Toshkent kimyo-texnologiya instituti ‘‘Gosht, sut va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi’’ kafedrasi professori t f. d. Q. O. Dodayev, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsentlari V b



Download 19,78 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi19,78 Kb.
#688458
Bog'liq
Тақриз гигена ва санитария дарсликка (2)

Toshkent kimyo-texnologiya instituti ‘‘Gosht, sut va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi’’ kafedrasi professori t.f.d. Q.O.Dodayev, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsentlari v.b.D.T.Ataqulova, Z.D.Xolmurodova va katta o’qituvchi E.R. Raxmatovlar tomonidan 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi uchun “Gigiyena va sanitariya” fanidan tayyorlangan darslik uchun


Taqriz
Gigiyena odamzodning vujudi va faoliyati bilan atrof muhitning uzviyligini ta’minlaydi. Muhit sog‘lom bо‘lmay turib, tan-sog‘lig‘ini ta’minlash qiyin. Shu ma’noda gigiyena tabiiy ijtimoiy muhit – borliqning odam organizmiga ijobiy, salbiy ta’sirini ham о‘rganadi, tavsiyalar beradi.
Gigiyena – tibbiyotning yashash sharoitlarining ta’sirini о‘rganadigan bо‘limi inson salomatligi uchun mehnat va kasalliklarning oldini olish, maqbul yashash sharoitlarini ta’minlash, sog‘lig‘ini saqlash va hayotini davom ettirish choralarini ishlab chiqadi. Gigiyena sanitariya bilan uzviy bog‘liq.
Hozirgi vaqtda oziq-ovqat gigiyenasi va sanitariyasi oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qimmatini, shuningdek oziqaviy faktor bilan bog‘liq turli kasalliklarni о‘rganish, sifat nazorati sohasidagi qonunchilik bazasi va xavfsizlik, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanishi, aholining turli guruhlarining ovqatlanishini tashkil etish bо‘yicha katta ilmiy bazani tashkil etadi. Oziq - ovqat xom ashyosi sinftini monitoring qilish, natijalarini tahlil qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qonunchiligini amalga oshirishi uchun mahsulotlarni ishlab chiqarish sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlar va korxonalarning sanitariya farovonligi va boshqalar bо‘yicha katta ma’lumotlar tо‘plangan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan darslik namunaviy o’quv rejadagi soatlarga mos keladi keltirilgan mavzular namunaviy dasturni to’liq qamrab olgan.
“Gigiyena va sanitriya” fanidan davlat standarti asosida tayyorlangan bo`lib, 5320000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo’lib, uni shu sohada faoliyat olib boradigan mutaxassisliklar ham to’liq foydalansa bo’ladi.
Darslikda ma’ruza amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqib tayyorlangan, undagi mavzular fanlarning mazmuniga mos keladi. Codda va ravon tilda tayyorlangan, talabalar o‘zlashtirishi oson bo‘lishi uchun har bir mavzu qamrab olgan.
Tayyorlangan darslik asosan “Gigiyena va sanitriya” fani bo‘yicha tuzilgan o‘quv reja va o‘quv, sillabusga mos keladi va uni chop etishga tavsiya qilaman.


O.A.Aminov Viloyat sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Toshkent kimyo-texnologiya instituti ‘‘Gosht, sut va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi’’ kafedrasi professori t.f.d. Q.O.Dodayev, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsentlari v.b.D.T.Ataqulova, Z.D.Xolmurodova va katta o’qituvchi E.R. Raxmatovlar tomonidan 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi uchun “Gigiyena va sanitariya” fanidan tayyorlangan darslikka oid


Taqriz
Inson hayoti u yashab kelayotgan ona zamin bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki u yashil o`simliklar ishlab chiqaradigan kislorod bilan nafas oladi, shu zaminda yetishgan noz-ne`matlarni iste`mol qiladi hamda ona zamin bag`ridan qazib olinadigan neft, ko`mir, gaz hamda turli ma`danlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanadi. Zaminimizda insonning mehnat va ijod qilishi, baxtli hayot kechirishi uchun hamma narsa mavjud.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish va sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
So`nggi yillarda aholi soni ortishi bilan hududlarning tozaligini saqlashda qator muammolar kelib chiqayotganligi, aholi tomonidan ko`p qavatli uy-joy atrofiga turli chiqindilar tashlab ketilayotganligi, bo`sh yotgan yer maydonlari, ariq va zovurlarning ifloslantirilayotganligi, bu esa o`z navbatida ekologiyaga va insonlar salomatligiga o`zining salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi kuzatilmoqda.
Darslikda asosan ma’ruza 7 ta bobdan iborat bo’lib ularning rejalari paragriflar asosida shakllantirilgan. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mazmun va mohiyatidan kelib chiqib ishda asosiy jihozlar, nazariy qism,ishni bajarish tartibi nazorat savollar to’liq tuzilgan fanni mavzusiga mos keladi. Sodda va ravon tilda tayyorlangan, talabalar o‘zlashtirishi oson bo‘lishi uchun har bir mavzu qamrab olgan.
“Gigiyena va sanitriya” fanidan davlat standarti asosida tayyorlangan bo`lib, 5320000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo’lib, uni shu sohada faoliyat olib boradigan mutaxassisliklar ham to’liq foydalansa bo’ladi.
Tayyorlangan darslik asosan tuzilgan o‘quv reja va fanning namunaviy dasturi, sillabusga mos keladi va uni nashr qilishga tavsiya qilaman.
Axmedov A.N. Oziq -ovqat maxsulotlari texnologiyasi kafedrasi t.f.doktori, professor v.b.
Download 19,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish