Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#301958
Bog'liq
22-12-2



TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

1

​VAQTING KETDI — NAQDING VA BAXTING KETDI

O‘tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Inson beparvo bo‘lib qo‘lidan boy beradigan eng

qimmatli narsa bu vaqtdir. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting

ketdi”. Ayniqsa, yoshlarning vaqtini to‘g‘ri sarflashlari va mazmunli o‘tkazishlari ularning kamol topishi va

qay darajada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim ro'l o‘ynaydi.   

Shu sababli, 20 dekabr kuni 3-TTJda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Mamataliyev A.B. va

o‘qituvchisi Mardiyev Sh.H. tomonidan tashkil qilingan davra suhbati mavzusi “Vaqt qadri yoxud hamma

narsaga ulgurish san’ati” deb nomlandi. Tadbirda talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi A.Xayitova va

“Gidromelioratsiya” fakultetining 1-4 kurs talabalari ishtirok etishdi. Suhbat mavzusi bo‘yicha taqdimot

ass. Sh. Mardiyev tomonidan talabalar e’tiboriga havola qilindi. Taqdimotda vaqtning qadrini tushunish

uchun vaqtdan foydalanish, uning taqsimlanishi bo‘yicha qiziqarli statistik ma’lumotlar keltirildi, vaqtdan

samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Dotsent  A.Mamataliyev  vaqt  haqida  fikrlarini  bildirib,  hozirgi  kunda  yoshlar  o‘rtasida  mobil  telefondan,

internet tarmog‘idan foydalanishni to‘g‘ri rejalashtirmagani holda, asosiy vaqtlarini telefon va ijtimoiy

tarmoqlar orqali befoyda muloqotlarga va turli ko‘ngilochar tasvir va video roliklarga sarflash holatlari ko‘p

uchrashini  aytib  o‘tdi.    Talabalarga  vaqtni  to‘g‘ri  rejalashtirish  va  kerakli  narsalarga  sarflash  bo‘yicha

maslahatlar berdi. Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof qilishiga sabab bo’lishi tushuntirildi. Berilgan

qiziqarli  ma’lumotlari  va  fikrlar  talabalarda  katta  qiziqish  uyg‘otdi.      Tadbir  juda  savol-javoblarga  boy

mazmunli  o‘tdi.  Bu  uchrashuv  barcha  ishtirokchilarda  katta  taassurot  qoldirgan  bo‘lsa  ajab  emas.




TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

2

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish