Toshkent kimyo-texnologiya instituti


-rasm: Oddiy matematik ifodalarni hisoblash



Download 0,59 Mb.
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#241163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qo'chqorov Xumoyun

1.4-rasm: Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.

Matlab tizimi xaqida tushuncha.

MATLAB tizimi – kompyutеrda turli yo`nalishdagi: matematika, fizika, mexanika, boshqaruv va muhandislik masalalarini yechish, turli xil elektrik, mexanik va dinamik tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tеz va samarali hal etish uchun mo`ljallangan tizim va turli xil sohali foydalanuvchilarga mo`ljallangan dasturlash tilidir.

MATLAB dasturlash tili sifatida 1970- yillarning oxirida Kliv Mouler (Cleve Mouler) tomonidan yaratilgan. MATLAB atamasi inglizcha Matrix Laboratory so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, matritsa laboratoriyasi degan ma`noni anglatadi. MATLABda matematik hisoblashlar, modellash algoritmlarini yaratish, ma`lumotlarni tahlil, tadqiq qilish hamda vizuallashtirish, ilmiy va injinerlik grafikasi va ilovalarni loyihalash va boshqalarda foydalanish mumkin.

MATLAB yordamida aniq masalalarni yechish boshqa skalyar dasturlash tillaridagiga (masalan, C++) nisbatan bir necha marta tez bajariladi. MATLABning boshqa dasturlash tillaridan farq qiluvchi xususiyati shuki, u o`z ishida ma`lumotlarni matritsalar shaklida tashkil etish usulidan foydalaniladi .



MATLAB tizimi ikkita katta qismlardan tashkil topgan: MATLAB yadrosi va qo`shimcha kutubxonalar (yoki ―TOOLBOXES‖ – ―asboblar komplektlari‖). MATLAB yadrosi asosiy funksiyalarni va umummo`ljallangan amallarni ta`minlaydi. Kutubxonalar esa maxsus ixtisoslashgan funksiyalarni saqlaydi va bu ixtisoslashgan funksiylar foydalanuvchilarga qatiy aniqlangan sohada hisoblashlarni va ma`lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini beradi. MATLAB Toolboxlari funksiyalarning ma`lum maqsadga ko`ra yig`ilgan tizimli majmuasi bo`lib xususiy masalalarni yechish uchun xizmat qiladi. Keyingi yillarda loyihachilar matematik tizimlarning integratsiyalashuviga va ulardan birgalikda foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Murakkab matematik masalalarni bir necha tizimlar yordamida yechish eng yaxshi va mos vositalarni tanlash imkoniyatini beradi, shuningdek, olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi. Foydalaniluvchi M-fayl matnli formatga ega bo`lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi mumkin. Keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalana oladi. Bunda Basic, C yoki Paskal dasturlash tillaridan farqli ravishda yangi funksiyalarni e’lon qilish shart emas. Bu jihatdan MATLAB Logo va Fortran tillariga o`xshash. Lekin MATLABda yangi ma`lumotlar fayl ko`rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda chegaralanmagan. MATLAB muhitida ishlaganda foydalanuvchi avvalroq yaratilgan va diskda saqlab qo`yilgan ma`lumotlarni (o`zgaruvchilarni), hamda joriy seansda diskdagi fayllarda yaratilgan ma`lumotlar yozuvlarini ishchi oynaga yuklash imkoniyatiga egadir. Tizimning tayanch so`zlar to`plamiga maxsus belgilar arifmetik ishoralar va mantiqiy amallar, arifmetik, algebraik, trigonometrik va boshqa maxsus funksiyalar, Furening tez o`zgartirish funksiyalari va filtrlash, vektor va matritsaviy funksiyalar, kompleks sonlar bilan ishlash uchun vositalar, Dekart va qutbli koordinatalar tizimlarida grafiklar qurish uchun operatorlar, uch o`lchamli sirtlar va boshqalar kiradi. Umuman olganda, MATLAB tayyor vositalarning katta to`plamini taqdim etadi (ularning katta qismini – m-fayllar ko`rinishidagi tashqi kengaytmalar tashkil etadi. Аsosiy tushuncha ―bajarish orqali o`rganish‖ hisoblanadi. Shu sababli o`rganishning eng yaxshi yo`li insonning o`zi harakat qilishidir. MATLAB buyruqlarining o`rganilishiga asosiy yo`l bu misollar orqali o`rganish hisoblanadi. Ushbu mavzuda MATLAB qay darajada tenglamalar va matematik hisoblashlarning boshqarilishi yoki bajarilishi mumkinligi to`g`risida aytib o`tilgan. Texnikaviy muammolarni yechishda MATLAB dasturi boshqa odatiy kompyuter dasturlari bilan qiyoslaganda juda ko`p ustunligi mavjuddir. Bu dasturiy paket 1984-yildan beri ishlatilib, hozirda u ko`pgina ishlab chiqarish va universitetlarda standart vosita hisoblanadi. Unda Bunga qo`shimcha ravishda esa grafik qo`shimchalar mavjud bo`lib natijalar juda tez vezuallash imkonini beradi. Bunda uskunalar paneli jarayonni hisoblash, boshqarish nazariyasi modellashtirish optimallashtirish, va boshqa ko`pgina amaliy fan va muhandislik sohalari mavjud. MATLAB ko`plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko`plab amaliy masalalarni yechish mumkin. Bunday masalalarni yechish uchun oldin murakkab dasturlarni tuzish zarur bo`lar edi. Misol uchun, matritsalar bilan amallar, hosila va integralning qiymatlarini hisoblash va boshqalar. MATLABda bunday masalalarni yechishga imkon beruvchi tayyor funksiyalarning soni kengaytma paketlarni ham qo`shib hisoblaganda mingdan ortiqni tashkil qiladi va ularning soni uzluksiz ortib bormoqda.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish