Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Экономическая теория: Учебник / Изд., испр. и доп. Под общ. ред



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet754/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   750   751   752   753   754   755   756   757   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

Экономическая теория: Учебник / Изд., испр. и доп. Под общ. ред.

 

акад. В. И. Видяпина, А. И. Добрынина, Г. П. Журавлевой, JI. С. Тарасевича.



-  М.: ИНФРА-М, 2005, с. 469

531


Sikllarning asosiy turlari

19.1-jadval

Sikl turlari

Siklning

davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli



2 -4

 yil


Zaxiralar miqdori —>YaMM, infly- 

atsiya, bandlikning tebranishi, tijorat 

sikllari

Juglar sikli

7-1 2-yil

Investitsion sikl —»YaMM, inflyat- 

siya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli



16-25-yil

Daromad —Mmmigratsiya —»uy-joy 

qurilishi -^yalpi talab ->daromad

Kondratev

sikli

40-o0-yil



Texnika taraqqiyoti, tarkibiy 

o‘zgarishlar

Forrester sikli

200-yil


Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000-yil

Sivilizatsiyalaming rivojlanishi



Kitchin  sikli 

zaxiralar  sikli  deb  ham  nomlanadi.  Bunda  Jozef 

Kitchin  (1926-yil)  o‘zining  e’tiborini  tovar  zaxiralarining  harakat 

chog‘idagi  moliyaviy  hisoblar  va  sotish  narxlarini  tahlil  qilish  aso­

sida  2  yildan  4  yilgacha  davr  davomidagi  qisqa  toMqinlarni  tadqiq 

qilishga qaratadi.  Ayniqsa,  u  siklning  davomiyligini jahondagi  oltin 

zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3  yilu 4 oyga teng, deb 

hisoblaydi.  Biroq  qisqa  muddatli  sikllar  sabablarining  bunday  izohi 

bugungi kunda ko‘pchilik iqtisodchilami qoniqtirmaydi.

Juglar sikli 

«biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «kat­

ta  sikl»  kabi  nomlar  bilan  ham  ataladi.  Oldingi  davrlarda  iqtisodiy 

fan 7-12-yillik sikllami  ajratib ko‘rsatganligi tufayli,  aynan shu  sikl 

Fransiya, Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tebranish- 

lami asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga 

katta  hissa  qo‘shgan  Klement  Juglar  (1819-1905-yillar)  nomi bilan 

ataladi.


Birinchi  sanoat  sikli  1825-yiliAngliyada  metallurgiya  va  boshqa 

yetakchi  tarmoqlarda  mashinali  ishlab  chiqarish  hukmron  mavqeni



532


egallagan  davrda kuzatiladi.  1836-yildagi  inqiroz  dastlab Angliyada 

boshlanib, keyin AQSHga ham tarqaladi,  1847-1848-yillarda AQSH 

va  qator  Yevropa  davlatlarida  boshlangan  inqiroz  tub  mohiyatiga 

ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.

Agar XIX  asrda  sanoat  sikli  10-12-yilni  tashkil  qilgan  bo‘lsa,  XX 

asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.

AQSH va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sano­

at  siklini  boshdan  kechirgan  bo‘lib,  ulardan  yettitasi  ikkinchi jahon 

urushidan keyin ro‘y bergan.

Kuznets  sikli 

ko‘phollarda  «qurilish  sikli»  deb  ham  nomlanib, 

20-yilgacha bo'lgan  iqtisodiy  tebranishlar bilan  aniqlanadi.  Saymon 

Kuznets  o'zining  «Milliy  daromad»  (1946  y.)  nomli  kitobida milliy 

daromad,  iste’mol  sarflari,  ishlab  chiqarish  maqsadidagi  uskunalar 

hamda  bino  va  inshootlarga  yalpi  investitsiyalar  ko‘rsatkichlarida 

20-yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib ber­

gan.  1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi 

sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.

K ondratev  sikli  «uzoq  to‘lqinlar»  sikli  deb  ham  ataladi.  Siklli- 

likning  bu  nazariyasini  ishlab  chiqishga  rus  olimi N.  D.  Kondratev 

katta  hissa qo'shgan.  Uning  tadqiqoti  Angliya,  Fransiya  va  AQSH- 

ning  100-150-yil  davomidagi  rivojlanishini  qamrab  olgan.  Bunda u 

iqtisodiy  o‘sishning  ko‘p  omilli  tahlilini  o ‘tkazib,  ya’ni  tovar narx­

lari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi 

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming o ‘rtacha darajasini umumlashtirish 

natijasida bir qator katta sikllami ajratib ko‘rsatadi.

I-sikl:  1787-1814-yillar-ko‘taruvchi to‘lqin;  1814-1851-yillar- 

pasaytiruvchi to‘lqin.

II-sikl:  1844—1851-yillar -  ko‘taruvchi  to‘lqin;  1870-1896-yillar

-  pasaytiruvchi to‘lqin.

III-sikl:  1896-1920-yillar -  ko‘taruvchi to‘lqin.

Kondratev  siklining  davomiyligi  o‘rtacha  40-60-yilni  tashkil 

qiladi  va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti  hamda tarkibiy 

o ‘zgarishlami  o‘zida  aks  ettirishi  hisoblanadi.  Kondratev  birinchi 

katta  siklning  yuksalish  fazasini  Angliyadagi  sanoat  revolyutsiyasi, 

ikkinchisini  -   temir  yo‘l  transportining  rivojlanishi,  uchinchisini  -

533



elektrenergiyasi,  telefon  va  radioning  kashf etilishi,  to‘rtinchisini  -  

avtomobil  sanoatining  rivojlanishi  bilan  bog‘laydi.  Hozirgi  zamon 

tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikro- 

protsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi.

Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqti­

sodiyotning  hamma  sohalariga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Iqtisodi­

yot tarkibiy  qismlarining  o ‘zaro  bog‘liqligi  sababli  uning  hech bir 

sohasi inflyatsiya to ‘lqini yoki turg‘unlikning nohush oqibatlaridan 

chetda qolmaydi. Ammo shuni e ’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl 

alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga 

turli  darajada ta’sir ko‘rsatadi.  Odatda  iqtisodiy  inqirozlardan  sanoat­

ning  ishlab  chiqarish  vositalari  va  uzoq  muddatli  foydalaniladi­

gan  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqaradigan tarmoqlari  ko‘proqzarar 

ko‘radilar.

Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda in­

vestitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va shun­

ga  o ‘xshash  tovarlar  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  sanoat  tarmoq­

lari  va ularda band bo‘lgan  ishchilar  siklning  inqiroz  fazasida og‘ir 

oqibatga  uchraydi.  Biroq,  bu  tarmoqlar  siklning  yuksalish  fazasida 

o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi.

Iqtisodiyot  qiyinchilikni  boshidan  kechira  boshlaganda  ishlab 

chiqaruvchilar  ko‘pincha,  zamonaviy  uskunalami  sotib  olishni  va 

yangi zavodlar qurishni to‘xtatadi yoki  qandaydir muddatga kechik- 

tirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitida investitsion tovarlar 

zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, 

aksincha  korxonalar  mavjud  ishlab  chiqarish  quwatlaridan  ancha 

to'laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya’ni siklning jonlanish va yuk­

salish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to ‘ liq eskirgun- 

ga qadar almashtiriladi.  Ammo tanazzul davri kelganida,  korxonalar 

o ‘zining  eskirgan  uskunalarini  ta’mirlab,  ulami  ishga tushiradi.  Shu 

sababli bu davrda ishlab  chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin 

qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quwatlari mavjud bo‘lgan ayrim 

korxonalar,  hatto  iste’mol  qilingan  asosiy  kapitalining  o‘mini  qop- 

lashga ham harakat qilmaydi.

534



Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruv­

chi  sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq 

darajada sezadi.

Aholi  yoki  keng  iste’molchilar  qatlamiga  iqtisodiy  sikl  turlicha 

ta’sir ko‘rsatadi.  Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad olu­

vchi  iste’molchilar  oila  byudjetini  qisqartirishlariga  to‘g‘ri  keladi, 

maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan 

tovarlami  xarid  qilishni  to ‘xtatadi.  Har  qanday  sharoitda  ham  oila 

a ’zolari  yeb-ichishi  va  kiyinishi  zarurligi  tufayli,  oziq-ovqat  mah­

sulotlari  va  kiyim-kechaklar,  ya’ni  qisqa  muddatda  foydalanadigan 

iste’mol  tovarlarini  xarid  qilishni  to‘xtatish  mumkin  emas.  Faqat, 

bunday tovarlami xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi 

mumkin.

Investitsion  tovarlar  va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste’mol 

tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  ko‘pchilik  sanoat  tarmoqlari  yuqori  da­

rajada monopol mavqega egaligi  bilan  farqlanadi  va natijada bozor­

da  nisbatan  ko‘p  bo‘lmagan  yirik  firmalar  ma’lum  davr  davomida 

narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mah­

sulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha monopol hukmron- 

likka ega bo‘lishi mumkin.  Shu sababli talabning kamayishi birinchi 

navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bun­

ga teskari  bo‘lgan  holatni  qisqa  muddatli  foydalaniladigan  iste’mol 

tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  sanoat  tarmoqlarida  kuzatish  mumkin. 

Bu tarmoqlaming ko‘pchiligi o‘zlariuing raqobatga layoqatsizligi va 

ishlab  chiqarish markazlashuv  darajasining pastligi  bilan  tavsiflana- 

di.  Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi 

mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish dara­

jasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.

Demak,  kapitalning  to‘planishi  yuqori  darajada  bo‘lgan  tarmoq­

larda  ishlab  chiqarish  hajmining  keskin  pasayishi  va  narxlaming 

nisbatan sekin tushishi, to‘planish darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda 

narxlaming sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining 

nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   750   751   752   753   754   755   756   757   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish