Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Natural  pullar.  Jamiyatning  dastlabki  davrlarida  to‘lov  vositasi 
sifatida  foydalanilgan  pullar  buyum  yoki  natural  ko‘rinishida  bo‘lgan. 
Natural  pullar  –  bu  real  ko‘rinishga  ega  bo‘lgan  tovarlardir,  ushbu 
pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib 
olish  qobiliyati  tovarlar  qiymati  bilan  ifodalangan.  Ma’lum  bir 
tovarning  pul  o‘rnida  foydalanishda  uning  iste’mol  qiymati  muhim 
ahamiyat kasb etgan.  
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash 
mumkin:  
1.  Hayvonlar  shaklida.  Ushbu  pul  tarkibiga  tirik  hayvonlar  va 
ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak 
va boshqalar. 
2.  Buyum  shaklida.  Bu  shakldagi  pullar  tarkibiga  foydali  qazil-
malar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish 
mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.  
3.  O‘simlik  shaklida.  Bularning  tarkibiga  turli  o‘simliklar  va 
ularning  mevalari  kiradi.  Masalan,  bug‘doy,  mevalar,  tamaki  va 
boshqalar. 
Natural  pullarning  paydo  bo‘lishi  va  ulardan  foydalanish  tarixi 
juda  chuqur  va  qiziqarlidir.  Odamlar  dastlab  yovvoyi  holda  yashagan 
davrda  barcha  kishilar  topgani  o‘rtada  bo‘lgan,  birgalikda  iste’mol 
qilgan,  keyinchalik  bir  urug‘ga  mansub  kishilar  qabila  –  qabila  bo‘lib 
yashay  boshlagan.  Qabila  ichida  odamlar  bir  –  biriga  yordam  berishi, 
oziq  –  ovqatlarni  baham  ko‘rishi  kerak  bo‘lgan.  Bu  beg‘araz  tartibda 
amalga  oshirilib,  buning  o‘rniga  ular  bir  –  biridan  hech  narsa  umid 
qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.  
Keyinchalik  ibtidoiy  urug‘chlikning  rivojlanishi  natijasida  turli 
qabila  qatlamlari  vujudga  kelgan.  Vaqti  –  vaqti  bilan  ular  o‘rtasida 
dahshatli  qonli  to‘qnashuvlar  bo‘lib  turgan.  Ushbu  to‘qnashuvlar 
natijasida  bir  qabila  ikkinchisi  ustidan  g‘alaba  qozongandan  keyin, 
ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar 


27 
tinchlikni  saqlash  maqsadida  kuchli  qabilalarga  narsalar,  asosan 
iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar 
o‘rtasida  bir  tomonlama  ayirboshalash  munosabatlarini  vujudga 
kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. 
Tosh  asri  davrida  kishilar  yerlarni  o‘zlashtirib  ekin  eka 
boshlagan,  keyinchalik  dehqonchilikdan  chorvachilik  ajralib  chiqqan. 
Dastlab  yaratilgan  narsalar  barchasi  bir  yo‘la  iste’mol  qilingan bo‘lsa, 
endi  ma’lum  miqdorda  zaxiralar  qilina  boshlagan.  Zaxira  qilindimi,  u 
yerda  ortiqchalik  vujudga  kelgan.  Ortiqcha  narsalar  esa  unga  egalik 
qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida 
ayirboshlash  jarayoni  jonlana  boshlagan.  Shuningdek,  keyinchalik 
hunarmandchilik  vujudga  kelgan,  bularning  barchasi  kishilar  o‘rtasi-
dagi  bir  tomonlama  ayirboshlashdan  ikki  tomonlama  ayirboshlash 
zaruriyatini keltirib chiqargan.  
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng 
tarqalgani  mehnat  qurollari  hisoblanadi,  1–rasmga  qarang.  Mehnat 
qurollariga  dehqonda,  chorvadorda  yoki  hunarmandda  juda  katta 
ehtiyoj  mavjud  bo‘lib,  ular  o‘z  mahsulotlarini  iloji  boricha  mehnat 
qurollariga  ayirboshlashga  intilar  edi.  Mehnat  qurollari  eng  qadimiy 
tovar – pullar hisoblanadi.  
Masalan, tosh asrida Yevropada eng ko‘p tarqalgan ayirboshlash 
vositasi  kremnivie  boltalar  hisoblangan.  Manbalarga  ko‘ra  ular  juda 
yirik  bo‘lib,  ayrimlarini  og‘irligi  40  kgni  tashkil  etgan.  Yevropada 
kremnivie  boltalar  juda  keng  tarqalgan  bo‘lib,  unga  ega  bo‘lgan 
kishilar juda boy va mavqei yuqori hisoblangan
28

 
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish