Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


XIII BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR



Download 0,94 Mb.
bet6/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

XIII BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR

13.1. Jinoyat protsessida protsessual muddatlarning tushunchasi, ahamiyati va turlari……………………………………………………………..….414


13.2. Protsessual muddatlarni hisoblash, uzaytirish va tiklash…………418
13.3. Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar tushunchasi va turlari...420
13.4. Protsessual chiqimlarni undirish tartibi…………………………..426


Glossariy……………………………………………………………..…430
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………476
KIRISH
Mustaqillik yillari davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sud hokimiyatining xolis, mustaqil tarmoq sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini taminlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi.
Bu boradagi milliy qonunchiligimizning xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan normalariga muvofiqligini ta`minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator xalqaro konvensiyalar va boshqa xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi.
Hozirgi kunda Respublikamizda davlat, jamiyat va iqtisodiyot sohalarini takomillashtirish borasida ko‘plab farmon, qonun va qarorlar qabul qilinmoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatning adolatliligi, qonuniyligi va xolisligi shundaki, qabul qilinayotgan tarixiy hujjatlar oddiy xalqning fikri, uning xohish-irodasi, azaliy orzu va maqsadlarini ifoda etib, ularnig asosiy mazmun-mohiyati inson manfaatlarini mustahkam muhofaza qilishdan iborat.
Jumladan, 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘zining mohiyatan tarixiy bo‘lmish “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da alohida ta’kidlaganlaridek “...sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini taminlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi1”.
Bu borada sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarining liberallashtirilishi islohotlarning muhim yo‘nalishi bo‘ldi. Xususan, jinoyat ishlari yurituvi amaliyotiga yarashuv instituti joriy etildi, sudlarning iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish o‘rniga jarimalar tarzidagi jazolarni qo‘llash imkoniyatlari kengaytirildi. Sud ishlarini yuritish tizimida adolat, jazoning muqarrarligi tamoyili va o‘zgacha demokratik tamoyillar mustahkamlanishini ta’minlovchi boshqa qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Sudlarning vakolatlari izchil kengaytirib borilib, odil sudlovni amalga oshirishda ular xolisligining va mustaqilligining kafolatlari mustahkamlandi. Shuningdek, sudlar tuzilmasini, ular faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, kadrlar zaxirasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga ko‘maklashdi, sud`yalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taminlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida dastlabki tergov organlari ustidan sud nazorati joriy etildi. Milliy qonunchiligimizga “Xabeas korpus” instituti joriy etildi – qamoqqa olishga sanksiya berish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish protsessual majburlov choralarini qo‘llash, murdani eksgumatsiya qilish va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash kabi tergov harakatlarini amalga oshirishga ruxsat berish huquqi prokurorlardan sudlarga o‘tkazildi, uy qamog‘i ehtiyot chorasi joriy etildi.
Huquqni qo‘llash tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, odil sudlovni amalga oshirish protsessual asoslarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar odil sudlovning muqarrarligini, tezkorligini taminlashga, qonuniylikni taminlashda sudning rolini oshirishga ko‘maklashdi.
Prokuror va advokatning jinoyat protsessining barcha bosqichlaridagi tortishuvi tengligini, sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida advokatura mustaqilligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ish yuzasidan ayblov xulosasini o‘qib eshittirish singari huquqlarni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar jinoyat-protsessual qonuniga kiritildi. Bu esa sudning obyektivligi, xolisligini taminlashga, jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayonida tortishuv tamoyilining kuchayishiga ko‘maklashdi. Kassatsiya va nazorat institutlari tubdan isloh etildi, apellyatsiya instituti joriy qilindi.
Bugungi kunda ham mamlakatimizni demokratik yangilashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – huquq ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini izchil yaxshilashdan iboratdir. Jumladan, Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Bu borada asosiy e’tibor nafaqat qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, balki inson manfaatlariga xizmat qiladigan va ularning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarini ta’minlaydigan amaliy ishlarni amalga oshirishga qaratildi.
Zero, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, Konstitutsiyamizda oliy qadriyat sifatida belgilab qo‘yilgan inson huquqlarini taminlash masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi2.
Shu nuqtayi nazardan qonun ustuvorligini taminlash borasida asosiy e’tibor inson manfaatlariga xizmat qilish, uning huquq va erkinliklarini chinakam himoya qilishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish, shuningdek mazkur qonunlarni butun mamlakatimizda samarali amal qilishiga qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 7-fevralidagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan
“2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ular doirasida fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ishlash tizimini takomillashtirish, odil sudlovga to‘sqinliklarsiz erishish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatida fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimi va kafolatlarini yaratish vazifalari aniq belgilangan.
Binobarin, milliy qonunchilik bazasini uzluksiz ravishda isloh etish jarayonida tubdan yangi yuridik o‘quv adabiyotlarini tayyorlash ehtiyoji nihoyatda oshmoqda. O‘quv adabiyotlari ham doimiy ravishda yangilanib borishi, jinoyat-protsessual fanining va sud-tergov amaliyotini real holatini aks ettirishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, mazkur darslik Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda hozirgi jinoyat ishlari yurituvining so‘nggi yutuqlari inobatga olingan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek maxsus o‘quv va ilmiy adabiyotlar (milliy va xorijiy) tahlili asosida tayyorlangan.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish