ba’zi bir masalalarda oshirib ham yuborgan. 
Bu holatda biz mahkum D.ni taklifiga ko‘ra, holat yuzasidan aniq ma’lumotga 
ega bo‘lmaganimiz tufayli ikki holat yuzasidan ko‘rib chiqamiz.
Birinchi holatda jazoni ijro etish muassasidagi mahkum D.ning qilgan 
murojaati yuzasidan, jazoni ijro etish muassasi rahbaryati rad javobini beradi. Bu 
rad javobi noo‘rin bergan. Yuqoridagi havolalarda ko‘rdik, inson hohlagan diniga 
e’tiqod qilishi mumkinligini. Odamda, bu jazoni ijro etish muassasasi degan savol 
tug‘uladi. Agar bunday bo‘lsa, nima bo‘ladi?
Bu savolga javob berishimiz uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-
ijroiya kodeksiga murojaat qilamiz. U yerda mahkumlarga bo‘lgan huquqlari, 
erkinliklar, majburyatlari haqida keltirilgan. Mahkumlar yuridik yordam olishni 
ta’minlash, shaxsiy xavfsizlik huquqi, vijdon erkinligini ta’minlash kabi huquqlarga 
3
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 31-modda. 


egadir. Mahkum D.ni qilgan murojati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-ijroiya kodeksining 12-moddasini ko‘rib o‘tamiz: 
“Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e’tiqod 
qilishga yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikka haqli. 
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxslar huzuriga, 
ularning iltimosiga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy 
birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado 
etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga 
ruxsat etiladi. 
Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy bo‘lib, bu narsa jazoni ijro etuvchi 
muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim”
4

Ushbu moddada ko‘rishimiz mumkinki, mahkum D.ning jazoni ijro etish 
muassasida diniy marosim o‘tkazish huquqi, diniy ruhoniyni chaqirishni iltimos 
qilishi va kerak bo‘ladigan diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Lekin 
bu diniy marosim, jazoni ijro etish muassasi ichki tartib qoidalarini buzmasligi 
kerak.
Mahkum D.ning murojaatiga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasi rahbaryati ruhsat 
berishi kerak edi.
Masalani ikkinchi tomonini ko‘radigan bo‘lsak, jazoni ijro etish muassasi 
rahbaryati, mahkum D.ni murojaatiga rad javobini berib to‘g‘ri ham qilgan. Chunki 
mahkum D boshqa mahkumlarning ham ushbu marosimda ishtirok etishini 
taʼminlashni so‘rab murojaat qiladi. Mahkum D.ning bu murojaati noo‘rin 
hisoblanadi. Biz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ko‘rib 
o‘tdikki, har bir shaxs xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin, bunga hech kim 
to‘sqinlik qilishga haqqi yo‘q. Mahkum D boshqa mahbuslarni diniy marosimda 
qatnashishini taminlashini so‘rashi mumkin emas. Diniy marosimda qatnashish yo 
qatnashmaslik, boshqa mahbuslarning vijdon erkinligidir. Jazoni ijro etish muassasi 
4
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. 12-modda. 


rahbaryati mahkum D.ni qilgan murojaati yuzasidan, rad javobini berib, bir 
tomondan to‘g‘ri ham qilgan.
Biz yuqoridagi barcha ma’lumotlarni umumlashtirgan holda xulosa qilib shuni 
aytishimiz mumkinki, mahkum D jazoni ijro etish muassasasi rahbaryatiga 
qilgan murojaati yuzasidan rahbaryatni bergan rad javobi to‘g‘ri. Bu haqida 
yuqorida ma’lumotga ega bo‘ldik. Shuni aytamiz jazoni ijro etish muassasasi 
rahbaryati rad javobini berib to‘g‘ri qilgan.


Foydalanilgan adabyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi; 
3. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi; 
4. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish 
turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash 
to‘g‘risida” gi buyuruq Toshkent sh. 2012 yil 29 dekabr, 174-son; 
Foydalanilgan veb-sahifalar: 
1. www.lex.uz 
2. www.sud.uz 
3. www.ziyonet.uz 
4. www.tsullibery.uz 

Download 202,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish