Toshkent kimyo texnologiya instituti



Download 0,98 Mb.
bet6/10
Sana14.12.2019
Hajmi0,98 Mb.
#30141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4.маъруза матни Миллий ғоя


Milliy g’oya fanidan pedagogik texnologik karta.

6-mavzu.


Mavzu

Milliy g’оya: o’zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlar va umumbashariy tamоyillar.

Maqsad

O’qituvchi: milliy o’zlikni anglash hamda taraqqiyotning o’zaro bog’liqligini, o’zlikni anglashning milliy g’oyada aks etishini, milliy o’zlikdan begonalashish sabablarini milliy madaniyat, til, urf-odat, tarixdan begonalashtirishning zararli oqibatlarini, milliy manqurtlik va milliy tanazzulning zararli ekanligini millatning ma’naviy-ruhiy uyg’oqligi zarurligini talabalarga tushuntirish. Milliy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish, rivojlantirishda milliy g’oyaning o’rnini, o’zga xalqlar biror xalqni uning milliy qadriyatlari orqali tanishini, milliy qadriyatlar milliy ruhiyatning shakllanishga ta’sirini talabalarga tushuntirish. Milliy g’oya qanday milliy va umumbashariy tamoilarga tayanishini asoslash.

Talaba: O’rganish, darsda faol ishtirok etish, topshiriqlarni bajarish.

Vazifalar

O’qituvchi: mavzuga oid ma’lumotlarni prezentatsiya materiallari, tarqatma materiallar, og’zaki ma’lumotlar orqali etkazib berish, aqliy hujum orqali milliy o’zlikni anglash, millatningma’naviy-ruhiy uyg’oqligi haqidagi o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish. mavzuga oid ma’lumotlarni prezentatsiya materiallari, tarqatma materiallar, og’zaki ma’lumotlar orqali etkazib berish, aqliy hujum orqali talabalarning ma’naviy qadriyatlar, milliy g’oyaning asosiy tamoillari haqidagi o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish.

Talaba: Milliy o’zlikni anglashning mohiyatini, uning tarixiy xotirani tiklash, milliy manfaatlarni tushunib etish, milliy rivojlanish modeli mohiyatini anglab etish bilan bog’liq bilimlarni o’zlashtirish. Milliy qadriyatlar nimalardan iborat ekanligini bilib oladi, milliy qadriyatlarning ma’naviy taraqqiyotimizdagi o’rni nimadan iborat ekanligini, milliy g’oya milliy va umumbashariy tamoillarga tayanish orqali o’zining bunyodkorlik xususiyatini namoyon qilishini bilib oladi.

Dars jarayonining tashkil etilishi

1.Tashkiliy qism

2.Maqsad va vazifalarni qo’yish

3.O’rganilganlarni umumlashtirish, takrorlash, tizimlashtirish

4.YAkun yasash

5.Uyga vazifa


5 daqiqa

3daqiqa
65 daqiqa

5 daqiqa

2 daqiqa


Dars jarayonining mazmuni

Milliy g’oya va milliy o’zlikni anglash hamda taraqqiyotning o’zaro bog’liqligi. O’zlikni anglashning milliy g’oyada aks etishi. O’zlikni anglashning ko’rinishlari. Milliy va umumbashariy o’zlikni anglash tushunchalari. Ularning umuminsoniy mohiyati va o’zaro mushtarakligi. Milliy o’zlikdan begonalashish sabablari. Milliy madaniyat, til, urf-odat, tarixdan begonalashtirishning zararli oqibatlari. Milliy manqurtlik va milliy tanazzulning zararli ekanligi. Millatning ma’naviy-ruhiy uyg’oqligi muammosi. Milliy uyg’oqlik, milliy-ma’naviy tiklanishning milliy g’oya sifatida xalq, jamiyat, millat dunyoqarashida, tafakkurida, o’zaro munosabatida va ijtimoiy faoliyatida aks etishi.

O’zlikni anglash - tarixiy xotirani tiklash omili ekanligi. Uning bugungi yoshlarning vorisi ekanligini hisobga olgan holda o’ziga xos va mos jamiyat barpo etish bilan bog’liqligi. Milliy o’zlikni tarbiyalash, qadrlash va saqlab qolish. Ta’lim-tarbiya, milliy kadrlar tayyorlashda milliy-ma’naviy tiklanishning ahamiyati. Milliy g’oyaning dunyoda erishilayotgan fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarga munosabatda aks etishi. “Axborotlashgan jamiyat” asrida o’zlikni anglash va saqlab qolishda milliy g’oyaning o’rni. Uning milliy taraqqiyot omiliga aylanishi zarurati.

Milliy g’oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning aks etishi. Umumbashariy qadriyatlar va tamoyillar tushunchasi. Milliy g’oyaning umumbashariy qadriyatlar va tamoyillar bilan uyg’unligi. Milliy g’oyada umumbashariy tamoyillar: qonun ustuvorligi; inson haq-huquqlari va hurfikrlilik; turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; diniy bag’rikenglik; dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik; o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish zarurati.

“Milliy biqiqlik”ning jamiyat taraqqiyoti qonuniyatiga zidligi.

Ma’suliyatlilik, intizomlilik, halollik, fozillik, ijtimoiy adolat va foydali faoliyatga intilish kabi sifatlarning umummilliy taraqqiyot uchun zarurligi.


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.

Metod: og’zaki bayon qilish, “aqliy hujum”, “muammo” ped texnologiyasi.

Forma: ma’ruza, jamoada va guruhlarda ishlash.

Vosita: prezentatsiya, Az formatdagi ma’lumotlar, chizmalar, nutq.

Usul: tushuntirish, ko’rsatish, so’rash, muammoli savol.

Nazorat: kuzatish, og’zaki nazorat, yakka va guruhiy nazorat, savol javoblar.

Kutilayotgan natijalar

O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish.Talabalar faolligini oshirish. Talabalarda darsga nisbatan qiziqishni uyg’otish. O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish.

Talaba: Milliy g’oya fani bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Nutq rivojlanadi, fikrlar kengayadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Ko’plab ma’lumotlarni egallaydi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va dars jarayoniga tatbiq etish. O’z ustida muntazam ishlash o’tilayotgan mavzuni hayot bilan bog’lash, pedagogik mahoratni oshirish.

Talaba: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar topish, ularni o’rganish.

Dil so’zlari

E’tiboringiz uchun rahmat salomat bo’ling.



6-MAVZU: MILLIY G’ОYA: O’ZLIKNI ANGLASH, MA’NAVIY QADRIYATLAR VA UMUMBASHARIY TAMОYILLAR.

Reja:


  1. Milliy g’oya o’zlikni anglash omili.

  2. Tarixiy xotira va milliy o’zlikni anglash. Milliy madaniyat, til va tarixdan begonalashishning zararli oqibatlari.

  3. Milliy g’oya va ma’naviy qadriyatlar bog’liqligi.

  4. Milliy g’oyaning milliy va umumbashariy tamoyillari.


1. Milliy g’oya - o’zlikni anglash omili.

Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti o’z-o’zini anglash eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqelik, sha’n, qadr-qimmat, obro’-e’tibor, or-nomus orqali namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Hayotning ma’no-mazmuni, maqsadini tushunib etish, o’zlikni anglashdan boshlanadi. Milliy g’oyada uning negizlari mujassam bo’lganligi uchun ham o’zlikni anglashga xizmat qiladi va bir-biri bilan uzviy bog’liq.

“O’zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab etishni, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman” deydi I.A.Karimov.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o’zida mujassam etgan milliy g’oya atrofida jipslasha olishiga, o’zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab etishiga ham bog’liq. Zero, buyuk bobokalonimiz Amir Temur o’git berganlaridek: “Birliksiz kuch bo’lmas”. Binobarin, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” qurishdek ulug’ ish, avvalo, o’zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Millat birligida insonni o’zligini anglash omili alohida o’ringa ega. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek: “CHinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi. SHundagina inson o’z mamlakatining tom ma’nodagi munosib fuqarosi bo’la oladi”1.

Bunda tilga olingan insoniy fazilatlar insonning ma’naviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyat esa fikr, so’z va ish birligida namoyon bo’ladi. O’zligini anglamagan odamda imon va e’tiqod zaif bo’ladi.

Jamiyat ma’lum bir hududda jamlangan odamlarning oddiy yig’indisi emas. Inson martabasiga xos bo’lmagan o’zligidan mahrum, tarixiy xotirasi zaif, o’zining kelib chiqishi va kimlarning vorisi, avlodlari ekanligini anglamagan, bilmagan odamlarni xalqimiz “to’da”, “olomon” deb ataydi.

YUksak rivojlangan jamiyat esa o’zligini anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e’tiqodga, bunyodkorlik qudratiga, o’zgalar va butun borliq oldidagi mas’uliyat tuyg’usiga ega ekanligi nazarda tutiladi. “Men kimman?”, “Bu yorug’ dunyoga nima uchun keldim?”, “Menga ato etilgan buyuk ne’mat - hayotimni nimalarga safarbar etmog’im lozim?”. Inson borki, ertami-kechmi ana shu savollarga javob izlay boshlaydi, kamolot sari yo’l oladi. Bu yo’lni - o’zlikni anglash deb aytish mumkin. O’zligini anglagan yoki anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga ko’tariladi. Demak, o’zlikni anglash, avvalo har bir insonning shaxsi, alohida “meni” bilan bog’liq.

“Kimki o’zligini tanisa, robbini taniydi”. Bu hadisda buyuk hikmat yashiringan. Uni bugungi kun muammolari nuqtai nazaridan quyidagicha talqin etish mumkin: har bir inson o’zi intilmasa, maqsadlar qanchalik ulug’ bo’lmasin, biror-bir natija bermaydi. SHuning uchun ham islom ahli, mutasavvif allomalar insonni “olam mehvari” deb bilganlar.

Milliy istiqlol mafkurasi va milliy g’oya jahon xalqlarining uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan merosidan ham oziqa olganligi bejiz emas. Zero, qadim-qadimdanoq, insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, turli xalq allomalari insonni o’zlikni anglashga da’vat etadi. O’zlikni anglash borasidagi SHarq va G’arb allomalarining fikrlari milliy g’oya va o’zlikni anglash bilan chambarchas bog’liq ekanligini yaqqol namoyon etadi.

Delfadagi Appalon ibodatxonasining devorlariga o’yib yozilgan va an’ana bo’yicha etti yunon donishmandlaridan biri – spartalik Xilonga tegishli deb hisoblangan “O’zingni o’zing angla” shiori qadimgi yunon falsafasini o’zak masalasi bo’lib qoldi. YUnon mutafakkirlarini bu borada izlanishga da’vat etdi. Eramizdan avvalgi V asrdayoq Protagor, “inson barcha narsalarning o’lchovidir”, degan mashhur fikrni ilgari surdi. Suqrot uchun esa “o’zingni o’zing angla” hikmati donishmandlikning qoidasiga aylandi. O’zligini anglagan inson ma’naviy yuksalishga erishadi, har qanday sharoitda ezgulikka chog’lanadi. SHu nuqtai nazardan inson ruhiy quvvatining ramziga aylangan Suqrotning hayoti va o’limi tarixi saboq bo’la oladi. SHarqu-G’arb allomalari o’zlarini va o’z davrlarini anglashga harakat qilishar ekan, takror va takror Suqrotga murojaat etishgan. Suqrot davri bilan bugungi kunni qariyb 2,5 ming yil ajratib turgan bo’lsa-da, biz ham yana bir bor bu ulug’ siymoni eslasak foydadan holi bo’lmas.

O’zini anglagan inson, - degan edi u, - o’zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo’lidan keladigan ish bilan shug’ullanish asnosida o’z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo’ladi. Buning natijasi o’laroq, u o’zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo’lida foydalana biladi. Oqibatda o’zini kulfatlardan asraydi”1.

Hazrat Navoiyning “El netib topqay menikim, men o’zimni topmasam”, - degan so’zlari bugungi kunda ham chuqur ma’no kasb etadi.

Jamiyatning tayanchi – oddiy inson. SHuning uchun ham yurtboshimiz “Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan suhbatda “Mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak”, - degan savol qo’yib, shunday javob bergan edi: “Dastavval O’zbekistonda yashayotgan, o’z taqdiri timsolida ming-minglab kishilarning taqdirini mujassamlashtirgan vatandoshimizning hayotini, uning orzu-intilishlarini, bugun va ertangi kunga bo’lgan umidvorligini o’zimcha tasavvur qilishga urinib ko’rardim. O’zimni shu odamning o’rniga qo’yib, uning ko’zi, idroki, tafakkuri, yondoshuvi bilan kelajakka qarardim”2.

“O’zlikni anglash”, “milliy o’zlikni anglash” va nihoyat “umumbashariy o’zlikni anglash” tushunchalari bir-biridan ayri emas, balki bir-biri bilan uzviy aloqador, bir-birini taqazo etadi. Zero inson ota-ona, oila, millat, ahli bashar, boringki, butun borliq bilan munosabatlar asosida o’zining kim ekanligini anglab boradi. Ayni shu munosabatlar hamda ularning zaminida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy g’oya tamoyillari shakllangan va aksincha, milliy g’oya ularning zamon talablari asosida boyitib boradi.


2. Tarixiy xotira va milliy o’zlikni anglash. Prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida: “Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi” deb ta’kidlaganlar. Demak, tarixni bilmasdan, yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida millatimiz ongiga shunday g’oya singdirildiki, u o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurishi ta’qiqlangan edi. Xalqimizning shunday ahvolga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri – uning tarixiy xotirasidan judo bo’lishi edi.

Milliy g’oya xalqimizga nafaqat o’z tarixini odilona, ob’ektiv va xolisona o’rganish imkoniyatini yaratadi, balki millat sifatida shakllanish davridagi murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. CHunki, milliy g’oya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug’ alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o’gitlaridan, bunyodkor g’oyalaridan, yashash ibratidan ozuqa olgan. SHuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai deyiladi.

Insoniyat kelajak sari intilar ekan, o’tmishini doimo yodda saqlamog’i shart. Bu ko’hna haqiqatni teran anglagan Prezident I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”1 deb ta’kidlaydi.

Bu yurtimizning uzoq va g’oyat murakkab tarixida qayta-qayta isbot etilgan haqiqat. Birgina Amir Temur va temuriylar davri tarixi buning yorqin isboti bo’la oladi. “Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan” (Fitrat) temuriylar saltanati bir necha asrlar mobaynida gullab yashnadi, ulug’ allomalarni dunyoga keltirdi, ilm-fan, madaniyatda etakchilikka erishdi. Buning sababi nimada edi? Javob bitta: Amir Temur mamlakat ijtimoiy-siyosiy bo’hron iskanjasiga tushib qolgan, feodal tarqoqlik va o’zaro nifoq avj olgan bir sharoitda xalqni o’z g’oyalari atrofida birlashtira oldi. “Men o’z saltanatimni dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim, - degan edi ulug’ sohibqiron, - Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim”2.

Amir Temur nazdidagi “tuzuk” bizning kundagi “milliy g’oya” mazmunida kelayotganini anglash qiyin emas va buyuk bobokalonimiz fikricha: “Davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, bunday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. YOxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi”3. Amir Temur “dinu oyin” deganda adolatli jamiyatni nazarda tutmoqda.

Tarixiy xotira millatga kuch-qudrat bag’ishlaydi, hayotning og’ir sinovlarini munosib engib o’tishga, o’zligini saqlab qolishga yordam beradi. SHuning uchun ham o’zga xalqlarni tobe etishga uringan bosqinchilar xalqni ana shu qudrat manbaidan ayirishga, shahar va tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari va ajdodlarning ma’naviy merosidan mahrum etish orqali tarixiy xotirasini zaiflashtirishga harakat qilganlar.

Demak, jamiyat hayotida bunyodkor g’oyalarga tayansagina, taraqqiyotga erishadi, ma’naviy jihatdan yuksaladi. Bunyodkor g’oyalar madaniy meros va tarixiy xotiraga tayanadi.

YOvuz maqsadni ko’zlagan g’oya esa aksincha yo’l tutgan. Masalan, Turkiston o’lkasini o’z mustamlakasiga aylantirgan CHor Rossiyaning generali M.G.CHernyaev podshoga yozgan maxfiy xatida bildirgan fikri buning yorqin dalilidir: “Bu erda har qanday qo’shinni to’zg’atib yuboradigan bir qudratli kuch bor: bu turkistonliklarning kechmish xotirasi... Demakki, turklarning birgina o’zini engish kifoya emas. Ularning xotiralarini, tarixini ham engmoq kerak” deb yozadi. Darhaqiqat, chor Rossiyasi bosqinchilari har bir o’lkani egallashda o’sha xalq tarixiga hujumning asl mohiyatini tushungan holda faoliyat ko’rsatganligi uning milliy taraqqiyotda kuchini anglaganidan edi.



G’oya xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini bog’lab turuvchi fikr ekan, u, avvalo, milliy ma’naviyatimizga tayanadi. Xalqimizning ma’naviy merosidan ozuqa oladi, milliy o’ziga xosligini saqlab turishga, milliy manfaatlarni amalga oshirishga va milliy taraqqiyot yo’llarini belgilashga xizmat qiladi. Bunga turli mamlakat mutafakkirlari alohida e’tibor berishgan. Masalan, Evropa jamiyati hayotida ulkan siljishlar sodir bo’layotgan XVIII asrda mashhur frantsuz ma’rifatchisi Jan Jak Russo milliylik, milliy xarakter haqida shunday yozgan edi: “Biz tayanishimiz kerak bo’lgan birinchi tamoyil – milliy xarakterdir: har bir xalq milliy xarakterga ega yoki ega bo’lishi lozim; xalqda u bo’lmagan taqdirda ishni unga bunday xarakterni berishdan boshlash kerak bo’lardi”1. Bir qarashda Russoning fikrida ma’lum bo’rttirish bordek tuyuladi. Lekin uning vatani Frantsiya tarixiga nazar tashlansa, bu fikr tarixiy asosga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Dastlab qirol Genrix IV Frantsiyaning milliy davlat sifatidagi yaxlitligini tikladi. Uning ishini davom ettirgan va Frantsiyani amalda boshqargan Lyudovig XIII ning birinchi ministri – kardinal Rishele “Vatan va millat manfaatlari barcha narsadan ustun”, degan g’oyani ilgari surdi. Mamlakatdagi ichki nizolarga barham berdi, siyosiy, ijtimoiy, madaniy islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, o’zi asos solgan Frantsuz Akademiyasiga umumfrantsuz adabiy tili lug’atini tuzishni topshirdi, san’at va adabiyotga homiylik qilib, davlat yaxlitligi va xalq birligini ta’minlashga qaratilgan o’ziga xos milliy g’oyani targ’ib etishga safarbar etdi. SHu tariqa Vatan va xalq yo’lidagi fidoiylikni oliy burch, darajasiga ko’tardi, ishonch bilan aytish mumkinki, Frantsiyaning o’sha davrda qudratli mamlakatga aylangani, hamda keyingi asrlar mobaynida Evropaning o’ziga xos madaniy markazi bo’lib qolganligi ayni shu davrda shakllantira boshlagan “milliy xarakter” bilan bog’liq bo’ldi. Ana shu tarixni chuqur bilgan Russo: “Har qanday yaxshi o’zgarishlarning umumiy maqsadlari har bir davlatda mahalliy shart-sharoit va aholining o’ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigan munosabatlarga muvofiq shakl olishi kerak”1, degan fikrga keldi. Insoniyat tarixidagi bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. SHu o’rinda yurtboshimiz I.Karimovning: “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”2, degan so’zlari naqadar chuqur asosga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Ammo bu - milliy g’oya yoki milliy o’zlikni anglashni o’z milliy qobig’iga o’ralish, o’zga xalqlardan o’zini ustun qo’yish degan emas, albatta. Qolaversa, O’zbekiston (O’rta Osiyo) hududida azal-azaldan turli elat va millat vakillari yonma-yon inoqlikda yashab kelishgan. Bag’rikenglik, mehmondo’stlik o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan qadriyatiga aylangan. “Mehmon otangdek ulug’”, deydi xalqimiz va ostonasidan xatlab o’tgan begona odamni ham uyining to’riga olib chiqadi, o’zi emasa-da, mehmonni siylaydi.

O’zligini anglagan odamda mehr, muruvvat kuchli bo’ladi. Manmanlik kabi salbiy qusurlarni xush ko’rmaydi. “Manmanlik, - degan edi mashhur ma’rifatparvar Abdulla Avloniy, - johilona kibru g’ururdan paydo bo’ladurgan eng yomon xulqlarning biridurki, kishini har erda ma’yus va mahjub qilur”3. Avloniy inson manmanligi haqida gapirayapti. Agar manmanlik kasaliga millat, xalq yoki biron bir din vakillari uchrasa ne oqibatlarga olib keladi? Misollar talaygina. Birgina o’z xalqi ongiga “oliy irq”qa mansublik g’oyasini singdirishga uringan fashizmning butun insoniyat boshiga yog’dirgan balolarni yoki buyuk davlatchilik shovinizmi sobiq Ittifoqda yashagan elat va xalqlarga keltirgan azob-uqubatlarni eslash kifoya. Ayrim siyosatdonlar bugungi kunda ham diniy, irqiy, milliy ziddiyatlarni avj oldirishga harakat qilayotgani va oqibat o’laroq dunyoning turli chekkalarida urush olovi alangalanayotgani barchaga ma’lum.

Mashhur frantsuz gumanist yozuvchisi fashizmga qarshi urushda jonini fido qilgan Antuan de-Sent-Ekzyuperi qayg’u va hasrat bilan odamlarni bir-biridan ayiradigan tajavvuzkor millatchilik, irqchilik, mustamlaka bosqinlari va urushlar haqida fikr yuritib: “Turli tsivilizatsiyalar bir-birida farqlanishi yomon emas, ... dahshatlisi, ularning bir-birini eyishga harakat qilishidir, - degan edi. Ko’pni ko’rgan, eng og’ir ishlarni zimmasiga olishdan qo’rqmagan Sent-Ekzyuperi insonning o’zini anglashini ahli bashar oldidagi mas’uliyat hissi bilan bog’laydi. “Inson bo’lish - bu mas’uliyat sezishingdir, - yozadi u, - o’zingga aloqasizday tuyulsa ham qashshoqlik oldida andisha qilishingdir. O’z gashtingni qo’ya turib, dunyodagi bunyodkorlikka ko’maklashganingni his etishingdir”4. Lo’nda qilib aytganda, o’zga millat va xalqlarni kamsitgan millat hech qachon buyuk bo’lolmaydi. Buyuk Alisher Navoiy bu haqda shunday deydi:

“Naf’ing agar xalqqa beshak erur,

Balki bu naf o’zingga ko’prak erur”.

SHuning uchun ham milliy g’oya, bir tomondan, “O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’nalarini hurmat qilish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirishga ko’maklashish”1ni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, “O’zbekiston o’z tashqi siyosatida barcha davlatlar bilan teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni asrab-avaylash, xalqaro huquq me’yorlarining usuvorligi kabi tamoyillarga amal qiladi”2. Demak, milliy g’oya o’zlikni anglash, milliy o’zlikni anglash va umumbashariy o’zlikni anglashni uzviy bog’liqlikda ko’rishga da’vat etib, milliy va umuminsoniy mohiyat ham kasb etadi.


Milliy madaniyat, til va tarixdan begonalashishning zararli oqibatlari.

Milliy istiqlol g’oyasi o’z qiyofasiga ega bo’lgan va bashariyat taraqqiyotiga o’zining ulkan hissasini qo’shgan xalqimizning boy va uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan ma’naviyati sarchashmalaridan

ozuqa olgan. Bir paytning o’zida u kishilarimizning va butun xalqimizning o’zligini anglashi, ma’naviy yuksalishi omili bo’lib xizmat qilmoqda.

Bir qarashda masalaning bunday qo’yilishi mantiqsizlikdek bo’lib tuyuladi. Biz kechagina dunyoga kelgan emas balki uzoq tarixga ega bo’lgan va kim ekanligimiz ma’lum xalq ekanmiz, o’zligimizni anglatishga ne xojat? Ammo masalaning boshqa bir jihati bor. Afsuslarkim, xalqimiz uzoq vaqt istibdod ostida yashadi. Avvalo CHor Rossiyasi, so’ng qizil Imperiya davrida ko’plab madaniyat durdonalari yo’q qilindi, dinimiz va tilimizdan begonalashtirishga harakat qilishdi, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan ozuqa olishimizga yo’l qo’yilmadi, “milliylik”, “milliy g’urur” so’zlarini tilga olish gunohi azimga aylandi. “Kim edik?” degan savolga “yozuving, madaniyating, tilga olishga arzirlik tarixing yo’q sartsan” javobini oldik. “Kim bo’ldik?” – degan savolga o’zgalarning “yordami” bilangina madaniyatli bo’lgan xalqsan” deya javob eshitdik.

Natijada tarixiy xotirani zo’r berib yo’q qilishga, xalqni manqurtlashtirishga qaratilgan siyosat tufayli, o’zligimizni yo’qotish darajasiga kelib qoldik. Buning asosiy sabablaridan biri milliy madaniyatimiz, tilimiz, urf-odatlarimizga bolta urishda afsuski, xalqimiz orasidan ham ayrim “kimsa”lar topildi. Demak, o’zimiz ham “katta hissa” qo’shdik.

O’zlikdan va milliy o’zlikdan begonalashish haqida so’z borar ekan, buning bir uchini o’lkaning ichki xolati bilan bog’liq ekanligini ham unutmaslik kerak. Ma’lumki, XVI asrdan boshlab mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy tanazzul va parchalanish hamda u bilan bog’liq ravishda ma’naviy-madaniy evrilish jarayoni borgan sayin kuchayib bordi. O’lka jahon taraqqiyoti yo’llaridan chetda qoldi. Rusiya musulmon o’lkalari ilg’or ziyolilarining ustozi bo’lgan, jadidchilik harakatining tamal toshini qo’ygan Ismoilbek Gasprali so’nggi asrlar davomida Turkiston o’lkasining tanazzuli sabablarini shunday ko’rsatadi: “SHoh Temur zamoninda har biri bir arslon o’lan turkistoniylar bu zamonda ta’siri zulm va istibdod ila biror sochsiz xotin soqolli zaifalar poyasina kirmish edi. Eski ilm va ulamodan ham deyarli asar qolmagan. Xolis va halol (kishi) qolmay, uzun choponlarga, xil’atlarga o’rlagan riyokor ko’paygan edi. Zolimlar yo’lini to’sadigan shariat ahli tugab, zolimlarga fatvo topib berib, 5-10 tilla-oltun uchun saboqdan oqshoma qadar “omin”, “omin” aytib, millatni xarob va barbod etganlar sanoqsiz edi. Qanday baxtsizlikki, bir uchi Saddi CHinga, digar uchi O’rta Er dengiziga chiqqan saltanat bahodirlarining avlodi yoshlikda bachchalik, so’ng esa bachchabozlik haromliklari ichida umr kechiradirlar edi. SHijoat maydonida Temurlarning, SHayboniylarning ismi-shariflari unutilgani kabi ilm maydonida Ibn Sinolar, Forobiylar, maorif maydonida Ali Qushchi, Ulug’beklar yoddan chiqib, butun Movarounnahr bir xonaqoyi parishon va diyori darveshon o’lmish edi. Ilm, hilm, maorif, izzat-nafs va haysiyat (hurmat-e’tibor) riyokorlikka aylangan edi. Bu so’zlar balki achchiq so’zlardir, lekin to’g’ri so’zlardir. Tarix yozadigan muarrix madhiya yozadigan mirza emas”.1 “Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadid maktablari xususinda qilgan munozarasi” asarida Fitrat o’lkaning dahshatli iqtisodiy qoloqligi, aholining ruhiy evrilishi suratini chizib beradi. Buxorolik mudarrisning yurtning ahvoli haqidagi gaplarini tinglagan farangi hayratdan yoqasini ushlaydi: “Bay, bay, bay! Bu nechuk musulmonlik! Bu qanday diyonat!!! Voqean, musulmonlarning o’z shariatlarini shunchalar tahqirlashlari oldida bizdan qo’rqib kutayotgan zallat (adashish)lari hech narsa emas ekan”, - deya xitob qiladi.

SHuning uchun ham jaholat ichra qolgan jamiyatdagi illatlar, axloqsizlikka qarshi kurash XX asr boshlaridagi ilg’or ziyolilarimizning bosh maqsadiga aylangan edi. Behbudiy “Padarkush” fojeasida o’z otsini o’ldirgan Toshmurod jinoyati haqida Ziyoli tili bilan shunday deydi: “Ilm va tarbiyasiz bolalarni oqibati shuldir... Oh, haqiqatda boyni o’ldurgon va yigitlarni azobi abadiyg’a giriftor qilgan beilmlikdir. Bizlarni xonavayron bachagiryon va bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va jaholatdur, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqir va zarurat va xorliklar hamma ilmsizlik va betarbiyalikni mevasi natijasidur...”2

Abdulla Avloniy ham “Biz va Siz” asarida yurti fojeasini jamiyatning illatlar botqog’iga botganligida, axloqsizlik ildiz otganda ko’radi. O’zini o’ldirishga qaror qilgan asar qahramoni Kamolning so’zlari jamiyatga aybnoma sifatida jaranglaydi: “Siz! ... Siz, meni bu holga solgan, siz, siz – jaholat qurbonlari, siz! Siz, eski turmush asirlari. Siz”.3

“O’zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga”, - deydi xalqimiz. SHuning uchun ham tarixiy vaziyatni to’g’ri anglagan ilg’or ziyolilar, kishilar ongini avvalo jaholatdan xalos etishga, CHo’lpon ta’biri bilan aytganda “ilgari milliy hissini o’stirib o’z millatini tanitish”ga, “o’chgan, yarador ko’ngilga ruh bermak”ka intildilar.

Mustaqillik bu yo’l qo’yilgan ta’qiblar va xatolarni tuzatish imkoniyatini berdi. Mustaqillik sharofati bilan “ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy meros tiklana boshlandi” va “xalqimiz o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi”.1 Sobiq ittifoq hududidagi rekspublikalarning so’nggi 10-15 yillik tarixi shuni ko’rsatdiki, siyosiy erkinlikni ancha tez va qon to’kmasdan qo’lga kiritish mumkin. Inson, millat tabiiy ravishda farovonlikka intilar ekan, unga zamin hozirlaydigan iqtisodiy erkinlikka ham qisqa vaqt ichida erishish mumkin.

Ammo, tafakkur erkinligiga erishish, inson ongiga zo’rlik bilan singdirilgan yolg’on aqidalardan, sho’rolar davrida orttirilgan illatlardan, fikriy qaramlikdan, ma’naviy qullikdan xalos bo’lish ancha murakkab. Albatta, uzoq davom etgan yagona mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, xalqimiz tarixi va qadriyatlarini, o’ziga xos an’analarni saqlab qolishga ham muvaffaq bo’ldi. Biroq milliy g’oya zamirida yotgan o’zligini anglash xaqqoniy tarixni butun boyligi va murakkabligi bilan bilgandagina mumkin bo’ladi. Aks holda u quruq safsataga aylanadi, kundan-kunga sayozlashib boraveradi, oddiy manmanlikdan nariga o’tmay qoladi.

SHuning uchun ham Prezident I.Karimov tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan suhbatida: “Madomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur”,2 – deya alohida ta’kidlagan edi. Milliy g’oya mustahkam hayotiy zaminga, xalqimizning chuqur tarixiy ildizlariga tayanadi. “Kim edik” degan savolga javobni tinimsiz izlashga da’vat etib, milliy o’zligimizni teran idrok etishga yordam beradi.


3. Milliy g’oya va ma’naviy qadriyatlar bog’liqligi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta’rifi va tavsifi. Har qanday ijtimoiy hodisaning, shu jumladan milliy g’oyani va milliy ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini ochib berish uchun quyidagilarga aniqlik kiritish: tushunchaning ta’rifi (definitsiyasi); tushunchaning tavsifi (xarakteristikasi); milliy ma’naviy qadriyatlarning mazmuni; ularning kelib chiqishi va rivojlanishi (evolyutsiyasi); ijtimoiy maqsadi va vazifalari (funktsiyalari); tuzilishi (strukturasi); amal qilish usul va vositalari (texnologiyasi); shakllari va ko’rinishlari tasnifi (klassifikatsiyasi), va, nihoyat, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ta’sirini bilish lozim.

qadriyat tushunchasi – juda keng tushuncha. Uning bir qismi – ma’naviy qadriyatlardir. Milliy ma’naviy qadriyatlar – “milliylik”, “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o’z ichiga oladi.

“Milliy ma’naviy qadriyatlar” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Muayyan millat, shu millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo’lgan manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma’naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g’oyalar va me’yorlar milliy ma’naviy qadriyatlardir.

Har bir xalqning o’zi uchun e’zozli, qimmatli bo’lgan ma’naviy boyliklari bo’ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan, hozirgi kunda ham o’zining ahamiyati va qadrini yo’qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg’iz xalqi “Manas” dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o’zbeklar Samarqandu-Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.

Millat va elatlarning o’ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o’ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o’ynaydi.

Milliy ma’naviy qadriyatlarda xalqning dunyoqarashi va hayotga munosabati, ichki tabiati va turmush tarzi o’z ifodasini topadi. Bularda millatning ruhiy olami va tafakkur tarzi, orzu-umidlari va ideallari, vijdoni va or-nomusi aks etadi.

Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o’ziga xos mezon vazifasini o’taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo’layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiy mo’ljallari, “zamona qahramoni” haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to’g’anoq bo’ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.

Milliy g’oya va ma’naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o’zaro ta’sir mavjud bo’lib, bu quyidagilarda o’z ifodasini topadi:

birinchidan, milliy qadriyatlar milliy g’oya uchun ma’naviy negiz, manba bo’lib xizmat qiladi;

ikkinchidan, milliy g’oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko’tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo’lib hisoblanadi;

uchinchidan, milliy g’oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma’naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma’naviy mezoni bo’lib maydonga chiqadi.

Milliy o’zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o’zlashtirish, o’z xalqining tarixi, madaniy merosini o’rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo’lishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar ko’p asrlik tarixga ega.

Misol uchun, “Avesto”ni olaylik. Bu buyuk asar bundan 2700 yil muqaddam yaratilgan. O’n ikki ming mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan bu asar paydo bo’lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o’tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to’planganligi shubhasiz. Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, xattotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun ham, shu paytgacha o’z qimmatini yo’qotmadi.

Davrlar o’tishi bilan milliy ma’naviy qadriyatlar ham o’zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me’yor va talablar inkor etiladi. YAngicha tasavvur va yondoshuvlar, fazilat va odatlar hayotga kirib keladi. Bunga kundalik hayotimizdan, turmush tarzi - kiyinish, ovqatlanish, to’y-xashamlarni o’tkazish va boshqalardan ko’plab misollar keltirish mumkin.

Insoniyatning oxirgi yarim ming yillik umri davomida jahon bozori paydo bo’ldi, iqtisodiyot va madaniyatlarning o’zaro ta’siri kuchaydi. XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga ko’tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo’ladigan ta’sir beqiyos darajada zo’raydi. Bu ta’sir, bir tomondan, milliy madaniyatlarning boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo’lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga sabab bo’ldi.

Milliy ma’naviy meros, qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat:


  • tarixiy meros va tarixiy xotira;

  • madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo’lyozmalar;

  • ilmu-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari;

  • san’at va milliy adabiyot asarlari;

  • axloqiy fazilatlar;

  • diniy qadriyatlar;

  • urf-odat, an’ana va marosimlar;

  • ma’rifat, ta’lim-tarbiya va hokazolar.

Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida tarixiy meros va tarixiy xotira muhim o’rin tutadi. Ma’naviyatni yuksaltirish va xalqning ruhini ko’tarishda tarixiy meros hamda tarixiy xotiraning juda katta ahamiyati bor. Tarixni haqqoniy o’rganish, undan saboqlar chiqarish lozim.

O’zbek xalqi jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shgan millatlar qatoridan faxrli o’rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo’lyozmalar – milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo’lgan boyliklardir. Bularni avaylab-asrash, kelajak avlodlarga etkazish ma’naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir.



Ilm-fan va uning yutuqlari – milliy yoki hududiy chegaradan chiqadigan, butun jahon e’tirof etadigan, umuminsoniyatga xizmat qiladigan boylikdir. Biroq olimning ijodi va uning ilmiy kashfiyoti avvalo uning millati va Vatanini dunyoga tanitadi, milliy qadriyatni jami bashariyatning yutug’iga aylantiradi.

Milliylik, xalqning ruhiyati va ma’naviyati, ayniqsa, san’at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat’iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifatlar, diniy qadriyatlar munosib o’rin egallaydi va milliy o’zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo’ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o’zaro bog’liq bo’lib, jamiyatning ma’naviy yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega.

SHularni hisobga olib, Prezident Islom Karimov “Turkiston-Press” agentligi muxbirining savollariga javob berib, madaniy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga etkazishda dinning beqiyos xizmati borligini uqtirib, “Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o’zligimizni yo’qotamiz”1, deb ta’kidlaydi.

Har bir xalq, millat yaratgan ma’naviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o’ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to’laqonli namoyon bo’ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi, milliy o’zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g’oyalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Tarbiya va ta’limning milliy xususiyatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimida o’z o’rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog’liq ekanligi qanchalik haqiqat bo’lsa, bularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umume’tirof etilgandir. Milliy tarbiya xalqning o’z-o’zini saqlash va istiqbolini ta’minlash omilidir.

Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.



4.Milliy g’oyaning milliy va umumbashariy tamoyillari.

Millat taqdiriga daxldor bo’lgan g’oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog’liq bo’ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g’oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi.

Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi:

Birinchi qonuniyat millatning mavjudligi uning o’ziga xos xususiyatlar va mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqkiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. O’z negizlari asosida rivojlanish yo’lidan bormaydigan millat istiqbolda, o’zligini yo’qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning o’z negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati – deb aytish mumkin bo’ladi.

Ikkinchi qonuniyat har qanday jarayonda bo’lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, balki ular shu yo’nalishda mavjud bo’lgan oldingilari bilan bog’liq bo’ladi. Uning negizida yuzaga keladi, undan keyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bulgan elementlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi.

U millatning o’z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bo’lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyati hisoblanadi.

Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o’z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog’ining mustaxkam bo’lishiga xizmat qiladi.

Milliy g’oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg’unligi asosiy hisoblanadi.

Albatta, milliy g’oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. SHuning bilan bir qatorda umumbashariyat erishgan ilg’or yutuqlarga ham tayanadi.

SHuning uchun ham Prezident Islom Karimov mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin uni yangilash va rivojlantirishning quyidagi to’rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular:



  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • vatanparvarlik1 kabilardir.

Ko’rinib turibdiki, ularda milliy g’oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o’zaro uyg’unlashib ketgan.

Ana shu negizlar asosida milliy g’oyamizning asosiy tamoyillari shakllanadi. Xo’sh tamoyil nima? Tamoyil biror bir ta’limot, dunyoqarash yoki faoliyatning qat’i amal qiladigan qoidasi va me’yorini anglatuvchi tushuncha hisoblanadi.

SHu ma’noda ham milliy g’oyaning o’ziga xos tamoyillari mavjud bo’lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda.

Milliy g’oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:

-milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o’zlikni shakllantirishga yo’naltirilganligi;

-millatni birlashtirishga qaratilganligi;

-millat manfaatini ifodalashi;

-milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning mustaxkamlanishi va rivojlanishiga asos bo’lishi;

-milliy g’urur, iftixor va ma’suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin bo’lishi;

-ko’p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo’lishi;

-milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o’zlashtirish va keyingi avlodga etkazishning ma’naviy-ruhiy manbasi bo’lishi;

-yoshlarimizda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi;

-millatimizning mustaqil sub’ekt sifatida maqomini aks ettirish;

-millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviy-ruhiy salohiyat bo’lish;

-millatimizning o’zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini o’z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga xurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko’rsatish, xamkorlikni mustaxkamlash va ular asosida yagona o’zbekiston xalqi tuyg’ularining shakllanishiga manba bo’lishi;

-millatimizning zamonaviy tsivilizatsiyalariga munosib hissa qo’shishiga ma’naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag’ishlashi;

-O’zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustaxkamlashning nazariy asosi bo’lish;

-komil inson g’oyasini o’zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi.

Milliy g’oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o’zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongida namoyon bo’lishidir.

Milliy ong millatning o’ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko’rsatkichi bo’lsa, milliy o’z-o’zini anglash manfaatlarni himoya qilishda harakatga keltiruvchi ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir.1

Aslida milliy ong, milliy tafakkur va milliy o’zlikni anglashdan iborat bo’lgan uchlikka amal qilmagan uni o’zida aks ettirmagan yoxud uni rivojlantirishga va mustaxkamlanishiga yo’nalmagan g’oya o’ziga milliy g’oya maqomini ham olaolmaydi. CHunki, ana shu uchlikning millat mavjudligining ham real ifodasi hisoblanadi. Milliy g’oya milliy ong va milliy tafakkurning oliy ko’rinishi, uning reallikka aylanishining belgisi hisoblanadi. Ularning o’zaro ta’siri natijasidagina milliy o’zlikni anglash omili shakllanadi va millatning “men”i yuzaga keladi. SHuning uchun ham ularni o’zida aks ettirish milliy g’oyaning bosh tamoyili hisoblanadi.

Millat o’z-o’zidan shakllanmaydi, balki u jamiyat tarixiy taraqqiyotining mevasidir. Uning to’laqonli millat maqomiga etishi uchun har bir etnik birlik, milliy tilning, madaniyat, urf-odat, an’analar, qadriyatlardagi o’ziga xosligi, milliy o’zlikni anglashning shakllanganligi lozim.2

Ana shu o’ziga xoslik orqali milliy g’oya namoyon bo’ladi. Milliy g’oya o’ziga xoslikni mustahkamlaydi, va uning millat vakillari dunyoqarashiga aylanishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bu jarayon o’z navbatida milliy totuvlik, hamjihatlikning vujudga kelishiga olib keladi.

SHu ma’noda uning eng muhim tamoyili millatni birlashtirishga qaratilganligi hisoblanadi.

Milliy manfaatlar milliy g’oyada mustahkam ifodalangan bo’lsagina milliy hamjihatlik mustahkam bo’ladi va millat barqaror taraqqiyotga erishishi mumkin bo’ladi. SHu ma’noda ham milliy g’oyaning qudrati milliy manfaatlarni to’laqonli ifodalashi bilan belgilanadi.

Milliy g’oyaning yana bir tamoyili, uning milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlanishiga asos bo’lishi hisoblanadi. Ular millatning o’ziga xosligini eng yuksak darajada ifoda etadi. Uning mustahkamlanishi va rivojlanishi milliy g’oyaga bog’liq bo’ladi.

Milliy g’urur, iftixor va ma’suliyat kabi tuyg’ularning shakllanishi ham milliy g’oya bilan bog’liqdir.



Milliy g’urur har bir insonning millat vakili sifatida o’z-o’zini anglashi natijasida sodir bo’ladigan ichki ruhiy kayfiyati hisoblanadi. Bu tuyg’u o’z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy merosdan, o’z millatining jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissalaridan, o’z Vatanining taraqqiyotda erishgan yutuqlaridan, millatining o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan ruhining ko’tarilish hissiyotdir.

Milliy iftixor har bir millat vakilining o’z millatining, taraqqiyotning barcha yo’nalishlarida erishgan yutuqlaridan fahrlanish, xursand va shodlanish kayfiyati hisoblanadi.

Milliy ma’suliyat esa har bir millat vakilining o’z millati bugungi, ertangi kuni va istiqboli uchun o’zini dahldor ekanligini his qila bilishdir.

Bu tuyg’ular negizida milliy g’oya turadi. Uning asosiy vazifasi ham ana shu tuyg’ularni shakllantirishga yo’nalganligi bilan belgilanadi. CHunki, ular har bir millatning taraqqiyotga erishish va yuksalishida asosiy omil buladi.

Insoniyat aql zakovati yuksalib borayotgan, uning oldida echish murakkab bulgan global muammolar ko’lami kengayib borayotgan va dunyoda barcha mamlakatlarda xalqlar birgalashib yashashlari avj olib borayotgan bugungi kunda milliy g’oya tor manfaatlar emas, balki mamlakatda yashayotgan barcha halqlarning manfaatlarini ifoda etishi va ularda yagona Vatan tuyg’usini shakllantirishga xizmat qiladi. Albatta, Vatan tuyg’usini shakllantirish bu har bir millatga xos bulgan xususiyatlarning barbod bo’lishiga emas, balki umumxalq ruhiyatining shakllanishiga olib keladi. YAgona Vatan ruhiyati na faqat mamlakat nomi bilan ataluvchi millat vakilida, xuddi shuningdek, unda yashayotgan o’zga millat va elat vakillarida ham Vatanparvarlik, unga egalik qilish, uning istiqboli oldida ma’sullik kabi hissiyotining shakllanishiga olib keladi. SHuning uchun ham milliy g’oya bugungi kunda bir millat doirasidan umumxalq doirasigacha bo’lgan manfaatlarni uyg’unlashtirishga asos bo’lmoqda.

Milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o’zlashtirish va ularni keyingi avlodga etkazishda milliy g’oya ma’naviy-ruhiy manba hisoblanadi. U ana shu ma’naviy-ruhiy salohiyatdagi milliylikni “asrash”, ularga kuch-quvvat bag’ishlab turish vazifasini amalga oshiradi. SHuning bilan bir qatorda millat vakillarini milliy-ma’naviy boyliklar bilan ozuqlantiradi, ularda o’z merosini asrash va uni keyingi avlodga etkazish ruhiyatini ham shakllantiradi.

Bu jarayonda milliy g’oya bir tomondan milliy-ma’naviy boyliklarni asrash omili bo’lsa, ikkinchi tomondan millat avlodlarini o’zaro bog’lab turish vazifasini ham bajaradi. Undagi mavjud milliylik omili avlodlarni o’zaro ma’naviy-ruhiy jihatdan bog’lab turadi va shu tariqa milliy meros va tarixiy xotiraga umrboqiylikning baxsh etilishida milliy g’oya asosiy omildir.

Milliy g’oyaning milliy meros va tarixiy xotiraning asosi bo’lishi na faqat milliy o’ziga xoslikni shuningdek millat vakilida yuksak iroda, e’tiqod kabi fazilatlar shakllanishida ham manba rolini bajaradi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek “Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson… Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urush, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”.1

Mamlakat yoshlarida Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi tuyg’ularni shakllantirish ham milliy g’oyaning muhim tamoyili hisoblanadi. CHunki, boshqa har qanday g’oyalarga qaraganda ham unda o’zini anglagan har qanday inson qalbi, yuragi va ongiga ta’sir etuvchi nozik tuyg’ular mujassamlashgan. Xususan, inson o’zini-o’zi anglab, men kimman, mening avlod-ajdodlarim kim, qaysi millatga mansubman, mening ona zaminim qaerda - degan savollarni o’ziga berish va unga javob topishni milliy g’oyadan, uning ulkan negizlaridan izlaydi. U savollarga boshqa bironta g’oya javob bera olmaydi. CHunki, inson milliylik ruhiyatidan tug’ilishidan boshlab, extimol ona bag’rida hali u dunyoga kelmasdan oldin baxramand bo’lsa ajab emas. Zero, yangi dunyoga kelgan go’dakni o’zga millat vakili olib tarbiyalasa ham, u balog’at yoshiga etganida o’z milliy negizlariga talpinadi, hech bo’lmaganda o’z millati vakillari bilan yaqinroq bo’lishga moyil bo’ladi. Bu hayot tajribasidan o’tgan haqiqatdir. SHu tariqa ulug’ayayotgan millat vakillariga Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi fazilatlarini milliy g’oya singdirib boradi.

Milliy g’oyaning yana bir tamoyili, birining ikkinchisiga o’xshamaydigan xususiyatlarga ega ekanligi, o’zgalarning ma’naviy-ruhiy xolatini aynan qabul qilaolmasligi bilan bog’liqdir. Bir millatning ma’naviy-ruhiy salohiyati shakl va mazmun jihatdan ikkinchisida takrorlanmasligi ularning har biriga o’ziga xos “individuallik” baxsh etadi. Ana shu “individuallik” milliy g’oyada o’z ifodasini topadi. Bu har bir millatning mustaqil sub’ekt sifatidagi maqomini ta’minlab turadi. O’ziga xos “individuallik” milliy-ma’naviy taraqqiyot go’zalligini ifodalaydi va ularning ilg’or qirralari orqali umumbashariylikka daxildor bo’lgan ma’naviy boylik vujudga keladi.

Milliy g’oyaning asosiy tamoyillaridan yana biri uning millatning ozodligi, uning mustaqilligini ta’minlashda ma’naviy-ruhiy manba bo’lishidir.

Millatning mustaqil bo’lishi, uning o’z taqdirini o’zi hal etish imkoniyatiga ega bo’lishida milliy g’oya asosiy manba bo’ladi. CHunki, u na faqat millatga mustaqil sub’ekt maqomini baxsh etadi, shuning bilan birga uning mustaqil taraqqiy qilishini zaruriyat va ehtiyojga aylanishini ta’minlaydi.

CHinakkam milliy taraqqiyot g’oyalari, har doim o’zida adolat, tenglik, tinchlik va demokratiya tamoyillarini aks ettiradi. Ular har bir millat uchun eng zarur ehtiyoj hisoblanadi. CHunki, adolat buzilgan joyda ziddiyat, tengsizlik mavjud bulgan sharoitda ishonchsizlik, tinchlik bo’lmagan joyda parokandalik, demokratiya bo’lmagan joyda insonning erkin nafas olishi imkoniyatini yuzaga chiqarish mumkin bo’lmaydi.

Ko’rinib turibdiki, ularning har biri millatning istiqboli uchun zarur bo’lgan omillardir. Milliy g’oya shu ma’noda ham ularni o’zida mujassamlashtirishi hamda milliy taraqqiyotning asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga xizmat qiladi.

Ular har qanday ilg’or milliy g’oyaning umumbashariylikka daxldor bo’lgan qirralari hisoblanadi. Ulardan mahrum bo’lgan milliy g’oya, chinakkam umummilliy g’oya darajasiga ko’tarila olmaydi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish